Nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti



Yüklə 10,23 Mb.
səhifə2/31
tarix30.05.2022
ölçüsü10,23 Mb.
#88354
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   31
Nizomiy nomidagi toshkent davlat

Borning atom nazariyasi. Kvantlanish g`oyasi.

Atom tuzilishini o`rganishda 1860 yilda nemis olimlari G.Kirxgof (1824-1887) va R.Bunzen (1849-1898) ochgan spektral analiz usuli muhim rol o`ynadi.
1885 yilda shveytsariyalik maktab fizika o`qtuvchisi Balmer ko`zga ko`rinadigan sohada vodorod atomining spektral chiziqlarining joylashish vaziyatida ma`lum qonuniyat borligini sezdi. Balmerning aniqlashicha to`lqin uzunlikni kamayishi bilan ular orasidagi masofa ham kamayib borar ekan. Ko`p yillik izlanishlardan so`ng to`lqin uzunliklari aniq bo`lgan bu to`rtta spektral chiziqlarni bitta umumiy formula bilan ifodalash mumkinligi aniqlandi:
(1.1)
Bu formulada 0 =3646 A0, formuladagi n ga 3,4,5 va 6 qiymatlar berib, vodorod atomining ko`zga ko`rinadigan sohadagi to`rtala spektral chiziqlarining to`lqin uzunligini hisoblashimiz mumkin.


Chiziqlar

n

hisoblab topilgan to`lqin uzunlik , A0

kuzatilgan to`lqin uzunlik , A0

Н- qizil
Н - yashil
Н - ko`k
Н- binafsha

3
4
5
6

6562,80
4861,38
4340,51
4101,78

6562,79
4861,33
4340,47
4101,74

(1.1) formuladagi 0 Balmer seriyasidagi eng kichik to`lqin uzunlik ekanligi ma`lum bo`ldi. Ya`ni ,



Spektrdagi qonuniyatni to`lqin uzunlik orqali emas, balki to`lqin chastotasi asosida ifodalash qulayroqdir.
ν = c\λ ; ν= 1\λ ; ν =ν\c = 1\ λ
Chastota bilan to`lqin uzunlik orasidagi bog`lanishni hisobga olib, Balmer formulasini yorug`lik chastotasi uchun yozamiz
(1.2)
(1.2) formuladagi Rн vodorod spektridagi barcha chiziqlar uchun tegishli bir xil bo`lib, Ridberg doimiysi deb ataladi. R=cRн ham Ridberg doimiysi deb yuritiladi va uning qiymati R=3,29·1015 s-1 ekanligi aniqlangan.
Keyinchalik vodorod atomi spektrida ko`zga ko`rinadigan ultrabinafsha (UB) va infraqizil (IQ) sohalarda ham spektral chiziqlar topildi. Spektral chiziqlar to`plamiga spektral seriyalar deyiladi. Bu topilgan chiziqlar ham Balmer formulasi orqali ifodalanadi. Faqat chegaraviy to`lqin uzunligi va (2) ifodaning qavsi ichidagi kasrlari bilan farqlanadi. Balmer formulasi umumiy holda
(1.3)
ko`rinishga ega ifodalanadi(1.3) formulasidagi m va n ning qiymatiga qarab, vodorod atomidagi turli spektral seriyalarini hosil qilish mumkin:



Layman seriyasining spektral chiziqlari spektrning UB sohasida joylashgan. Balmer seriyasidagi chiziqlar spektrning ko`zga ko`rinadigan sohasida joylashganini yuqorida aytilgan edi. Qolgan spektral seriyalar hammasi spektrning IQ sohasidan o`rin oladi.
N.Bor (1885-1962) tajribada kuzatilgan vodorod atomi spektri va nurlanish kvanti tushunchalarini mohirlik bilan umumlashtirib, 1913 yilda atomning yangi tuzilish nazariyasini yaratdi. U bu nazariyani yaratishda absolyut qora jismning nurlanishi to`g`risidagi ma`lum otlardan foydalandi. Plankning energiya kvanti haqidagi gipotezasini atomdagi elektronlarga tadbiq etib, elektronlar ixtiyoriy orbitalarda aylanmasdan faqat ruxsat etilgan orbitalar bo`yicha aylanadi degan xulosaga keldi. Bunday xulosa natijasida u atom spektrining chiziqli bo`lish sababini osonlikcha tushuntirib berdi. Bundan tashqari Bor elektronning mazkur potensial maydonda ega bo`laolish mumkin bo`lgan orbitalar radiuslarining ham qanday aniqlanishini topdi. Bor o`zining atom nazariyasiga isbotsiz qabul qilinuvchi uch postulatni asos qilib oldi. Bu postulatlar quyidagicha ta'riflanadi.
1-postulat
Atom cheksiz vaqt mobaynida turg`un holatlarda bo`lishi mumkin. Atomning turg`un holatiga elektronning turg`un orbitalarda harakat qilishi mos keladi. Elektronlar turg`un orbitalarda harakatlanganda atom energiya chigarmaydi ham va yutmaydi ham. Atomning har bir turg`un holatiga energiyaning Е1, Е2, Е3,..., diskret qiymatlari to`g`ri keladi.
2-postulat

Yüklə 10,23 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   31




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə