Nodavlat tashkilotlari



Yüklə 154,5 Kb.
səhifə5/10
tarix28.11.2023
ölçüsü154,5 Kb.
#133091
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
sanjar tarix

Jamoat birlashmalari:

  1. fuqarolik, siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy, huquqlar hamda erkinliklarni ro`yobga chiqarish va himoya qilish;

  2. fuqarolarning faolligi va tashabbuskorligini, davlat va jamiyat ishlarini boshqarishda ularning ishtirok etishini rivojlantirish;

  3. kasb-kor va havaskorlik qiziqishlarini kondirish;

  4. ilmiy, texnikaviy va badiiy ijodkorlikni rivojlantirish;

  5. aholining sihat-salomatligini saqlash, xayriya faoliyatida qatnashish;

  6. madaniy-ma'rifiy, fizkultura-sog`lomlashtirish va sport ishlarini o`tkazish;

  7. tabiatni, tarix va madaniyat yodgorliklarini muhofaza qilish;

  8. vatanparvarlik va insonparvarlik tarbiyasi;

  9. respublikalararo va xalqaro aloqalarni kengaytirish, xalqlar o`rtasida tinchlik va do`stlikni mustahkamlash;

  10. qonunda taqiqlanmagan boshqa faoliyatni amalga oshirish maqsadida tuziladi.

Faoliyati jamiyatning axloqiy negizlarini, umumbashariy insonparvarlik qadriyatlarini buzishga qaratilgan, shuningdek, konstitutsiyaviy tuzumni g`ayriqonuniy yo`l bilan o`zgartirish yoki O`zbekiston Respublikasi hududining birligini buzish, urushni, zo`ravonlikni va shafqatsizlikni, jamiyatni parchalashga olib boradigan ijtimoiy, shu jumladan sinfiy shuningdek, irqiy, milliy va diniy adovatni avj oldirish, qonun bilan taqiqlangan boshqa xatti-harakatlar qilish maqsadini ko`zlaydigan jamoat birlashmalarining tuzilishiga yo`l qo`yilmaydi.
Harbiylashtirilgan jamoat birlashmalari va qurolli tuzilmalar, shuningdek, diniy xarakterga ega partiyalar, ularning filiallari va boshqa struktura bo`laklari tashkil etish taqiqlanadi.
Jamoat birlashmalari va ularning idoralari tomonidan qonuniy va demokratik yo`l bilan shakllantirilgan hokimiyat va boshqaruv idoralari hamda hokimiyat vakolatlariga ega bo`lganlarga nisbatan g`ayridemokratik tarzda quch ishlatib tazyiq o`tkazish taqiqlanadi. Qonuniy ravishda amal qilib turgan hokimiyat va boshqaruv idoralari hamda mansabdor shaxslarga demokratik uslubda hal etish bahonasi bilan tazyiq o`tkazishga bo`lgan har qanday urinishga Qonun bilan barham beriladi.
Aholining salomatligi va axloqiga, fuqarolarning huquqlari va qonun bilan qo`riqlanadigan manfaatlariga tajovuz qiladigan jamoat birlashmalarini tuzish va ularning faoliyati qonunga muvofiq ta'qib qilinadi.
Barcha jamoat birlashmalari o`z ustavlarida, boshqa hujjatlarda nazarda tutilgan vazifalarni bajarishda O`zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, O`zbekiston Respublikasining boshqa qonunlari doirasida ish ko`radilar.
Fuqaroning jamoat birlashmasi faoliyatida qatnashishi yoki qatnashmasligi uning huquqlari va erkinliklarini cheklash yoki unga imtiyozlar berish uchun, shu jumladan davlat tashkilotida lavozimni egallash sharti yoki Qonunda ko`zda tutilgan majburiyatlarni bajarmaslik uchun asos bo`la olmaydi.
Mehnat to`g`risidagi qonunlar, shuningdek, mehnatkashlarning ijtimoiy ta'minoti va ijtimoiy sug`urta qildirish to`g`risidagi qonunlar jamoat birlashmalari apparati xodimlariga nisbatan joriy etiladi.
Davlat jamoat birlashmalari huquqlari va qonuniy manfaatlariga rioya etilishini ta'minlaydi hamda Konstitutsiyaga muvofiq ular o`z ustavlaridagi vazifalarni bajarishlari uchun shart-sharoit yaratilishiga kafolat beradi.
Davlat yoshlar va bolalar tashkilotlariga moddiy va ma'naviy madad beradi, ularga nisbatan imtiyozli soliq siyosati o`tkazilishini ta'minlaydi, bolalar tashkilotlariga, maktab, maktabdan tashqari muassasalar binolaridan, klublardan, madaniyat saroylari va uylaridan, sport inshootlari va boshqa inshootlardan bepul yoki imtiyozli shartlar bilan foydalanish huquqini beradi.
Qonunda ko`zda tutilgan hollardan tashqari davlat idoralari va mansabdor shaxslarning jamoat birlashmalari faoliyatiga aralashishiga, xuddi shuningdek, jamoat birlashmalarining davlat idoralari va mansabdor shaxslarning faoliyatiga aralashishiga yo`l qo`yilmaydi.
Jamoat birlashmalari manfaatlariga daxldor masalalar qonunlarda ko`zda tutilgan hollarda tegishli jamoat birlashmalari ishtirokida yoki ular bilan kelishilgan holda davlat idoralari va xo`jalik tashkilotlari tomonidan xal qilinadi.

Yüklə 154,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə