Nodavlat tashkilotlari



Yüklə 154,5 Kb.
səhifə4/10
tarix28.11.2023
ölçüsü154,5 Kb.
#133091
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
sanjar tarix

2. Jamoat birlashmalari

O`z huquqlari, erkinliklarini hamda siyosat, iqtisodiyot, ijtimoiy rivojlanish, fan, madaniyat, ekologiya va xayotning boshqa sohalaridagi qonuniy manfaatlarini birgalikda ro`yobga chiqarish uchun birlashgan fuqarolarning xohish-irodalarini erkin bildirishlari natijasida vujudga kelgan ixtiyoriy tuzilma - jamoat birlashmasidir.


O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 56-moddasiga binoan O`zbekiston Respublikasida qonunda belgilangan tartibda ro`yxatdan o`tkazilgan kasaba uyushmalari, siyosiy partiyalar, olimlarning jamiyatlari, xotin-qizlar, faxriylar va yoshlar tashkilotlari, ijodiy uyushmalar, ommaviy harakatlar va fuqarolarning boshqa uyushmalari jamoat birlashmalari sifatida e'tirof etiladi.
Konstitutsiyaviy tuzumni zo`rlik bilan o`zgartirishni maqsad qilib qo`yuvchi, respublikaning suvereniteti, yaxlitligi va xavfsizligiga, fuqarolarning konstitutsiyaviy huquq va erkinliklariga qarshi chiquvchi, urushni, ijtimoiy, milliy, irqiy va diniy adovatni targ`ib qiluvchi, xalqning sog`lig`i va ma'naviyatiga tajovuz qiluvchi, shuningdek, harbiylashtirilgan birlashmalarning, milliy va diniy ruhdagi siyosiy partiyalarning hamda jamoat birlashmalarining tuzilishi va faoliyati taqiqlanadi.
Davlat jamoat birlashmalarining huquqlari va qonuniy manfaatlariga rioya etilishini ta'minlaydi, ularga ijtimoiy hayotda ishtirok etish uchun teng huquqiy imkoniyatlar yaratib beradi.
Davlat organlari va mansabdor shaxslarning jamoat birlashmalari faoliyatiga aralashishiga, shuningdek, jamoat birlashmalarining davlat organlari va mansabdor shaxslar faoliyatiga aralashishiga yo`l qo`yilmaydi.
Jamoat birlashmalarining huquqiy maqomi - O`zbekiston Respublikasining 1991 yil 15 fevralda qabul qilingan “O`zbekiston Respublikasida jamoat birlashmalari to`g`risida”gi qonuni2 bilan tartibga solinadi. Ushbu Qonunga binoan inson huquqlari to`g`risidagi Umumiy deklaratsiyaga, O`zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga asoslanib, fuqarolarning jamoat birlashmalarini tuzish erkinligi ularning ajralmas huquqi sifatida mustahkamlab qo`yiladi.

Yüklə 154,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə