Novda va uning tuzilishi novdaning shoxlanish tiplari poyaning xayot kechirish davr turlari



Yüklə 1,67 Mb.
səhifə4/31
tarix29.04.2022
ölçüsü1,67 Mb.
#86193
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   31
MAVZU

2. Monopodial shoxlanish. Bu turdagi shoxlanishda uchki kurtak doimo faol holatda bo’lib, o’simlikning yer ustidagi qismi bo’yiga o’sishini davom ettiradi. Shuning uchun ham asosiy poya yon novdalarga nisbatan kuchli rivojlanadi. Monopodial shoxlanish natijasida asimmetrik bir tekis yo’nalgan tik o’suvchi asosiy tana shakllanadi. Monopodial shoxlanish ko’pchilik ochiq urug’li o’simliklar (oddiy qarag’ay, sarv, kedr, oqqarag’ay, qoraqarag’ay va boshqalar) uchun xosdir.

3. Simpodial shoxlanish. Bu turdagi shoxlanish o’simliklar evolyutsiyasining ancha keyingi davrlarida kelib chiqqan. Uning asosida monopodial va dixotomik shoxlanishlar yotadi. Simpodial shoxlanish turi gulli o’simliklarda ham keng tarqalgan. Ularni daraxt va o’t o’simliklarda ham uchratish mumkin. Bunday shoxlanish turiga ega bo’lgan o’simliklar bo’yiga ko’p o’smaydi. Bunga sabab uchki kurtak funktsional holatini yo’qotishidir. Natijada yon novdalar kuchli o’sishi kuzatiladi. Shuning uchun ham simpodial shoxlanishida ko’p sondagi meva va urug’lar hosil bo’ladi. Simpodial shoxlanishning alohida ko’rinishi sifatida soxta dixotomik shoxlanish turi uchratilib, u uchki kurtakning qaloq bo’lishi yoki umuman rivojlanmasligi natijasida o’sish uchki kurtakning bevosita ostida joylashgan ikki yon kurtaklar hisobiga sodir bo’ladi. Soxta dixotomik shoxlanish turida ham ayrisimon shakl kelib chiqadi. Uni nastarin, chinnigul, soxta kashtan va omela kabilarda uchratish mumkin.


Yüklə 1,67 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   31




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə