Novda va uning tuzilishi novdaning shoxlanish tiplari poyaning xayot kechirish davr turlari



Yüklə 1,67 Mb.
səhifə5/31
tarix29.04.2022
ölçüsü1,67 Mb.
#86193
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   31
MAVZU

Novda metamorfozlari. Ko’pchilik o’simliklarning novdalari shaklan o’zgarishi mumkin. Metamorfozlashgan Yer ostgi va Yer ustgi novdalar farq qilinadi.

Yer ostki novda metamorfozlari. Ildizpoya keng tarqalgan yer ostki novda metamorfozi hisoblanadi. U ko’p yillik o’to’simliklarda va daraxtsimon o’simliklardan bambukda uchraydi. Ildizpoya qisqa (gulsansar, shoyigul) va uzun (bug’doyiq , qamish) bo’lishi mumkin.

Tugunak. Kartoshka va cho’chqa kartoshka kabi o’simliklarda yo’g’onlashgan yer ostki novda, rediskalarda esa gipokotilning yo’gonlashgan qismidir. Kartoshka tugunagi juda qisqargan bo’g’im oraliqlariga ega, xlorofillsiz, lekin yorug’lik ta'sirida yashil rangga kirishi mumkin. Tugunak shaklida rangsiz barg qo’ltig’idan o’sib chiqqan uzun yer ostidagi poyalarning uchlarida, ya'ni stolonlarda hosil bo’ladi.

Piyozbosh. Umumiy ko’rinishi bo’yicha kurtakni eslatadi. U shakli o’zgargan barg va novdadan tashkil topgan. Qisqargan poya qismi piyoz tubi deyiladi. Unga zich holda etdor, yashil bo’lmagan barglar birikadi. Piyozbosh tashqi tomonidan quruq’ qo’ng’ir rangdagi tangacha barglar bilan qoplangan. Piyozbosh tubidan ko’p sondagi qo’shimcha ildizlar rivojlanadi. Piyozboshli o’simliklar odatda cho’l va chala cho’llarda, alivial o’tloqlar va tog’-dasht mintaqalarida ko’p tarqalgan. O’rta Osiyoning cho’l va chala cho’l hududlarida ular yilning noqulay davrini piyozbosh tarzida 8 - 10 oy davomida tinim holatda o’tkazadilar.


Yüklə 1,67 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   31




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə