Nurash jarayonlari. Shamol, oqar suvlarning geologik ishi



Yüklə 18,84 Kb.
səhifə3/7
tarix27.12.2023
ölçüsü18,84 Kb.
#163848
1   2   3   4   5   6   7
Nurash jarayonlari. Shamol, oqar suvlarning geologik ishi-fayllar.org

NURASH JARAYONI

Nurash deb yer yuzasidagi va unga yaqin joy joylashgan tog` jinslari va minerallarni quyosh radiatsiyasi, suvning, xavoning va tirik organizmlarning mexanik va ximik ta`siri natijasida buzulishi va o`zgarishiga aytiladi. Nurashni keltirib chiqaradigan faktorlarga qarab quydagicha bo`linadi:


1. fizik nurash, jinslarning tarkibi o`zgarmaydi faqat ularda maydalanish yuz beradi;
  1. kimyoviy nurash, yuza va gurunt suvlari shuningdek atmosfera ta`sirida jinslar tarkibini o`zgarishiga olib keladi;


  2. organik (biologik) nurash, organizmlar xayot faoliyatining ta`sirida sodir bo`ladi.


Nurashning barcha turkumlari bir-birini to`ldirib, doimo birga sodir bo`ladi, lekin ularning xarakteri va intensivligi o`rab turgan muxitga iqlim zonalariga uzviy bog`liq.

Fizik nurash

Fizik nurashning asosiy faktori, tog` jinslari va ularni tashkil etuvchi minerallar xajmini keskin o`zgarishiga sabab bo`luvchi temperatura hisoblanadi. Bu nomuvofiqlik jinslarning darz ketishi, yoriq bo`laklarga ajralishi va keyinchalik ularni maydalanishiga olib keladi. Agar jins yoriqlariga suv kirib, bu yerda suv muzlab qolsa, u xolda fizik nurash yana xam tezlashadi. Suvning takror muzlab erib turishi bilan bog`liq bo`lgan fizik nurash sovuqdan nurash deb ataladi. Fizik nurash natijasida qattiq jinslar mayda-mayda bo`lib ketadi, xatto zarrachalar 0,01mm gacha yetadi. Nurash xodissasi jinslarning kristalli va qatlamlarning darzli bo`lishiga xam bog`liq. Tog` jinsida darz qancha ko`p bo`lsa, u shuncha tez yemiriladi. Mexanik nurash asosan tashqi sabablar yordamida yuz beradi. Yer yoriqlariga, mineral va tog` jinslari orasiga kirib qolgan suvning xarorati pasayib, bu yerda suv muzlaydi, suv muzlashi bilan muz kengayib, jinslarni yorib yuboradi.


Bundan tashqari, yer yuzasi qanday shakl bo`lishidan qat`iy nazar, o`simlik bilan qoplangan. O`simliklarning ildizlari tog` jinslari orasiga yorib kirib, ularni bo`laklarga ajratadi, darzlarni kengaytiradi. Chirigan ildizlardan o`tgan suv yer ostida muzlab, darzlarni kengaytiradi. Yer ichki qismida yashovchi qurt va chuvalchanglar gil xamda loyssimon jinslar orasida juda ko`p miqdorda g`ovaklar hosil qiladi, ularning fizik va ximik xususiyatlarining o`zgarishiga olib keladi.
Ximik nurash. Fizik nurash natijasida jinslar maydalanadi, parchalanadi, ba`zan eziladi. Tog` jinsiga erkin kislorod ta`siri natijasida, ayniqsa jins orasiga suvning o`tib borishi orqasida u yerda hosil bo`lgan reaktsiya natijasida ximik nurash yuz beradi. Ximik nurash qattiq jinslarning yana xam ko`proq maydalanishiga yordam beradi. Ximiyaviy jarayonlar asosan oksidlanish, gidrotatsiya (metallarning suvlanishi), erish va gidroliz xillariga bo`linadi.
Oksidlanish. Nurash bo`ladigan zonada erkin kislorod bo`lgan vaqtda qaytarilish reaktsiyasi ketadi va sulfidlar hosil bo`ladi. Erkin kislorod xavoda va suvda bo`lganligidan sulfidlar beqaror bo`lib qoladi va paralanib asta-sekin sulfatlarga, karbonatlarga va oksidlarga aylanadi. Bu reaktsiyani quyidagi pirit minerali misolida ko`rish mumkin:
2FeS2 Q 7O2 Q2H2O q 2FeSO4 Q 2H2O
Bundan hosil bo`lgan temir sulfat oksidi yana oksidlanishni davom ettiradi. Temirning suvli oksidi yer yuzasidagi pirit yoki boshqa temir sulfidlari bo`lgan jinslarning oksidlanishi natijasida hosil bo`lib, u yer yuzasida temir qalpoq deb ataluvchi shaklda uchraydi
Gidratatsiya (metallning suvlanishi). Bu jarayon natijasida minerallar suv ta`sirida o`zgarib nuraydi. Bunga misol qilib tabiatda angidritni gipsga aylanish reaktsiyasini ko`ramiz.
CaSO4 Q 2H2O Q CaSO4 · 2H2O
gips
Mineral tarkibiga kislorod yoki suv molekulasi o`rnashishi bilan uning xajmi kattalashadi va atrofidagi jinslarni itarib darzlar hosil qiladi.



Yüklə 18,84 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə