Nurova Firuza Kamolovna



Yüklə 34,75 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/3
tarix28.11.2023
ölçüsü34,75 Kb.
#136511
  1   2   3
454-455 (1)




454 
BOSHLANG‘ICH TA’LIMDA SO‘Z TURKUMLARINING O‘RGANILISH TIZIMI 
https://doi.org/10.5281/zenodo.6569213
 
 
Nurova Firuza Kamolovna 
Buxoro davlat universitetining Pedagogika instituti
“Boshlang‘ich ta’lim nazariyasi va metodikasi” kafedrasi o‘qituvchisi 
 
Annotatsiya.
Ona tili ta’limida nazariy ma’lumotlarni o‘quvchilarga o‘rgatishda boshlang‘ich va 
yuqori sinf darsliklarida ba’zi tafovutlar uchraydiki, mazkur kamchilik ularning o‘zbek tilining 
imkoniyatlaridan yuqori darajada foydalanishlariga to‘sqinlik qiladi. Ayniqsa, bolalar uchun ancha salmoqli 
hisoblangan “Fe’l so‘z turkumi” mavzusini chuqur o‘rganish ularning og‘zaki va yozma nutqini rivojlanishiga 
o‘z hissasini qo‘shadi.
Kalit so‘zlar: 
ta’lim, fe’l, morfologik so‘roq, nutq, bilish imkoniyati, qo‘shma fe’l, ko‘makchi fe’l 
Boshlang‘ich ta’limda, eng avvalo, o‘quvchilarning nutq madaniyatini rivojlantirishga qaratilgan 
mashqlar bilan boyitish kerak. Ayniqsa, yozma nutqni rivojlantirish muhim masala hisoblanadi. Nutqni 
rivojlantirishda so‘z turkumlarini o‘rgatishning ahamiyati katta. Og‘zaki nutqda so‘zlarni o‘z o‘rnida qo‘llash, 
yozma nutqda so‘zlarni imloviy jihatdan to‘g‘ri yozgan holda fikrlarini ravon ifoda etish mahorati bolalikdan 
shakllanadi. Zero, Mirzo Bedil aytganidek, Avval g‘ishtin qiyshiq qo‘yarkan me’mor, Yulduzga yetsa ham 
qular bu devor. Bolalarning poydevori maktabgacha va boshlang‘ich ta’limda qo‘yiladi. Hozirgi kunda 
rivojlangan mamlakatlarni ham o‘zining ta’lim tizimi bilan lol qoldirayotgan Finlandiyada ham asosiy e’tibor 
maktabgacha va boshlang‘ich ta’limga qaratilgan. Buning natijasi esa o‘quvchilar bilimini xalqaro baholash
dasturlari orqali yaqqol ko‘zga tashlanyapti. 
So‘z turkumlari boshlang‘ich sinflarda ancha osonlashtirilgan tarzda, ularning yoshi va imkoniyatlarini 
inobatga olgan holda o‘rgatiladi. Ayniqsa, fe’l so‘z turkumi ustida ishlashda izchillik, bo‘limlar orasidagi 
bog‘lanish, dastur materialining hajmi, uni har sinfda o‘rganish usullari va vositalari shu so‘z turkumini 
o‘rganish vazifasi uning lingvistik xusisiyatlari va kichik yoshdagi o‘quvchilarning bilish imkoniyatlariga 
qarab belgilanadi. “Fe’l” mavzusini o‘rganishda asosiy vazifalar: so‘z turkumi sifatida fe’l haqida dastlabki 
tushunchani shakllantirish, o‘quvchilar nutqini fe’llar bilan boyitish hamda og‘zaki va yozma nutqda fe’ldan 
to‘g‘ri foydalanish ko‘nikmasini o‘stirish o‘quvchilarning aqliy faoliyatini rivojlantirish, grammatik mavzu 
bilan bo‘gliq holda ayrim orfografik qoidalarni o‘zlashtirish hisoblanadi. Bu vazifalar bir – biri bilan bo‘gliq 
holda hal etiladi. 
Fe’l ustida ishlashga tayyorgarlik savod o‘rgatish davrida boshlanadi. Bu davrda o‘quvchilarning diqqati 
fe’lning leksik ma’nosiga qaratiladi. Fe’l uchun tipik hisoblangan leksik grammatik ma’noni, ya’ni 
predmetning harakatini bildirishini umumlashtirish imkonini beradigan aniq manba yig‘iladi. Fe’l ustida 
ishlash mashqlarini “Alifbe” dagi so‘z va matnlarni o‘qish, rasmga qarab gap tuzish bilan bog‘lab o‘tkaziladi. 
Bunda o‘qituvchi o‘quvchilar gap tuzishda mazmunga mos fe’lni topishiga, so‘z nimani bildirishini va qanday 
so‘roqqa javob bo‘lishini aniqlashga yordam beradigan sharoit yaratadi. Masalan, bolalar kuzda
 
meva
 
va
 
sabzavotlarni, daraxtlarni kuzatib yoki rasmlarni ko‘rib, gapni mazmuniga mos so‘zlar bilan to‘ldiradilar: 
Bahorda daraxtlar nima qiladi? … (gullaydi). 
Kuzda mevalar nima qiladi? … (pishadi). 
Bolalar nima qilayaptilar? (dam olayaptilar). (ishlayaptilar). 
Fe’lga so‘roq berishga o‘rgatish og‘zaki bo‘lmasligi, o‘quvchilar harakat bir kishi tomonidan bajarilsa, 
nima qildilar? Nima qiyaptilar? Nima qilmoqchilar? Kabi so‘roqlarga javob berishga o‘rgatish o‘z navbatida 
fe’l zamonlarini o‘rganishga tayyorlash demakdir. 
I sinfda morfologik so‘roq so‘z nimani bildirishini (o‘rganishga tayyorlash demakdir) aniqlash 
maqsadida beriladi. O‘quvchilarni so‘zga so‘roq berishga so‘zlarni tanishga, so‘zni so‘roqqa mos ravishda 
o‘zgartirishga (nima qildi?) (o‘qidi). Nima qilamiz? O‘qiymiz, nima qilmoqchi? O‘qimoqchi kabi o‘rgatiladi. 
II sinfda fe’lni o‘rgatish. Bu boshqichning asosiy vazifasi “Fe’l – so‘z turkumi” degan tushunchalarni
 
shakllantirish, bo‘lishli va bo‘lishsiz fe’llarning ma’nosi va shakliga qarab faqlash ko‘nikmasini hosil qilish, 
bo‘lishsizlik qo‘shimchasining talaffuzini va imlosini o‘rgatish hisoblanadi. 
Dasturga ko‘ra, bu sinfda bo‘lishli va bo‘lishsiz fe’llar o‘rganiladi. Mavzu suhbat asosida tushuntiriladi. 
Suhbat uchun o‘qish darsida kimlar o‘qidi. Rahim ham o‘qidimi? Kim so‘zladi? Ravshan so‘zladimi? Ra’no 
kutubxonaga bordimi? Halima gapiryaptimi savollaridan ham foydalanadilar. Bunda o‘quvchilarga 
bo‘lishsizlik shakli -ma, emas, -gani yo‘q kabi vositalar yordamida ifodalanishi tushuntirib o‘tiladi hamda buni 
bevosita o‘z nutqlarida qo‘llab ko‘radilar. 
III sinfda fe’lni o‘rganish. Bu sinfda fe’lni o‘rganishning vazifasi: 
1) fe’lning shaxs-son qo‘shimchalari bilan tuslanishi zamon qo‘shimchasi bilan o‘zgarishi haqida 


455 
tushuncha berish va dastlabki ko‘nikma hosil qilish, fe’lning leksik ma’nolari, bo‘lishli yoki bo‘lishsizligi, 
gapdagi vazifasi haqidagi bilimni chuqurlashtirish. 
2) nutqda fe’ldan ongli foydalanish malakasini rivojlantirish . Shu maqsadda nutqda sinonim va antonim 
fe’llardan, matn bilan bog‘liq holda o‘z va ko‘chma ma’noda ishlatilgan fe’llar bilan tanishtirib borishga 
qaratilgan mashqlardan foydalanish. 
3) O‘tgan zamon qo‘shimchasining talaffuzi va yozilishi haqida ko‘nikma hosil qilish. 
4) Qo‘shma fe’llar va ularning doim alohida yozilishi haqida tushuncha berish va dastlabki ko‘nikma 
hosil qilish hisoblanadi. 
Bu mavzular o‘quvchilarning savodxonligini oshirishga xizmat qiladi. Imloviy va nutqiy savodxon 
o‘quvchilarning jamiyatda o‘rin egallashi oson kechadi. Shuningdek, sifat, ot va son so‘z turkumlarining 
o‘tilishi ham bu samaradorlikni oshiradi. Ayniqsa, 4-sinf Ona tili darsligida berilgan ot so‘z turkumiga oid 
egalik, kelishik qo‘shimchalari haqidagi ma’lumotlar o‘quvchilarning orfografik savodxonligini oshirishga 
xizmat qiladi. Nutq jarayonida tovush tushish, tovush, orttirilish hamda tovush almashinish hodisalari 
yuzasidan berilgan mashqlar, kelishik qo‘shimchalarini o‘z o‘rnida qo‘llashga oid mashqlar bunga misol bo‘la 
oladi:
Nuqtalar 
o‘rniga 
mos 
kelishik 
qo‘shimchasini 
qo‘yib 
ko‘chiring. 
Anvar bola chog‘idan gulzor.. (-ning, -ni) yaxshi ko‘rardi. Maxdum.. (-ni, -ning) oilasiga kelgach, bog‘cha… 
(-ni, -ning) gulzor qismiga o‘zi qaray boshladi. Gulzor.. (-ning, -ni) sug‘orish, o‘tlar…(-ning, -ni) yulish 
vazifalari.. (-ning, -ni) o‘zi bajardi.
Xulosa qilib shuni aytish mumkinki, har bir ta’lim yo‘nalishi o‘quvchilarni mustaqil fikrlovchi
egallagan bilimlarini amalda to‘g‘ri qo‘llay oladigan har tomonlama barkamol avlodni tarbiyalashga 
qaratilgan. Mana shu yo‘lda og‘ishmay harakat qilish ta’lim beruvchilarning pirovard maqsadi bo‘lib qoladi. 

Yüklə 34,75 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə