Nutq o‘stirish nazariyasi va metodikasi indd


-§. Nutq o‘stirish nazariyasi va metodikasi fanining maqsad va vazifalari



Yüklə 3,88 Mb.
səhifə13/217
tarix29.11.2023
ölçüsü3,88 Mb.
#139293
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   217
NUTQ O‘STIRISH NAZARIYASI

3-§. Nutq o‘stirish nazariyasi va metodikasi fanining maqsad va vazifalari




Reja:

  1. «Nutq o‘stirish nazariyasi va metodikasi» fanining boshqa fanlar bilan uzviy bog‘liqligi.

  2. Bolalar nutqini o‘stirishning predmeti maqsadi va vazifalari.

  3. Bolalar nutqini rivojlatirishning tashkiliy pedagogik va meto- dik ishlari.



Tayanch tushunchalar: bog‘lanishli nutq, didaktika, didaktik nutq, ehtiyojmandlik, emotsional muloqot, nazariya, nutq madani- yati, umumiy pedagogika.


1. «Nutq o‘stirish nazariyasi va metodikasi» fanning boshqa fanlar bilan uzviy bog‘liqligi. Bolani har tomonlama rivojlantirish uning insoniyat tajribasi, bilimlari, qobiliyati va madaniyatining saqlovchisi bo‘lgan kattalar bilan muloqoti tufayli insoniyatning ko‘p asrlik tajribasini o‘zlashtirish asosidagina amalga oshiriladi. Bu tajribani faqat insoniy muloqotning eng muhim vositasi – til orqaligina berish mumkin.
Til – hayotimizning ajralmas qismi bo‘lib, biz unga o‘z-o‘zidan bo‘lishi shart bo‘lgan narsa sifatida qaraymiz. Tilning o‘zi nima, biz unda qanday so‘zlayapmiz, biz qanday qilib so‘zlashni o‘rganishimiz haqida esa unchalik ko‘p o‘ylab ham o‘tirmaymiz.
Bilimni uyushtiruvchi boshlang‘ich bosqich sifatida chiqadigan nazariya tilda shakllanadi, bu esa bilish jarayonida tilga alohida o‘rin beradi va shu bilan til haqidagi fan oldida yangi ilmiy ufqlarni ochadi, uni o‘zining gumanitar mohiyati haqida orzu-xayollarga berilgan hol- da doimo tinch-osuda va jimgina o‘tiradigan burchagidan chiqishga majbur qiladi.
Ana shu nuqtayi nazardan «Nutq o‘stirish nazariyasi va metodikasi» fani bilan quyidagi fanlar o‘rtasida yaqin aloqadorlik mavjud:
  1. Umumiy pedagogika – ijtimoiy tarbiyaning umumiy qo- nuniyatlari, muayyan jamiyatda yagona ijtimoiy maqsadga mu-


vofiq yosh avlodni tarbiyalash hamda unga ta’lim berishning

Yüklə 3,88 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   217




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə