Nutq o‘stirish nazariyasi va metodikasi indd



Yüklə 3,88 Mb.
səhifə15/217
tarix29.11.2023
ölçüsü3,88 Mb.
#139293
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   217
NUTQ O‘STIRISH NAZARIYASI

Madaniyatshunoslik – bolalarda insoniyat tomonidan yara- tilgan moddiy va ma’naviy madaniyat asoslari haqidagi tasavvurni shakllantirish, ularda madaniy xulq-atvor xislatlarini tarkib toptirish uchun xizmat qiladi.

  • Tibbiy fanlar – shaxsning fiziologik-anatomik jihatidan to‘g‘ri rivojlanishini ta’minlash, uning organizmida namoyon bo‘layotgan ayrim nuqsonlarni bartaraf etishga amaliy yondashuv, shuning- dek, nuqsonli bolalarni o‘qitish hamda tarbiyalash muammolarini o‘rganishda ko‘maklashadi.

  • Ijtimoiy pedagogika ijtimoiy munosabatlar mazmuni, ular- ni tashkil etish shartlari xususida ma’lumotlarga ega bo‘lish asosida ta’lim-tarbiya jarayoni ishtirokchilarining o‘zaro munosabatlarini sa- marali tashkil etish uchun imkoniyat yaratadi.

    Shaxsning shakllanishi kishilik jamiyati tomonidan yaratil- gan ijtimoiy-tarkibiy tajribani o‘zlashtirish, ta’lim-tarbiya berish orqali amalga oshiriladi. Bu har xil faoliyatlarda yuzaga keladi. Bolalar egallashlari lozim bo‘lgan mazmunni tanlash, uning egallab olishiga rahbarlik qilish kattalar tomonidan ta’lim-tarbi- ya jarayonida amalga oshiriladi. Tarbiya va ta’limning mazmuni, vositalari, metodlari, bolaning rivojlanish jarayoni ularning yoshi bilan izohlanadi. Jumladan, kichik yoshdagi bolalar bilan ish olib borilganda ularning mustaqil hayotga butunlay moslashmagan- ligi hisobga olinadi.


    1. Bolalar nutqini o‘stirishning predmeti maqsadi va vazi- falari. Insonning yana bir o‘ziga xos xususiyati, o‘ziga xos insoniy ehtiyoji mavjud, bu – boshqa odamlar bilan muloqotga ehtiyojmand- lik, «emotsional muloqotga ehtiyojmandlik»dir (K.Obuxovskiy). Aynan shu ehtiyoj tufayli dastlab til paydo bo‘lgan. Muloqotga ehti- yojmandlik doimo tilni egallashga olib keladi. Bolaning so‘zlashni o‘rganishining sababi shuki, unga kattalar bilan birgalikdagi faoliyat- da ishtirok etishga to‘g‘ri keladi, buning uchun esa bolaning unga ni- malar deyishayotganliklarini tushunishi va o‘zi ham so‘zlashi lozim. Bu o‘rinda tilning uch sifati (tajribani jamlash va sintez qilish – fikrga jamlash – muloqotni amalga oshirish) haqida so‘z yuritish mumkin (V.A.Zveginsev). Tilni tadqiq qilish mustaqil, umumilmiy qiziqish- dan tashqari ko‘plab dolzarb amaliy vazifalarni hal etishda ulkan aha- miyatga egadir.


    Yüklə 3,88 Mb.

    Dostları ilə paylaş:
  • 1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   217




    Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
    rəhbərliyinə müraciət

        Ana səhifə