Nutq o‘stirish nazariyasi va metodikasi indd



Yüklə 3,88 Mb.
səhifə17/217
tarix29.11.2023
ölçüsü3,88 Mb.
#139293
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   217
NUTQ O‘STIRISH NAZARIYASI

Nutq o‘stirish nazariyasi va metodikasi fanining maqsadi
  • maktabgacha yoshdagi bolalarda og‘zaki nutqni rivojlantirish tamoyillari, unga qo‘yilgan talablar, usullari, shakllari, nutqni rivojlantirish muammolari, barkamol avlod tarbiyasida nutqni to‘g‘ri shakllantirish yo‘llari va ish samaradorligi. Zamonaviy pedagogik texnologiya. Ta’lim-tarbiya jarayonini ilmiy asosda tashkil etish, va uning tamoyillari, qonuniyatlari. Maktabgacha yoshda bo‘lgan bolalarda og‘zaki nutqni rivojlantirish ishiga tayyorlashdan iboratdir.

Nutq o‘stirish nazariyasi va metodikasi fanining vazifalari


    • maktabgacha yoshdagi bolalarda turli yosh bosqichlaridagi nutq rivojini ko‘ra olish va tushunish qobiliyatini shakllantirish;

    • bola nutqiga ta’sir ko‘rsatishning eng samarali yo‘lini to‘g‘ri tanlash va bolaning nafaqat yoshini, balki uning o‘ziga xos xususi- yatlarini hisobga olgan holda o‘zaro birgalikda harakat qilish hamda olingan natijani tahlil qilish;

    • bolalar nutqining turli jihatlarini rivojlantirish, aniq uslublari va usullari haqidagi bilimlar o‘zlashtirilishini hamda ularning didak- tik nutq muloqotlari paytida qo‘llay olinishini ta’minlash;

    • uslubiy adabiyotlarni tanqidiy tahlil qilgan holda maktabga- cha yoshda bo‘lgan bola nutqiga ta’sir ko‘rsatishning o‘ziga xos usul- lari va uslublarini yaratishga intilishni rag‘batlantirish.

Nutqni rivojlantirish metodikasining asosiy mazmuni – bo- lalarda og‘zaki nutqni, uning atrofdagilar bilan nutqiy muloqoti ko‘nikmalarini shakllantirishdir. Nutqni rivojlantirish metodikasi quyidagi asosiy savollarga javob topish imkonini beradi: nimani o‘qitish (bolalarda qanday nutqiy ko‘nikmalarni tarbiyalash), qan- day o‘qitish (bolalar nutqini shakllantirishda qanday sharoitlarda qaysi metod va usullardan foydalanish lozim), nega endi aynan
shunday o‘qitish zarur (nutqni rivojlantirishning taklif etilayotgan usullari nazariya va amaliyotning qaysi ma’lumotlariga asoslan- moqda). Nutqni rivojlantirish metodikasi har qanday rivojlanish- ning umumiy shakllari, tomonlari va o‘zaro bog‘liqligini aks et- tiradigan dialektika qonunlari va toifalariga tayanadi.
Til – tarixiy va o‘zgaruvchan hodisadir. Har bir xalq, millat, elat va odamlar qabilasi o‘z tiliga egadir. Har bir xalqning tilida mazkur jamiyatning tarixiy rivojlanish jarayoni, uning turmush sharoiti, ijtimoiy hayotidagi o‘zgarishlar va yangilanishlar, ijti- moiy-mehnat faoliyatidagi yangi kashfiyotlar va erishilgan nati- jalari aks etgan.


  1. Yüklə 3,88 Mb.

    Dostları ilə paylaş:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   217




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə