Nutq o‘stirish nazariyasi va metodikasi indd



Yüklə 3,88 Mb.
səhifə20/217
tarix29.11.2023
ölçüsü3,88 Mb.
#139293
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   217
NUTQ O‘STIRISH NAZARIYASI

To‘rtinchi qonuniyat: Nutqni boyitish, avvalo, nutq ko‘nikmala- rini takomillashtirishga bog‘liq (agar oldingi yosh bosqichida maktab-
gacha katta yoshdagi bola nutqini shakllantirish muvaffaqiyatli bo‘lgan bo‘lsa, undan keyingi nutqni boyitish jarayoni hamda uni o‘zlashtirish oson va tez boradi). Bundan tashqari, tadqiqotchilar tomonidan nutq- ni boyitish jadalligi tilni his etish, bilish imkoniyatlari (sezish, xotira, idrok qilish, fikrlash), iroda kuchining rivojlanishiga ham bog‘liq.
Beshinchi qonuniyat: Nutq me’yorlarini o‘zlashtirish tilni his etishning rivojlanishiga bog‘liq.
Bolalarning nutqini o‘zlashtirishda tinish belgilarini qo‘llash me’yorini, eslab qolish qobiliyatini shakllantirish muhim o‘rin tutadi. Me’yorlangan nutqda ona tili unsurlarini an’anaviy qo‘llashda inson hayotining asosan maktabgacha katta yoshdagi davri samarali bo‘lishi ona tili metodikasi ilmida allaqachon o‘z isbotini topgan.
Maktabgacha katta yoshdagi bolalar nutqini rivojlantirish bilan bog‘liq bo‘lgan masalalar kompleksini hal etishda quyidagilar alo- hida hisobga olinadi:

  1. Insondagi bilish instinkti, tug‘ma qiziquvchanlik nutq vosita- sida amalga oshiriladi.

  2. Bola nutq ishtirokida olamni bilib boradi. Psixologlarning kuza- tishicha, tevarak-atrof to‘g‘risidagi bilimlar nutq orqali o‘zlashtiriladi. Bundan shunday xulosaga kelish mumkinki, bolalarni tevarak- atrof bilan tanishtirish nutqni rivojlantirishda keng imkoniyatlar

tug‘diradi.
Shunga ko‘ra tarbiyachilar maktabgacha katta yoshdagi bolalar- ning nutqini to‘g‘ri yo‘naltirishni tevarak-atrof bilan tanishtirish orqali amalga oshiradi.
Bolalar nutqini rivojlantirish samaradorligiga erishish uchun ularning bilim darajasi, qiziqishi va shaxsiy qobiliyati xususiyatlarini hisobga olish muhimdir.
Shu narsa aniqlanganki, maktabgacha katta yoshdagi bolalarning barcha harakat va xulqini boshqarishda bosh miya faoliyatining roli ortib boradi. Ya’ni bolalar boshqalarning xatti-harakatlarini, atrofda kechayotgan voqea-hodisalarni bilishga va baholashga intiladilar. Shunga ko‘ra maktabgacha yoshdagi bolalar bajaradigan faoliyat tur- lari ham xilma-xil va mazmunli bo‘lib boradi. Demak, bolalar faoli- yatining sermahsul turlari nutq o‘stirishda katta rol o‘ynaydi.
Bolalar o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlar tizimi birgalikda uyushtiriladigan o‘yinlarda yuqori darajada shakllanadi. Ijtimoiy foy- dali mehnat va o‘qish kabi faoliyat turlari tobora ko‘proq rol o‘ynay boshlaydi. Shu bilan birga, tengdoshlariga nima bilandir ko‘mak berish, ular uchun biron-bir foyda yetkazish maqsadida namoyon bo‘ladigan mehnatning ijtimoiy motivlari yanada ahamiyatliroq, ya’ni sezilarli bo‘lib qoladi.
Maktabgacha katta yoshdagi bolalar o‘z xulqlarini yanada asosli- roq boshqara boshlaydilar.
Bolalar tarbiyachisi tomonidan ular oldiga qo‘yilgan vazifalar ma’nosini aniq biladilar, topshiriqlarni mustaqil va nuqsonsiz baja- rish uchun astoydil intiladilar. Bularning barchasi nutqni rivojlanti- rishning muhim shart-sharoitlari bo‘lib xizmat qiladi.
Ma’lumki, ta’limda biror-bir yutuqqa erishish tarbiyaga bog‘liq. Shuning uchun ham maktabgacha yoshdagi bolalarning madaniy xulq- odatlarini shakllantirishga muayyan darajada e’tibor berish lozim. Ularda yaxshilik, kamtarlik, adolatlilik, vijdonlilik to‘g‘risidagi axlo- qiy tasavvurlarni tarkib toptirish kerak.


2-jadval


Nutqni samaraliroq rivojlantirish maqsadida bolalarning te- varak-atrof obyektlari (kishilarning hayoti va mehnati, hayvonlar, o‘simliklar olami, suv osti dunyosi) to‘g‘risidagi tasavvurlarini an- iqlash va izchil, rejali tarzda kengaytira borish talab etiladi.


Nutqni rivojlantirishning samaradorligini oshirish rejasida nafaqat tevarak-atrof obyektlari ustida oddiy kuzatishlar (mushohadalar) uchun, balki ularni o‘rganish uchun ham sayrlar, sayohatlar o‘tkazish muhimdir.
Shu o‘rinda tevarak-atrof obyektlarini o‘rganishda nimalarga eri- shish mumkinligini aniqlab olishimiz lozim bo‘ladi. Buning uchun, avvalo, nutq o‘stirishga oid tevarak-atrof manbalarining o‘zini gu- ruhlashtirish taqozo etiladi. (2-jadval)
Tevarak-atrofni o‘rganishda (tarbiyachilar yoki ota-onalar to- monidan) bolalar shunchaki kuzatmasliklari, balki predmetlarni ularning qismlari, elementlarini ko‘rib, jarayonlar, hodisalarni idrok eta borib, ular to‘g‘risida mulohaza yuritishlari ham lozim. Bunga eri- shish uchun tarbiyachi oldiga qiyoslash, taqqoslash, ajratish, umum- lashtirish, tahlil qilish va boshqa shu kabi usullardan foydalanish vazifasi qo‘yiladi. Bundan tashqari, o‘rganish jarayonida) maktabga- cha katta yoshdagi bolalarni mehnatning ular uchun qulay bo‘lgan turlari (ariqchalarni tozalash, daraxtlar tagini yumshatish, gullarni parvarish qilish)ga jalb qilish muhimdir. Bunday yondashuv shu bilan bog‘liqki, inson biron narsani o‘z qo‘li bilan bajarsa, uni ko‘proq va to‘laroq esda saqlaydi. Mazkur usul bilan maktabgacha katta yosh- dagi bolalarning bog‘lanishli nutqidagi kamchiliklar narsa-predmet- larning nomlarini so‘zma-so‘z va eslash orqali to‘ldiriladi.
Maktabgacha katta yoshdagi bolalar nutqini rivojlantirish ko‘p ji- hatdan quyidagi narsalarning to‘g‘ri hal etilishiga bog‘liq:

  • nutqni rivojlantirishga doir didaktik materiallar (tarbiyachi va ota-onalarning ma’lum maqsadga qaratilgan nutqi, bolalarga o‘qib yoki aytib beriladigan ertaklar, qo‘shiqlar, hikoyalar);

  • ta’limning didaktik materiallarni o‘zlashtirish uchun foydalani- ladigan metod va usullari;

  • ta’limni tashkil etish (tevarak-atrof obyektlarini saralash, shun- ga bog‘liq nutq o‘stirishni rejalashtirish).

  • o‘quv materialining mazmuni, uni o‘rganishning ayrim usullari hamda ularga tegishli tamoyillarga tayanib, tarbiyachi nutq o‘stirish bilan bog‘liq bo‘lgan barcha ishlarni rejalashtirmog‘i zarur.

Biz ayni muammoga oid tadqiqot ishlari olib borish jarayonida nutq o‘stirish borasida quyidagi didaktik tamoyillarga tayanib ish ko‘rish yaxshi natija beradi degan xulosaga keldik:

  • nutq organlari hamda qo‘lni o‘rgatish uchun nutq materialini tushunish;

  • nutq ahamiyatini tushunish hamda leksik va grammatik ko‘nikmalarni rivojlantirish;

  • nutq ifodaliligini baholash. Buning uchun maktabgacha yosh- dagi katta bolalarda muayyan hissiyotni rivojlantiradigan didaktik materiallarni tanlash maqsadga muvofiqdir;
  • ona tiliga muhabbat tuyg‘usini rivojlantirish tamoyili (bu o‘rinda bolalarga, xususan, nutqda ona tili faktlarini qo‘llash an’anasini o‘zlashtirish bo‘yicha ta’limni tashkil etish nazarda tutiladi);


  • muayyan mavzuga oid yozma nutqni og‘zaki nutq bilan qi- yoslash;

  • nutqning asta-sekin boyib borishi.


Yüklə 3,88 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   217




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə