Nutq o‘stirish nazariyasi va metodikasi indd


«Bolajon» tayanch dasturida bilish jarayoni, atrof olam to‘g‘risidagi bilimga ega bo‘lish va uni anglash yo‘nalishiga quyidagilar



Yüklə 3,88 Mb.
səhifə22/217
tarix29.11.2023
ölçüsü3,88 Mb.
#139293
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   217
NUTQ O‘STIRISH NAZARIYASI

«Bolajon» tayanch dasturida bilish jarayoni, atrof olam to‘g‘risidagi bilimga ega bo‘lish va uni anglash yo‘nalishiga quyidagilar:


elementar matematik tasavvurlar (Son va sanoq, kattalik, geometrik shakllar, tevarak atrofda mo‘ljal olish, vaqtni chamalash, qurish-yas- ash, ta’limiy o‘yin va mashqlar);
atrof olam to‘g‘risidagi bilimga ega bo‘lish va uni anglash (Ona Vatan va tevarak atrof, buyuk siymolar, kattalar mehnati, trans- port vositasi, buyumlar haqida bilimlar, jonli va jonsiz tabiat, yer kurrasi to‘g‘risida tasavvur);
tasviriy faoliyat; musiqa;
o‘yin faoliyati (ta’limiy, harakatli, voqeaband-ijroli, teatrlashtiril- gan o‘yinlar) keng yoritilgan.
«Bolajon» tayanch dasturining maqsadi» Maktabgacha yoshdagi bolalar rivojlanishiga qo‘yiladigan davlat talablari»ning bajarilishi- ga erishishdan, ya’ni maktabga jismonan sog‘lom, aqlan va ma’nan yetuk, jamiyatning turli a’zolari bilan muloqotda bo‘la oladigan, bor-
liqni aniq idrok etadigan, hayotga ijtimoiy jihatdan moslashuvchi, umummilliy qadriyatlarimizni qadrlaydigan, shuningdek, mustaqil va ongli yashaydigan bolani tayyorlashdan iborat.
«Bolajon» tayanch dasturining vazifasi bolalarni jismoniy, aqliy hamda ijtimoiy-hissiy jihatdan kamol toptirish va ularning sog‘lig‘ini muhofaza qilish; bolalarning erkin fikrlash, ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirish, axloqiy va ma’naviy jihatdan barkamol, shuningdek, kelajakda mustaqil va ongli yashaydigan komil insonlar etib voyaga yetkazish uchun shart-sharoitlar yaratishdan iboratdir.
Dasturda bolalarni rivojlantirish va maktabga tayyorlash davri shartli ravishda quyidagi bosqichlarga bo‘linadi:
Go‘daklik (1 yoshgacha)

  • ilk yosh (1–2 yosh)

  • ilk yosh (2–3 yosh)

  • kichik yosh (3–4 yosh)

  • o‘rta yosh (4–5 yosh)

  • katta yosh (5–6 yosh)

  • maktabga tayyorlov davri (6–7 yosh) Dasturning tuzilmasi:

  1. Bolalarning rivojlanish xususiyatlari.

  2. Jismoniy rivojlanish.

  3. Mashg‘ulotlar jadvali (haftalik, oylik, 1-yarim, 2-yarim yil- lik va jami).

  4. Ijtimoiy-hissiy rivojlanish.

  5. Nutq, o‘qish va savodga tayyorgarlik.

  6. Bilish jarayoni: atrof olam to‘g‘risidagi bilimga ega bo‘lish va uni anglash.


Yüklə 3,88 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   217




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə