Nutq o‘stirish nazariyasi va metodikasi indd


Maktabgacha tarbiya muassasasida nutqini rivojlantirish



Yüklə 3,88 Mb.
səhifə23/217
tarix29.11.2023
ölçüsü3,88 Mb.
#139293
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   217
NUTQ O‘STIRISH NAZARIYASI

3. Maktabgacha tarbiya muassasasida nutqini rivojlantirish vositalari va usullari. Tilni to‘g‘ri o‘rganish, uning grammatik tuzi- lishiga e’tibor berib so‘zlashish, bolalarda erkin muhokama yuri- tish, savollar berish, boshqalardan eshitgan fikrlari yuzasidan xulo- salar chiqarish, narsa va hodisalar o‘rtasidagi bog‘lanishning turli ko‘rinishlarini anglab yetishga olib keladi.
Maktabgacha tarbiya muassasasida sog‘lom, tabiiy muhit yara- tish, ularning to‘g‘ri muomalaga kirishishi, boshqalar bilan gapla-
shish ishtiyoqining ortishiga turtki bo‘ladi. Buning uchun bolalar nutqining shaklan va mazmunan mantiqiy birligiga erishish muhim bo‘lib, ular quyidagilardan iboratdir:

  • dastlab bola o‘z lug‘at boyligiga ega bo‘lishi;

  • bolalar nutqining grammatik tuzilishini aniq shakllantirishga e’tibor berish;

  • bolalarda tovush madaniyatini tarbiyalash;

  • dialogik nutq, ya’ni so‘zlashuv nutqini rivojlantirish;

  • hikoya qilib berish;

  • bolalarni badiiy adabiyot bilan tanishtirish;

  • bolalarni savod o‘rgatishga tayyorlash va boshqalar.

Bu talablar maktabgacha tarbiyaning barcha bosqichlarida amal- ga oshiriladi. Lekin ularning har birida bolalarning yosh xususiyati, shaxsiy tayyorgarlik darajasi, albatta, hisobga olinadi.
Bolalarning tevarak-atrofni kuzatib borishi natijasida talaffuzi ham ijobiy tomonga o‘zgara boshlaydi; tovushlarni to‘g‘ri talaffuz qila boshlaydilar, jumlalar mazmuni kengaya boradi, grammatik to- mondan gapni to‘g‘ri tuza boshlaydilar, lug‘at boyligi ham ortadi. Bolalarning o‘zlari kichik-kichik hikoyalar tuza boshlaydilar va bu hikoyalarni erkin bayon qila oladilar. Ularda kattalar bilan mulo- qotga kirishish, o‘z fikrini erkin bayon etish kabi xislatlar paydo bo‘la boshlaydi. Shunga ko‘ra bolalar nutqida tovush madaniyatini takomillashtirish, atrofdagi narsalar, predmetlar, hodisalar nomini ifodalovchi so‘z boyligini kengaytirish, faollashtirish, monologik nutqning oddiy shakllariga rioya etish, o‘z fikrini grammatik ji- hatdan to‘g‘ri va aniq ifodalay olish ko‘nikmalarini paydo qilish muhim va zarur hisoblanadi.
Bu talablar bolalarda borliqni, tevarak-atrofni idrok etish, uni tu- shunish, his etish, hikoyalar tuzish, o‘z fikrini bayon qila olish, ifodali o‘qish faoliyati jarayonida tarkib toptiriladi.
Ma’lumki, bog‘lanishli nutqda bolalarning atrofdagilar bilan voqea- hodisalar ta’siri natijasida o‘zaro munosabati, aloqasi ifodalanadi. Bu ifoda bir yoki bir necha jumlalarda o‘z aksini topishi mumkin.
Nutqning shakllanishida bolaning tevarak-atrof bilan munosa- bati, muomala shakli katta rol o‘ynaydi. Maktabgacha katta yosh-
dagi bolalarning og‘zaki nutqqa doir, malaka va ko‘nikmalari mav- jud bo‘lganligini hisobga olib, ularda bog‘lanishli nutqni shakl- lantirishda, avvalo, tevarak-atrofni kuzatishda nimalarga e’tibor berishimiz kerakligini aniqlab olishimiz zarur. Bular, avvalo, ona Vatan haqida dastlabki tasavvurlarni shakllantirishdan boshla- nadi. Bunda « Maktabgacha tarbiya muassasasi uchun dastur»da bolalarda mustaqil O‘zbekiston davlati haqidagi tushunchalarni kengaytirish, uning o‘tmishiga oid yodgorliklar bilan tanishtirish, Samarqand, Buxoro, Xiva, Toshkent, Qo‘qon kabi tarixiy shahar- lar haqida ma’lumotlarga ega bo‘lish, «mustaqillik kuni» (1991-yil 1-sentabr), O‘zbekiston ramzlari: gerbi, bayrog‘i, madhiyasi bi- lan tanishtirish, O‘zbekiston Prezidenti, Prezidentlik boshqaruvi haqida ma’lumotlar berish, bolalarning o‘z mahallasi, ko‘chasi, uyi, uning nomlanishi, nomlanish sababi; O‘zbekistonning tabiati, yerosti va yerusti boyliklari, tog‘lari, cho‘l va adirlari, tog‘u soy- lari, o‘rmonu bog‘lari, iqlimi, buyuk siymolari, sarkardalari, ulug‘ mutafakkirlari, an’anaviy bayramlari, sayllari, milliy marosimlari, o‘zbek xalqining amaliy san’ati, kattalar mehnati, bolalarning ota- onalari, aka-opalarining O‘zbekiston xalq xo‘jaligining turli so- halaridagi ishtiroki, ishlab chiqarishning muhim sohalari, aloqa vositasi haqida bilim berish nazarda tutilgan. Ana shularning bar- chasi bolalarning tevarak-atrofdagi hodisalar haqidagi bilimlarni aniqlash, mustahkamlash va kengaytirish asosida bog‘lanishli nutqini rivojlantirishga yordam beradi.
Bunda, birinchi navbatda, bolalar so‘z boyligini kengaytirishda Respublikamiz tabiati, kasb-hunarga oid, qurilish va qishloq xo‘jaligida foydalaniladigan mashinalar, narsalarning o‘ziga xos bel- gilari va ranglari, mehnatga munosabatni ifodalovchi tushunchalar, nom va so‘zlar bilan boyitish zarur. Shuningdek, xalq og‘zaki ijo- di namunalarini o‘rganish; ona tilidagi antonim, sinonim, omonim so‘zlarni tushunish va to‘g‘ri qo‘llashga doir tushunchalar, so‘zlar bi- lan boyitishga erishish lozim. Bolalarni narsalarning nomlarini to‘g‘ri aytishga, ularning o‘xshash va farqli tomonlarini tushunish, shakli, rangi, sifati, xossalarini, jinsi va turiga oid yo‘naltiruvchi lug‘atini faollashtirish, nutqning grammatik tuzilishini shakllantirish, nutq
madaniyatini shakllantirish, dialogik va monologik nutqini takomil- lashtirish va nihoyat savod o‘rgatishga tayyorlash muhim ahamiyat kasb etadi.
Maktabgacha tarbiya muassasasida olib borgan kuzatishlar shuni ko‘rsatdiki, ularning bog‘lanishli nutqi yoshiga ko‘ra orqada qolib, qator kamchiliklar mavjud. Shuning uchun biz ularning nutqini ku- zatishda odatdagi hayotiy faoliyatidan chetga chiqmaslikka harakat qildik. Bu jarayonda quyidagilarga e’tibor qaratildi:

  1. Ona tili boyligidan unumli foydalanish.

  2. Nutqni rivojlantiruvchi omillarni to‘g‘ri belgilash.

  3. Nutqni rivojlantirish jarayoni.

  4. Nutqni rivojlantirishda uzviylik va uzluksizlik.

  5. Nutqni rivojlantirish mazmuni.

  6. Nutqni rivojlantirish shakllari.

  7. Nutqda ijtimoiy-maishiy omillarning o‘zaro aloqasi.

  8. Sayrlar, o‘yin va mehnat jarayoni – nutqni o‘stirishning muhim vositasi ekanligi.

Bolalarning nutqini rivojlantirish maxsus o‘rganilmaydi, natijalari ish- lab chiqilib, mashg‘ulotlar tizimi belgilab olinmaydi, mashg‘ulotlar ma’lum maqsadga yo‘naltirilgan holda muntazam va izchil olib borilmaydi.
Maktabgacha tarbiya muassasalarining katta guruhlarida bo- lalarning nutqi qay darajada shakllanganligi aniqlanib, maxsus top- shiriqlar ro‘yxatini ishlab chiqiladi, har bir bola bilan yakka tartibda mashg‘ulotlar olib boriladi.
Misol. Bolaga tavsiya etilgan ertak yoki hikoyani qayta hikoya qilib bera olishini aniqlash. «Zumrad va Qimmat», «Bo‘g‘irsoq»,
«Ikki echki», «Ur, to‘qmoq», «Echki bolalari», «Toshbaqa bilan chayon» kabi ertak va hikoyatlardan uchtasini taklif etiladi. Bola ertakni eslay olmasa, shu ertaklarga ishlangan rasmlar havola qilinadi.
Bolalar hikoyasi quyidagi ko‘rsatkichlar asosida tahlil qilinadi:

  • hikoyani mustaqil bayon qilish (kattalarning yordamisiz);

  • matn mazmunining to‘liqligi;

  • matnni bayon qilishda izchillik;

  • ifoda vositalaridan foydalanish ko‘nikmasi;

  • nutqning ravonligi.

Tevarak-atrofdagi narsa-predmetlarga oid matnni qayta hikoya qilib berishda bolalar nutqida quyidagi kamchiliklar uchrashi mumkin.

  • bolalar ertakni yordamchi savollar bermasdan turib mustaqil hikoya qila olmaydi;

  • matndagi so‘zlarga taqlid qilib so‘zlaydi;

  • ba’zi muhim voqealarni tushirib qoldiradi;

  • bir oz to‘xtab-to‘xtab hikoya qiladi, nutqda uzilish bo‘ladi;

  • nutqda ifodalilik yetishmaydi:

  • bir xil tezlikda, bir xil tovushda hikoya qiladi;

  • o‘zicha ba’zi so‘zlarni qo‘shib, ma’nosiz hikoya qiladi;

  • kattalar yordami vositasida hikoya qiladi;

  • hikoya qilish jarayonida matn ma’nosini o‘zgartirib yuboradi;

  • mantiqiy izchillikka rioya qilmaydi.

Bolalarga «Mehmonda», «Uycha», «Maktabga yo‘l» mavzulari va ularga ishlangan rasmlar tavsiya etiladi. Hikoya qilish jarayonida yo‘l qo‘ygan xatolari va yutuqlari aniqlanadi.
Mazkur MTMda bolalarning nutqini kuzatganda quyidagilar asosiy mezon sifatida olinadi:

  • tavsiya etilgan matnni hikoya qilishda voqeani kattalarning yor- damisiz, mustaqil bayon eta olishi;

  • matn mazmunini to‘liq ifodalay olishi;

  • matn mazmunini bayon qilishda izchillikka rioya qilishi;

  • ifoda vositalaridan foydalana olishi;

  • nutqning ravonligi, tezligi;

  • jumlalarning grammatik jihatdan to‘g‘ri tuzilganligi;

  • nutq madaniyatiga rioya etishi.

Bolalarning nutqini o‘rganishning eng qulay usuli, shubhasiz, suhbat metodi hisoblanadi. Shuningdek, bolalarning tevarak-atrofda mavjud bo‘lgan narsalarni kuzatish va ularni tahlil etish, ular haqida sayrlarda uyushtirilgan savol-javoblar ham muhimdir. Shu bilan bir- ga, bolalarning bog‘lanishli nutqini o‘rganishda ularning tarjimai holi yuzasidan olib boriladigan kuzatishlar ham muhim ahamiyat kasb etadi.
Xulosa:

  • Bolaning nutqi til qonuniyatlariga to‘g‘ri amal qilish, kattalar nutqini idrok etish va o‘zining ijodiy faolligi natijasida rivojlanadi.

  • Nutqni samaraliroq rivojlantirish maqsadida bolalarning tevarak-atrof obyektlari (kishilarning hayoti va mehnati, hayvonlar, o‘simliklar olami, suv osti dunyosi) to‘g‘risidagi tasavvurlarini an- iqlash va izchil, rejali tarzda kengaytira borish talab etiladi.

  • Tilni to‘g‘ri o‘rganish, uning grammatik tuzilishiga e’tibor berib so‘zlashish, bolalarda erkin muhokama yuritish, savollar berish, boshqalardan eshitgan fikrlari yuzasidan xulosalar chiqarish, narsa va hodisalar o‘rtasidagi bog‘lanishning turli ko‘rinishlarini anglab ye- tishga olib keladi.

  • Maktabgacha tarbiya muassasasida sog‘lom, tabiiy muhit yaratish, ularning to‘g‘ri muomalaga kirishishi, boshqalar bilan gap- lashish ishtiyoqining ortishiga turtki bo‘ladi.

  • Bolalarni narsalarning nomlarini to‘g‘ri aytishga, ularning o‘xshash va farqli tomonlarini tushunish, shakli, rangi, sifati, xossala- rini, jinsi va turiga oid yo‘naltiruvchi lug‘atini faollashtirish, nutqning grammatik tuzilishini shakllantirish, nutq madaniyatini shakllantirish, dialogik va monologik nutqini takomillashtirish va nihoyat savod o‘rgatishga tayyorlash muhim ahamiyat kasb etadi.



Mavzu yuzasidan savol va topshiriqlar





  1. Yüklə 3,88 Mb.

    Dostları ilə paylaş:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   217




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə