Nutq o‘stirish nazariyasi va metodikasi indd


-§. Maktabgacha ta’lim muassasasida nutqini rivojlantirishga doir ishlar tizimi



Yüklə 3,88 Mb.
səhifə19/217
tarix29.11.2023
ölçüsü3,88 Mb.
#139293
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   217
NUTQ O‘STIRISH NAZARIYASI

4-§. Maktabgacha ta’lim muassasasida nutqini rivojlantirishga doir ishlar tizimi




Reja:

  1. Maktabgacha yoshdagi bolalar nutqini rivojlantirish qonuni- yatlari.

  2. «Bolajon» tayanch dasturida bolalar nutqini rivojlantirish- ning ilmiy asosi.



Tayanch tushunchalar: sensomotorika, tajriba-validatsiya, bilish instinkti, me’yorlangan nutq, nutq me’yorlari, bolaning nutqi, til qo- nuniyatlari, kattalar nutqi.


1. Maktabgacha yoshdagi bolalar nutqini rivojlantirish qo- nuniyatlari. Ma’lumki, bolaning nutqi til qonuniyatlariga to‘g‘ri amal qilish, kattalar nutqini idrok etish va o‘zining ijodiy faolligi natijasida rivojlanadi.
Shunday qilib, til va nutq maktabgacha katta yoshdagi bolaning psixologik rivojlanishi hamda dastavval xotirasi, fikrlashi, idrok eti- shi, hissiyoti va ehtirosini ta’minlaydigan ikkita muhim vositadir.
Birinchi qonuniyat: Ona tilidagi nutqni idrok etish qobiliyati bola nutq organlari muskullarining mashq qildirilishiga bog‘liq (shuning uchun ham so‘z, ibora va gaplarni talaffuz etishni takomil- lashtirish uchun nutq organlarini mashq qildirishga yetarli darajada e’tibor bermoq muhimdir).
Ikkinchi qonuniyat: Nutq ma’nosini tushunish bola tomonidan nutqning leksik va grammatik qonuniyatlarining o‘zlashtirilishiga bog‘liq.
Uchinchi qonuniyat: Nutq ifodaliligini o‘zlashtirish bolada fo- netika, leksika va grammatikaning ifoda vositalarini tushunishga bo‘lgan moyillikka bog‘liq (maktabgacha katta yoshdagi bolalarni nutq ifodaliligini tushunishga o‘rgatish hamda bu hissiyotlarning bola tomonidan o‘zlashtirilishiga erishish lozim).

Yüklə 3,88 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   217




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə