Nutq o‘stirish nazariyasi va metodikasi indd



Yüklə 3,88 Mb.
səhifə209/217
tarix29.11.2023
ölçüsü3,88 Mb.
#139293
1   ...   205   206   207   208   209   210   211   212   ...   217
NUTQ O‘STIRISH NAZARIYASI

Ta’lim shakli ta’lim jarayonining tashkiliy tuzilmasi.
Topshiriq bolalarda mehnat, ijtimoiy xulq va hayotiy tajriba ko‘nikmalarini shakllantirish maqsadida qo‘llaniladigan usul.
Tushuntirish – o‘quv materiali mazmunini isbot, tahlil, umum- lashma, taqqoslash asosida bayon qilish.
Umumiy pedagogika maktab yoshidagi bolalarni tarbiyalash va ularga ta’lim berish masalalarini o‘rganadi.
Usul muayyan o‘quv materialini o‘zlashtirishda qo‘llanilayotgan asosiy ta’lim metodi bilan birga ikkinchi bir ta’lim metodining ayrim elementlaridan foydalanish.
Faoliyat – shaxs tomonidan tabiiy va ijtimoiy maqsadga muvo- fiq tashkil etiluvchi kundalik, ijtimoiy yoki kasbiy harakatlarning muayyan shakli, ko‘rinishi.
Shaxs – psixologik jihatdan taraqqiy etgan, shaxsiy xususiyatlari va xatti-harakatlari bilan boshqalardan ajralib turuvchi, muayyan xulq-atvor va dunyoqarashga ega bo‘lgan jamiyat a’zosi.
Ekologik madaniyat – bolaning ijtimoiy talablarga muvofiq ta- biat va atrof-muhit muhofazasini tashkil etish qobiliyati.
Ekologik ong – tabiat va atrof-muhitning mavjud holati, ularni muhofaza etish borasidagi tushunchalarning ongdagi ifodasi.
Ekologik tarbiya – bolalarga dastlabki ekologik bilimlarni berish, ularning mavjud ekologik bilimlarini boyitish, ularda tabiat va atrof- muhit muhofazasini tashkil etish ko‘nikma va malakalarni shakllanti- rishga qaratilgan pedagogik jarayon.
Ekologik ta’lim – bolaga aniq maqsadga muvofiq, izchil, tizimli va uzluksiz ravishda nazariy ekologik bilimlarni berishga yo‘naltirilgan ta’limiy jarayon.
Ekologik faoliyat – ekologik bilimlarga tayanilgan holda tabiat va atrof-muhit muhofazasini ta’minlash borasida amalga oshirilayotgan xatti-harakatlar majmui.
Estetik tarbiya – bolalarni tabiat, ijtimoiy va mehnat munosabat- lari, turmush go‘zalligini idrok etish, to‘g‘ri tushunishga o‘rgatish, ularning badiiy didini o‘stirish, ularda go‘zallikka muhabbat uyg‘otish va hayotiga go‘zallik olib kirish qobiliyatini tarbiyalash jarayoni; ijti- moiy tarbiyaning tarkibiy qismi.

Yüklə 3,88 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   205   206   207   208   209   210   211   212   ...   217




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə