Nutq o‘stirish nazariyasi va metodikasi indd



Yüklə 3,88 Mb.
səhifə212/217
tarix29.11.2023
ölçüsü3,88 Mb.
#139293
1   ...   209   210   211   212   213   214   215   216   217
NUTQ O‘STIRISH NAZARIYASI

Ta’lim mazmuni – 1) o‘qitish jarayonida egallash lozim bo‘lgan bilim, ko‘nikma, malakalar ma’nosi, hajmi va xarakteri.

  1. shaxsning aqliy va jismoniy qobiliyatini har tomonlama rivoj- lantirish, dunyoqarashi, odobi, xulqi, ijtimoiy hayot va mehnatga tayyorlik darajasini shakllantirish jarayonining mohiyati.

Ta’lim tizimi – yosh avlodga ta’lim-tarbiya berish yo‘lida davlat tamoyillari asosida faoliyat yuritayotgan barcha turdagi o‘quv-tarbiya muassasalari majmui.
Tushuncha atrof-muhitdagi hodisalar, predmetlarning muhim xususiyatlarini, ular orasidagi aloqa va munosabatlarni bilish.
To‘la ratsionalizm – odam faoliyat yuritishi uchun atroflicha ax- borotga ega va undan o‘z faoliyatida foydalanib, maksimum darajada natijaga erishadi, deb qaraladigan yo‘nalish.
Faoliyat – 1) ongli maqsadga ko‘ra boshqariladigan kishining ichki (ruhiy), tashqi (jismoniy) faolligi; 2) atrof-muhitni kishilar to- monidan maqsadga muvofiq qayta bunyod etish.
Xalq pedagogikasi yoki etnopedagogika – bu etnik guruhlar millat, xalqning asrlar davomidagi tarixiy hayoti davomida erish- gan empirik tajribalari asosida bolaga ta’lim-tarbiya berish haqi- dagi fan.
Shaxsiy fazilat – shaxs tomonidan o‘zining axloqiy, ruhiy va ish- chanlik qobiliyatining ijtimoiy ahamiyatini, jamiyatdagi o‘rnini ang- lay olish xususiyati.
E’tiqod shaxs amal qiladigan bilim, tamoyil va ideallarning haqqoniyligiga qalban va asosli ishonch bilan bog‘langan, uning atrof-muhitga hamda o‘zining xatti-harakatlariga bo‘lgan subyektiv faoliyati.
O‘zlashtirish – tushunish, o‘rganish orqali axborotning ma’no- mazmuni, undan foydalanish yoki harakatlarni bajarish tartibi to‘g‘risida bilim va ko‘nikmalar hosil bo‘lishi.
O‘rganish – axborotdan foydalanish va turli harakatlarni ko‘rsatilgan tartibda mustaqil bajarish ko‘nikmalarini egallash.
O‘rgatish – axborotdan foydalanish va turli harakatlarni bajarish ko‘nikmalarining o‘quvchilar tomonidan o‘zlashtirilishini turli vosita va usullarni qo‘llab tushuntirish, ko‘rsatish va mashqlar orqali amal- ga oshirish jarayoni.
Qiziqish – shaxs harakatiga sabab bo‘ladigan faoliyat yo‘nalishining ongli shakli, insonning u yoki bu narsaga, ishga diqqat-e’tibor qaratishi, ixlos qo‘yishi, agar u bajaradigan ish bo‘lsa bajarishga astoydil kirishishi.

Yüklə 3,88 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   209   210   211   212   213   214   215   216   217




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə