Nutq o‘stirish nazariyasi va metodikasi indd



Yüklə 3,88 Mb.
səhifə211/217
tarix29.11.2023
ölçüsü3,88 Mb.
#139293
1   ...   207   208   209   210   211   212   213   214   ...   217
NUTQ O‘STIRISH NAZARIYASI

Pedagogik faoliyat – ta’lim maqsadlarini amalga oshirishga qara- tilgan ijtimoiy faoliyatning alohida turi.
Tarbiya – 1. Bolani boqib, ta’lim berib katta qilish, voyaga yetka- zish uchun qilinadigan mehnat va g‘amxo‘rlik.

  1. Ish-hunar, odob-axloq o‘rgatishga va umuman kishining g‘oyaviy va ma’naviy qiyofasini shakllantirishga qaratilgan ta’lim tizimi.

  2. Parvarish, qarov:

  1. tarbiyalab katta qilmoq, voyaga yetkazmoq, o‘stirmoq, ul- g‘aytirmoq;

  2. ilm-hunar bermoq, odob-axloq o‘rgatmoq, tarbiyalab biror xis- lat-fazilatni singdirmoq;

  3. parvarish qilmoq.

Ta’lim – 1) shaxsning jismoniy va ma’naviy shakllanishining yagona jarayoni, ijtimoiy etalonlarning ijtimoiy ong sifatida u yoki bu darajada qayd qilingan, tarixan shartlangan ideal timsollarga ongli yo‘naltirilgan ijtimoiylashish jarayoni;

    1. muayyan bilimlarni egallash g‘oyaviy-axloqiy, qadr, malaka, ko‘nikma, axloq me’yorlariga qaratilgan jamiyat a’zolarining ta’lim va tarbiyasi vazifasini bajaradigan nisbiy mustaqil tizim;

    2. o‘quvchilarga nazariy bilimlarni berish asosida ularda amaliy ko‘nikma va malakalarni shakllantirish, ularning bilish qobiliyatlarini o‘stirish va dunyoqarashlarini tarbiyalashga yo‘naltirilgan jarayon.

Ta’lim vositalari – ta’lim samaradorligini ta’minlovchi obyektiv (darslik, o‘quv qo‘llanmalari, o‘quv qurollari, xarita, diagramma, plakat, rasm, chizma, dioproyektor, videomagnitafon, uskuna, tele- vizor, radio, kompyuter va boshqalar) va subyektiv (o‘qituvchining nutqi, namunasi, muayyan shaxs hayoti va faoliyatiga oid misollar va hokazolar) omillar.
Ta’lim jarayoni – tarbiyachi va bolalar o‘rtasida tashkil etiluvchi hamda ilmiy bilimlarni o‘zlashtirishga yo‘naltirilgan pedagogik jarayon.
Ta’lim maqsadi – ta’lim berishdan (olishdan) ko‘zlangan muddao.

Yüklə 3,88 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   207   208   209   210   211   212   213   214   ...   217




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə