Nutq o‘stirish nazariyasi va metodikasi indd



Yüklə 3,88 Mb.
səhifə8/217
tarix29.11.2023
ölçüsü3,88 Mb.
#139293
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   217
NUTQ O‘STIRISH NAZARIYASI

Forobiy inson baxt – saodatga erishuvi uchun ularni baxtli – sao- datli qila oladigan jamoa rahbari bo‘lishi kerak deydi. U fozil shahar- ni boshqaradigan hokim tabiatdan:

  1. – sog‘-salomat bo‘lib, o‘z vazifasini bajarishda hech qanday qi- yinchilik sezmasligi;

  2. tabiati nozik, farosatli; 3 – xotirasi mustahkam,

  1. – zehni o‘tkir,

  2. – o‘z fikrini tushuntira oladigan notiq,

  3. – bilim-ma’rifatga havasli,

  4. taom yeyishda, ichimlikda, ayollarga yaqinlik qilishda ocho- fat emas, aksincha, o‘zini tiya oladiga bo‘lishi (qimor yoki boshqa o‘yinlardan) zavq, huzur olishdan uzoq bo‘lishi,

  5. - haq va haqiqatni, odil va haqgo‘y odamlarni sevadigan, yolg‘onni va yolg‘onchilarni yomon ko‘radigan,

  6. – o‘z qadrini biluvchi va oriyatli bo‘lishi,

  7. – mol dunyo ketidan quvmaydigan,

  8. – adolatparvar,

  9. – qatiyatli, sabotli, jur’atli, jasur bo‘lishi muhimligini qayd etadi.

Forobiy bu fazilatlarni har bir yetuk insonda ko‘rishni istaydi.
Ibn Sino (980–1037) pedagogika masalalariga ijodiy yondash- gan. U bola tabiatini nafaqat tabib, balki yetuk pedagog sifatida ham chuqur bilishini namoyon qilgan. Olimning bolalarga ta’lim va tarbi- ya berish haqidagi ko‘plab fikrlari o‘zining chuqurligi, insonparvarlik ruhi bilan yo‘g‘rilganligi va tarbiyadek murakkab muammoni to‘g‘ri talqin qilishi bilan kishini lol qoldiradi.
Ibn Sino taklif qilgan tarbiya va ta’lim mazmuni aqliy tarbiya, jis- moniy sog‘lomlashtirish, estetik tarbiya, axloqiy tarbiya va hunar o‘rgatishni o‘z ichiga oladi. Ibn Sino bola tarbiyasining butun mashaqqati va murakkabliklarini juda chuqur tushungan. «Tib qonunlari»ning
«Tarbiya haqida» nomli bo‘limida qo‘yilgan masalalar aniq hal etiladi,
bola xarakterini tarbiyalash haqida qimmatli fikrlar bildiriladi.
Ibn Sinoning ilmiy-pedagogik ijodida oilaviy tarbiyaga alohi- da e’tibor qaratiladi va bunda bosh rol oila boshlig‘i – ya’ni otaga beriladi. Ibn Sino nima uchun bolani onasi emas, balki tarbiyachi tar- biyalashi lozimligini tushuntirib beradi. Uning fikrlariga qaraganda, bolaning onasi o‘z farzandi tarbiyasida ko‘proq hissiyotlarga beriladi va bola tarbiyasida to‘g‘ri yo‘lni tanlay olmaydi. Ibn Sino tarbiya- chi oldiga aniq vazifalarni qo‘yadi: u o‘z shogirdini qachon jazolashi yoki rag‘batlantirishi mumkinligini yaxshi bilmog‘i lozim.
Ibn Sino bola shaxsini hurmat qilish, bolaning tabiiy yosh xu- susiyatlarini hisobga olgan holda uning qiziqishlarini o‘rganishga chaqiradi. U yoshga qarab davrlarga bo‘lib chiqishga harakat qilgan. O‘smirlikkacha bo‘lgan davrni u beshta davrga bo‘lgan: chaqaloqlik (bola tug‘ilganidan boshlab yo‘lga yurib ketgunicha bo‘lgan davr); bolalik davri (yo‘lga yurgandan so‘ng); organizm chiniqqani va qoziq tishlari chiqqanidan keyingi davr; o‘smirlik va jinsiy yetilish davri; o‘smirlik davri (o‘sish to‘xtatuguncha bo‘lgan davr).
Ibn Sino bola tarbiyasining barcha murakkabliklari va qiyin- chiliklarini tushungan. U jismoniy jazoning me’yoridan ortib ke- tishiga qarshi chiqqan. Uning fikriga ko‘ra, risoladagidek tarbiyani muvaffaqiyatli amalga oshirish uchun bolalarga insoniy munosabatda bo‘lish darkor. Tarbiyachining o‘zi bola shaxsini hurmat qilishi, uni sevishi va bola bilan yaxshi munosabatda bo‘lishi lozim.
Ibn Sino tarbiya omilining ahamiyatini chuqur anglagan va ijobiy omil ahamiyatini juda qadrlagan, uni tarbiyaning asosiy vositalaridan biri deb bilgan.
Ayniqsa, Alisher Navoiy asarlari besh yuz yildan buyon ko‘plab av- lodlarni hayajonga solib keladi. Insonparvarlik, muhabbat g‘oyalari, in- sonning oliy maqsadlarini kuylash Navoiy merosida asosiy o‘rin tutadi. Navoiyning pedagogik qarashlari o‘ta insoniyligi bilan ajralib tu- radi. U bola shaxsini shakllantirish va tarbiyalash masalalariga juda katta ahamiyat bergan, Navoiy farzandni oilaga quvonch va baxt
keltiruvchi shamchiroq, deb bilgan.
Navoiy bolaga uning yoshiga qarab eng kichik yoshdan to‘g‘ri tar- biya berish zarur, fanlarni o‘rganishni iloji boricha barvaqt boshlash lozim, deya ta’kidlagan.


  1. Yüklə 3,88 Mb.

    Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   217




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə