Nutq o‘stirish nazariyasi va metodikasi indd



Yüklə 3,88 Mb.
səhifə4/217
tarix29.11.2023
ölçüsü3,88 Mb.
#139293
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   217
NUTQ O‘STIRISH NAZARIYASI

Nutq va tilning ahamiyati. Bola hayotining barcha ko‘rinishlarida til rivojlanishining ahamiyatini oshirish mushkul. Hayotiy qobili- yat kaliti sifatida aloqa va tilning asosiy roli haqida ishonchli dalil- lar keltirish mumkin. Rasmiy ta’lim va maktab hayotining dastlabki yillarida ta’sirli verbal va noverbal aloqaga asoslangan til mahorati o‘rganish va rivojlanishga zamin bo‘lgan. Til va boshqa muhim qo- biliyatlarning o‘sishi o‘qishga tayyorgarlik, savodxonlik va hisob- kitobni o‘z ichiga olgan. Bundan tashqari, hozir aloqa va til rivojining qiyinchiligi butun umr ta’sirining dalilidir.Til mahorati muvaffaqi-
yatli ta’limning eng yaxshi bashoratchisi: boshlang‘ich maktabning dastlabki 2 yilida tilning rivojlanishi bolaning xarakteristikasini oldin- dan aytib beradi. Aks holatda til o‘rganishdagi qiyinchiliklar o‘quv muvaffaqiyatsizligi bilan bog‘liq: nutqi va tilida muammosi bor bo- lalar maktabga ilk qadam qo‘yganda eng katta qiyinchiliklar ularning savod chiqarishi bilan bog‘liq. Tili yaxshi rivojlanmagan bolalarda 5 yoshda 7 yoshdagiga nisbatan muvaffaqiyatsiz ta’lim ehtimoli katta bo‘ladi15 (Edited by Mary Rafferty «A brief review of approaches to oral language development» USA 2014 y.)

  1. Maktabgacha ta’lim me’yoriy hujjatlari asosida bolalarni tarbi- yalash. Inson, uning har tomonlama uyg‘un kamol topishi, farovon- ligi, shaxs manfaatlarini ro‘yobga chiqarish sharoitlarini va ta’sirchan mexanizmlarini yaratish, eskirgan tafakkur va ijtimoiy xulq-atvorning andozalarini o‘zgartirish respublikada amalga oshirilayotgan islohot- larning asosiy maqsadi va harakatlantiruvchi kuchidir. Xalqning boy intellektual merosi va umumbashariy kadriyatlar asosida, zamonaviy madaniyat, iqtisodiyot, fan-texnika va texnologiyalarning yutuqlari asosida kadrlar tayyorlashning mukammal tizimini shakllantirish O‘zbekiston taraqqiyotining muhim shartidir.

Kadrlar tayyorlash milliy dasturi «Ta’lim to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq holda tayyorlan- gan dastur kadrlar tayyorlash milliy modelini ro‘yobga chiqa- rishni, har tomonlama kamol topgan, jamiyatda turmushga mos- lashgan, ta’lim va kasb-hunar dasturini ongli ravishda tanlash va keyinchalik puxta o‘zlashtirish uchun ijtimoiy-siyosiy, huquqiy, psixologik-pedagogik va boshqa tarzdagi sharoitlarni yaratishni, jamiyat, davlat va oila oldida o‘z javobgarligini his etadigan fuqa- rolar tarbiyalashni nazarda tutadi.

Maktabgacha ta’lim bola sog‘lom, har tomonlama kamol topib shakllanishni ta’minlaydi, unda o‘qishga intilish hissini uyg‘otadi, uni muntazam ta’lim olishga tayyorlydi. Maktabgacha ta’limning maqsad va vazifalarini ruyobga chiqarishda mahallalar, jamoat va xayriya tashkilotlari, xalqaro fondlar faol ishtirok etadi.
15 Edited by Mary Rafferty “A brief review of approaches to oral language
development” USA 2014 y.
Maktabgacha ta’limni rivojlantirish uchun quyidagilarni amalga oshirish lozim bo‘ladi:

  • malakali tarbiyachi va pedagog kadrlarni ustuvor ravishda

tayyorlash;

  • maktabgacha ta’limning samarali psixologik-pedagogik us- lublarini izlash va joriy etish;

  • bolalarni maktabga oilada tarbiyalashni tashkiliy, psixologik,

pedagogik va uslubiy jihatdan ta’minlash;

  • zamonaviy o‘quv-uslubiy qo‘llanmalar, texnik vositalar, o‘yinchoqlar va o‘yinlar yaratish hamda ularni ishlab chiqarish;

  • maktabgacha yoshdagi bolalarni xalqning boy madaniy-tari-

xiy merosi va umumbashariy qadriyatlar asosida ma’naviy-axloqiy jihatdan tarbiyalash uchun shart-sharoitlar yaratish;

  • maktabgacha ta’lim muassasalarining har xil turlari uchun

turli usullardagi dasturlarni tanlab olish, maktabgacha tarbiyaning barcha masalalari bo‘yicha malakali konsultatsiya xizmati ko‘rsatish imkoniyatini yaratish;

  • maktabgacha tarbiya va sog‘lomlashtirish muassasalari tarmog‘ini qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish mexanizmini ishlab chiqish kabi vazifalarni maqsad qilib qo‘yadi.

Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasida maktabgacha ta’lim to‘g‘risidagi Nizomda maktabgacha ta’limga alohida urg‘u be- rilib, maktabgacha ta’lim uzluksiz ta’lim tizimining boshlang‘ich turi hisoblanadi hamda O‘zbekiston Respublikasining «Ta’lim to‘g‘risida»gi Qonuni, Kadrlar tayyorlash milliy dasturi talablari asosida tashkil etiladi.
Maktabgacha ta’lim, bola 6–7 yoshga yetguncha oilada hamda davlat va nodavlat, davlatga qarashli bo‘lmagan maktabgacha ta’lim muassasalarida amalga oshiriladi.
Maktabgacha ta’limning asosiy vazifalari quyidagilar deb bel- gilanadi:

  • bolalarni xalqning boy milliy, madaniy tarixiy merosi va

umumbashariy qadriyatlar asosida aqliy va ma’naviy-axloqiy jihat- dan tarbiyalash;

  • bolalarda milliy g‘urur, vatanparvarlik hislarini shakllantirish;

  • maktabgacha yoshdagi bolalarda bilim olish ehtiyojini, o‘qishga intilish mayllarini shakllantirib, ularni muntazam ravishdagi ta’lim jarayoniga tayyorlash;

  • bolalarning tafakkurini rivojlantirish, o‘zining fikrini mus-

taqil va erkin ifodalash malakalarini shakllantirish;

  • bolalarning jismoniy va ruhiy sog‘ligini ta’minlash kabilarni o‘z oldiga maqsad qilib belgilaydi.

Maktabgacha ta’lim muassasalarining yasli va maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalar guruhlariga bir xil yoshdagi, shuningdek, turli yosh- dagi bolalar qabul qilinishi mumkin.
Guruhlardagi bolalar soni quyidagicha belgilanadi:

  • 1 yoshdan 2 yoshgacha – 10 ta.

  • 2 yoshdan 3 yoshgacha – 15 ta.

  • 3 yoshdan 6–7 yoshgacha – 20 ta.

  • Turli yoshdagi guruhlarda 15 ta.

Maktabgacha ta’lim muassasalari hududlarini demografik, ijti- moiy-iqtisodiy va boshqa xususiyatlarini hisobga olgan holda tashkil etiladi, Maktabgacha ta’lim muassasalarini tashkil etish va tugatish qonunga muvofiq ravishda amalga oshiriladi.
Maktabgacha ta’lim muassasalari ularning yo‘nalishlariga ko‘ra quyidagi turlarga bo‘linadi:

  • bolalar yaslisi, bolalar bog‘chasi, bolalar yasli bog‘chasi,

xonadon bolalar bog‘chasi (ham mustaqil muassasa sifatida, ham
filial sifatida);

  • bog‘cha maktab muassasasi;

  • tarbiyalanuvchilarning bir yoki bir necha ustuvor yo‘nalishlarda rivojlantiradigan (til o‘rganish, badiiy estetik, sport va boshqa yo‘nalishlar bo‘yicha) maktabgacha ta’lim muassasasi;

  • tarbiyalanuvchilarning jismoniy va ruhiy rivojlanishidagi

kamchiliklarni bartaraf etishni ustuvor ravishda amalga oshiruvchi maxsus maktabgacha ta’lim muassasasi;

  • sanitariya-gigiyena, profilaktika va sog‘lomlashtirish tad-

birlari va muolajalari ustuvor ravishda amalga oshiriladigan sog‘lomlashtiruvchi maktabgacha ta’lim muassasasi;

  • aralash turdagi maktabgacha ta’lim muassasasi.

Maktabgacha ta’lim muassasasi turlari ota-onalar tomonidan tan- lanadi. Maktabgacha ta’lim muassasasiga bolalarni qabul qilish tar- tibi, ularni bir muassasadan ikkinchisiga ko‘chirish, muassasadan chiqarish davlat muassasalarida Xalq ta’limi vazirligi tomonidan bel- gilangan tartibda, davlatga qarashli bo‘lmagan maktabgacha ta’lim muassasalarida esa, muassasaning Ustavi bilan belgilanadi.
Aqliy va jismoniy rivojlanishida kamchiliklari mavjud bo‘lgan bolalar uchun maxsus maktabgacha ta’lim muassasalari yoki guruh- lar tashkil etish ham maktabgacha ta’lim muassasasi to‘g‘risidagi ni- zomda ko‘rsatib o‘tilgan.
Har bir sohada bo‘lganidek, maktabgacha ta’lim tizimida ham maktabgacha ta’lim muassasalariga tegishli ma’lumotga, kasb tay- yorgarligiga hamda yuksak axloqiy fazilatlarga ega bo‘lgan shaxslar pedagogik faoliyat bilan shug‘ullanish huquqiga egadirlar.
Ta’limni boshqarish bo‘yicha vakolati davlat organlari tomonidan pedagogik kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malaka- sini oshirish, kasb sifatini raqobatbardoshlik darajada saqlab turish ta’minlanadi.
Maktabgacha ta’lim muassasalari pedagogik kadrlarning o‘quv pedagogik vazifasi maktabgacha ta’lim muassasasi turiga davlat ta- lablaridan kelib chiqqan holda Xalq ta’limi vazirligi tomonidan bel- gilanadi. Ilg‘or pedagogik va axborot texnologiyalarni, mutaxassislar tomonidan tavsiya etilgan yangi dasturlar, metodik qo‘llanmalar, di- daktik materiallarni joriy etish uchun shart-sharoitlarni ta’minlaydi.
Pedagogik kadrlarning o‘zaro munosabatlari hamkorlik, de- mokratiya, hurmat, shaxsning o‘z qadr-qimmatini bilishni e’tirof etish pedagogikasi asosida quriladi.
O‘zbekiston Respublikasi ta’lim tizimining birinchi – maktab- gacha ta’lim rivojining zamonaviy bosqichi qator o‘zgarishlar bilan tavsiflanadi: maktabgacha ta’lim ochiq turdagi ta’lim muassasasi si- fatida shakllandi; maktabgacha ta’lim muassasalarining eng muhim funksiyasi bolalarning hayotiy faoliyatini muhofaza qilish va salo- matligini mustahkamlash; tarbiyalanuvchilarni maktab ta’limiga mu- vafaqqiyatli tayyorlash va boshqalar. Shuningdek, bugungi kunda Res- publikamizda xilma-xil (yasli, bolalar bog‘chasi, bolalar bog‘chasi–
boshlang‘ich maktab, davlatga qarashli va xususiy) turdagi maktab- gacha ta’lim muassasalari ham faoliyat yuritmoqda.
1997-yilda YUNESKO qaroriga ko‘ra maktabgacha ta’limning nazariy asoslarini qayta ko‘rib chiqish zaruriyati bilan asoslangan
«maktabgacha ta’lim» atamasi qabul qilindi. Ana shunday asosdan kelib chiqqan holda 2011-yilda Respublikamizda maktabgacha ta’lim rivojining asosiy yo‘nalishlari, maqsad va vazifalari, tamoyillarini o‘z ichiga olgan «Maktabgacha ta’lim Konsepsiyasi» ishlab chiqildi. O‘zbekiston Respublikasining «Maktabgacha ta’lim Konsepsiya-
si» uch bosqichda amalga oshiriladi:
I bosqich – qonunchilik faoliyatiga doir – 2012–2014-yillar. II bosqich – tashkiliy-amaliy – 2015–2017-yillar.
III bosqich – yakuniy – 2018–2020-yillar.
«Maktabgacha ta’lim Konsepsiyasi» maktabgacha ta’lim masalasi alohida yoritib o‘tilgan O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, O‘zbekiston Respublikasining «Ta’lim to‘g‘risida»gi Qonuni, Kadr- lar tayyorlash Milliy dasturi va boshqa me’yoriy-huquqiy hujjatlar asosida ishlab chiqilgan bo‘lib, unda respublikamizda maktabgacha ta’limni rivojlantirishning zamonaviy yo‘nalishlari o‘z aksini topgan. Mazkur konsepsiya beshta bo‘limni o‘z ichiga olgan bo‘lib, kirish (preambula), asosiy qism (konsepsiyaning asosiy mazmuni), maktab- gacha ta’lim tizimining tuzilishi, maktabgacha ta’lim muassasala- rining dasturiy-metodik ta’minoti, maktabgacha ta’limda pedagogik
texnologiyalarni tatbiq etish masalalari yoritib berilgan.
«Maktabgacha ta’lim Konsepsiyasi»ning bosh g‘oyasini shaxsga yo‘naltirilgan ta’limni amalga oshirish tashkil etgan. Ana shu asos- dan kelib chiqqan holda maktabgacha ta’limda ta’lim-tarbiya ishla- rini tashkil etishga doir zamonaviy yondashuvlar sifatida ijtimoiy- pedagogik, gnoseologik (bilishga doir), psixologik, akmeologik kabilarga alohida e’tibor qaratish, ulardan yaxlit tarzda foydalanish bayon etilgan.
Shuningdek, konsepsiyada maktabgacha ta’limning asosiy ikkita

  • didaktik va metodik modellarining mohiyati ham chuqur va ye- tarlicha yoritib berilgan. Har ikkala model ham shaxsga yo‘naltirilgan ta’lim texnologiyalari nuqtayi nazaridan asoslab berilgan bo‘lib, ular-

ning asosiy tamoyillari, ta’lim vositalari, bosqichlari hamda pedagog va bolalarning o‘zaro harakati turlari aniq ko‘rsatib berilgan.
Konsepsiyaning uchinchi – «Maktabgacha ta’limning tuzilishi» bo‘limida maktabgacha ta’lim muassasalarining turlari, tabaqa- lashtirilgan yondashuv asosida maktabgacha ta’lim muassasalari- da guruhlarni shakllantirish, ularni zarur jihozlar bilan ta’minlash, mazkur ta’lim muassasalarida ijtimoiy va psixologik xizmatni yo‘lga qo‘yish, maktabgacha ta’lim muassasalari uchun tarbiya- chilar tayyorlash tizimi, maktabgacha ta’lim muassasasi xodimla- rini qayta tayyorlash va malakasini oshirish masalalariga alohida e’tibor qaratilgan.
Konsepsiyada maktabgacha ta’lim muassasalarida asosiy e’tibor qaratilishi lozim bo‘lgan guruhlarni tashkil etishning tabaqalashtiril- gan yondashuvga asoslangan quyidagi maqbul varianti taqdim etil- gan. Unga ko‘ra turli yoshdagi tarbiyalanuvchilardan tashkil topgan guruhda – 10–12 ta bola, ilk yosh guruhida – 6–8 bola, uch yoshdan besh yoshgacha bo‘lgan bolalar guruhida – 8–10 ta bola, besh yosh- dan olti yoshgacha bo‘lgan bolalar guruhida – 10–12 ta bola qamrab olinishi maqsadga muvofiq.
Shuningdek, konsepsiyada ta’kidlab o‘tilganidek, maktabgacha ta’lim muassasalarini narsa-buyumlar bilan jihozlashda milliy-etnik, moddiy va ma’naviy qadriyatlar uyg‘unligiga erishish lozim. Chunki aynan maktabgacha ta’lim yoshidan boshlab bolada ma’naviy-axlo- qiy qiyofa shakllana borib, uning har tomonlama uyg‘un rivojlani- shiga tamal toshi qo‘yiladi.
Maktabgacha ta’lim muassasalarida psixologik va ijtimoiy xiz- matning birga olib borilishi tarbiya samaradorligini ta’minlashga xizmat qiladi. Psixologik xizmat bolaning har tomonlama, psixik va shaxsiy rivojlanishiga imkon bersa, ijtimoiy xizmat esa bolaning sot- sium (ta’lim muassasasi, oila va mahalla)dagi tarbiyasi, rivojlanishi va to‘liq ijtimoiylashuvini ta’minlashga doir shart-sharoitlar yaratadi.
«Maktabgacha ta’lim Konsepsiyasi»da belgilab berilgan yana bir muhim vazifa maktabgacha ta’lim muassasalarining dasturiy-meto- dik ta’minotini takomillashtirishdir. Yaratilishi lozim bo‘lgan das- turiy-metodik majmua maktabgacha ta’limga qo‘yilayotgan talablar,
bolalar bilan ishlash, ularni rivojlantirishning asosiy yo‘nalishlarini amalga oshirishni ta’minlashi zarur. Mazkur majmuada tarbiyachilar va maktabgacha ta’lim sohasida faoliyat yurituvchi boshqa mutaxas- sislar uchun yangi avlod darslik va o‘quv qo‘llanmalari o‘rin egal- lashi kerak. Albatta, bu xayrli ishlarni ta’lim-tarbiyaning birinchi bo‘g‘ini bo‘lgan oila, maktabgacha ta’lim muassasasidan olib borish maqsadga muvofiqdir deb ko‘rsatib o‘tilgan. Shunday ekan, biz birin- chi navbatda maktabgacha ta’lim tizimiga e’tibor berishimiz, ularni yetuk malakali mutaxassislar bilan boyitishimiz zarurdir. Tarbiyala- nayotgan bolalarni har tomonlama bilimli odob-axloqli qilib tarbi- yalash bizning oliy maqsadimizdir.


  1. Yüklə 3,88 Mb.

    Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   217




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə