Nutq o‘stirish nazariyasi va metodikasi indd


MAVZU: BAXMAL KAPALAK BILAN TANISHTIRISH



Yüklə 4,2 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə32/241
tarix01.06.2022
ölçüsü4,2 Mb.
#88526
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   241
Nutq ostirish nazariyasi va metodikasi (1)

MAVZU: BAXMAL KAPALAK BILAN TANISHTIRISH
Maqsad:
Bolalarni kapalakning noyob turi – baxmal kapalak bilan 
tanishtirish, uning tabiatdagi ahamiyati, tuzilishi, ko‘payishi haqida 
yangi bilim berish.
Mashg‘ulotga kerakli jihozlar:
 
Kapalak rasmi, bankaga solingan kamalak, daraxt shoxlari, gulli 
o‘simliklari.
Mashg‘ulotning borishi:
Tarbiyachi:
Bolalar! Siz kapalak haqida qanday she’r bilasiz?
Umida:
Hoy kapalak, kapalak,
Qanotlaring ipakdek.
Muncha shoshib uchasan,
To‘xta, so‘zlayin andek .
Mendan aslo qochmagin,
Do‘st bilaman o‘zimga.
Pildir-pildir uchishing,
Oh, yoqadi ko‘zimga.
Sherzod: 
Atrofi keng, xo‘p go‘zal,
Yurtimning bog‘i.
Onadek bizga aziz,
Vatan tuprog‘i.
Bahorda o‘sib gullar,


87
Bo‘lar yam-yashil.
Kapalaklar atrofida,
Qizlar quvnashib.
Bahrom:
Uch, ucha ber, ucha ber,
Go‘zal bog‘cham-gulshanda.
Sira ozor bermayman,
Kapalakjon, kapalak.
Qanotlaring ipakdek,
Do‘st bo‘laylik ikkimiz.
To‘xta so‘zlayin andek.
Shundan so‘ng tarbiyachi bankadan kapalakli shoxchani olib stol-
ga qo‘yadi va «bu nima» deb so‘raydi.
Bolalar:
«Kapalak» deyishadi.
Kapalakni bundan keyingi kuzatish uning harakat qilishi bilan 
bog‘lanadi.
Tarbiyachi: 
Kapalakni biz qayerda uchratamiz?
Bolalar:
Bog‘cha, uyimizda.
Tarbiyachi:
To‘g‘ri, bolajonlar! Kapalakning qanotlari rangi 
qanaqa ekan?
Bolalar:
Oq, sariq, qizil.
Tarbiyachi:
U nima qilyapti? – deb yana so‘raladi. U uchgan-
da «U qanday uchyapti?» - deb so‘raladi. Qanotini qanday qoqishi 
ko‘rsatiladi. 
Bolalar o‘z fikrlarini aytishadi.
Tarbiyachi:
Bolalar kapalak haqida ancha ma’lumotlarga ega 
ekansizlar. men sizlarni bugun yangi kapalak turi, ya’ni baxmal ka-
palak bilan tanishtiraman. Ushbu kapalak O‘rta Osiyoda endemik tur 
hisoblanib, O‘zbekiston, Qirg‘iziston va Janubiy Qozog‘istonning 
tog‘li rayonlarida uchraydi.
Kim aytadi, Kapalaklar nima bilan oziqlanadi?

Yüklə 4,2 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   241




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə