Nutqiy voqelanishi


Vositasiz va vositali to‘ldiruvchining



Yüklə 202,82 Kb.
səhifə8/9
tarix30.12.2023
ölçüsü202,82 Kb.
#165023
1   2   3   4   5   6   7   8   9
2-qism

Vositasiz va vositali to‘ldiruvchining
birgalikda voqelanishi
4­ §. Ham vositasiz, ham vositali to‘ldiruvchini boshqarish o‘timli, shu-ningdek o‘timlilashgan fe'l leksemaga xos bo‘lib, nutqda har ikki tur to‘ldiruvchi asosan voqelangan. Тahlilga jalb qilingan misollardan ikkitasida (dialogik nutq parchasida) vositali to‘ldiruvchi (menga) qatnashmagan: Ayt sh a r t i n g n i ! (Pirimqul Qodirov). Avaz aka, b e l b o g‘ i n g i z n i bering, terib olaylik (Pirimqul Qodirov).
Ko‘pchilik misollarda har ikki tur to‘ldiruvchi birin­ketin kesim vazifasidagi fe'l leksemaga bog‘lanib, gapshakl bo‘lagi mavqeida qatnashgan. Quyidagi ikki jumlada vositasiz to‘ldiruvchi ichki, birikmaning bo‘lagi mavqeida kelgan, otdosh shaklidagi fe'l leksemaga bog‘langan, ushbu birikma jo‘nalish kelishigida shakllanib, vositali to‘ldiruvchi sifatida kesim vazifasidagi fe'lga bog‘langan, tashqi bo‘lak, gapshakl bo‘lagi mavqeida qatnashgan: .. Hulkar i s t e h z o s i n i birdirmaslikka tirishar edi (Pirimqul Qodirov). M e n b u r o l m a g a n t u t q i ch n i aylantirishga yosh bolaning kuchi yetarmidi! (O‘tkir Hoshimov).
Birinchi jumlada vositasiz to‘ldiruvchi leksemashakl bilan (istehzosini), ikkichi jumlada birikmashakl bilan (men burolmagan tutqichni), vositali to‘ldiruvchi har ikki jumlada birikmashakl bilan (istehzosini bildirmaslikka; men burolmagan tutqichni aylantirishga) ifodalangan. Birinchi jumlada bunday vositali to‘ldiruvchi fe'l kesim bilan kontakt joylashgan, ikkinchi jumlada esa distant joylashgan: orada qaratuvchili birikmashakl bilan ifodalangan ega kelgan, natijada to‘ldiruvchining gapshakl bo‘lagi ekanligi ochiq ko‘ringan (men burolmagan tutqichni birikmashakli tarkibidagi sifatlovchi transformatsiyalangan gapshakl bilan ifodalangan: men burolmadim  men burolmagan).
7 misolda har ikki tur to‘ldiruvchi kesim vazifasidagi fe'l leksemaga bog‘langan, demak, tashqi bo‘lak, gapshakl bo‘lagi mavqeida qatnashgan:
1. Kesimga yaqin vositasiz to‘ldiruvchi kelib, vositali to‘ldiruvchi undan oldin joylashgan:
1) Vositasiz to‘ldiruvchi bilan kesim orasida boshqa bir bo‘lak joylashgan:
a) Sifatlovchili birikma bilan ifodalangan ega joylashgan (1): Sizning bog‘ingizga b i n a f sh a n i boshqa gulchi ekadi (Hamid G‘ulom). Bu jumlada vositali to‘ldiruvchi qaratuvchili birikma bilan ifodalangan.
b) O‘rin kelishigidagi sifatlovchili birikma bilan ifodalangan vositali to‘ldiruvchi joylashgan (1): [Alixo‘ja boy] Q i z i n i qo‘sh arg‘umoqli izvoshda yubordi (Oybek).
2. Kesim bilan kontakt joylashgan vositasiz to‘ldiruvchi:
a) 3 jumlada tushum kelishigining belgisiz shaklida ishlatilgan: Тraktorga s u v oboraymi? (O‘tkir Hoshimov). Тo‘y ustiga t o‘ y ko‘ring, xola! (Oybek). Lekin A'zam ferma ularga r a d j a v o b i berdi (Hamid G‘ulom). Birinchi jumlada har ikki to‘ldiruvchi leksemashakl bilan ifodalangan; ikkinchi jumlada vositali to‘ldiruvchi jo‘nalish kelishigidagi qaratuvchili birikma bilan (to‘y ustiga), uchinchi jumlada vositasiz to‘ldiruvchi izofa birikmasi bilan (rad javobi) ifodalangan.
b) 2 jumlada tushum kelishigining belgili shaklida ishlatilgan; vositali to‘ldiruvchi bilan ko‘makchisi yordamida shakllangan: M e h m o n b i l a n u l a r n i tanishtirar ekan, .. (Pirimqul Qodirov). Kichkinagina, ammo dag‘al qo‘li bilan y u z i m n i siladi (O‘tkir Hoshimov). Birinchi jumlada har ikki to‘ldiruvchi leksemashakl bilan, ikkinchi jumlada esa vositali to‘ldiruvchi uyushiq sifatlovchili birikmashakl bilan ifodalangan.
II. Quyidagi jumlada fe'l kesimga uch to‘ldiruvchi bog‘lanib kelgan; vositali to‘ldiruvchilar jo‘nalish kelishigida va bilan ko‘makchisi yordamida shakllangan; bilan ko‘makchisi yordamida shakllangan vositali to‘ldiruvchi sifatlovchili birikma bilan ifodalangan: Kimdir u n i o l a ch i l v i r b i- l a n z i r k k a bog‘lab qo‘ygan edi (Pirimqul Qodirov).
Mana bu jumlada bilan ko‘makchisi yordamida shakllangan to‘ldiruvchi sifatlovchi vazifasidagi birikmaning ichki bo‘lagi bo‘lib kelgan; jo‘nalish kelishigidagi vositali to‘ldiruvchi va belgisiz tushum kelishigidagi vositasiz to‘ldiruvchi kesimga bog‘lanib, tashqi bo‘lak, gapshakl bo‘lagi mavqeida qatnashgan; har uch to‘ldiruvchi sifatlovchili birikma bilan ifodalangan: Yalang‘och daraxtlar m a y d a y u l d u z ch a l a r b i l a n y o n g a n q o r g a a j i b ch i r o y l i k o‘ l k a l a r tashlaydi (Oybek).
Quyidagi jumlada bir vositali to‘ldiruvchi, ikki vositasiz to‘ldiruvchi qatnashgan. Vositali to‘ldiruvchi jo‘nalish kelishigidagi leksemashakl bilan ifodalanib, kesimga bog‘langan. Vositasiz to‘ldiruvchilardan biri tushum kelishigining belgisiz shaklida ishlatilib, to‘ldiruvchili birikmaning ichki bo‘lagi bo‘lib kelgan. Ikkinchi vositasiz to‘ldiruvchi shu to‘ldiruvchili birikma bilan ifodalanib, kesimga bog‘langan, tashqi bo‘lak, gapshakl bo‘lagi mavqeida qatnashgan: M e n g a t r a k t o r h a y d a sh n i o‘rgatdilar (O‘tkir Hoshimov).
5­ §. Yuqoridagi tasvirlardan ayon bo‘ladiki, to‘ldiruvchi predmet tushunchasini anglatib kelishda egadan keyin turadigan sintaktik bo‘lak bo‘lib, boshqaruv xususiyatiga molik birlik bilan ifodalangan kesimli gapshakllar (jumlalar) tarkibida deyarli to‘liq namoyon bo‘ladi.
Asli to‘ldiruvchi – birikma turlaridan birining tobe bo‘lagi, birikmaning ichki bo‘lagi; bunda to‘ldiruvchi jumla tarkibida kesimdan boshqa vazifada kelgan sintaktik birlikka (leksemashaklga, birikmashaklga) bog‘langan holda qatnashadi.
Тo‘ldiruvchi jumla tarkibida kesim vazifasida kelgan sintaktik birlikka (leksemashaklga, birikmashaklga) bog‘lanib kelishi asosiy holat bo‘lib, bunda to‘ldiruvchi birikmaning bo‘lagi mavqeidan gapshaklning (jumlaning) bo‘lagi mavqeiga ko‘tariladi.
Gapshaklning (jumlaning) bo‘laklari deb ega va kesimga aytiladi. Bu ikki bo‘lakdan iborat gapshakl (jumla) yig‘iq gapshakl (jumla) deyiladi. Ega ifodalanmaydigan, ega qatnashmaydigan gapshakllar ham faqat kesimning o‘zi bilan ifodalanganida yig‘iq gapshakl deyiladi. Bunday gapshakllar nutqda juda oz uchraydi.
Gapshakl (jumla) tarkibida ega va kesimdan tashqari kesimga bog‘lanib kelgan (demak, gapshakl bo‘lagi maqeida qatnashgan) to‘ldiruvchi ham mavjud bo‘lsa, bunday gapshakl (jumla) yoyiq gapshakl (jumla) deyiladi. Bunday to‘ldiruvchi gapshakl (jumla) asosini yoyuvchi sintaktik bo‘lak deb baholanadi.
Тo‘ldiruvchini boshqara oladigan sintaktik birlik (leksemashakl, birikmashakl) bilan ifodalangan kesimli gapshakl (jumla) tarkibida to‘ldiruvchi namoyon bo‘lmay qolsa, uning yo‘qligi aniq seziladi, anglatilayotgan fikrda noto‘liqlik yuz beradi. Shunga ko‘ra til birligining to‘ldiruvchini boshqarish xususiyati deyarli barcha jumlalarda voqelanadi.
Gapshakl (jumla) qurilishida to‘ldiruvchining muhim sintaktik bo‘lak ekanligi aniq qurilma bilan majhul qurilma munosabatida ochiq ko‘rinadi: aniq qurilma majhul qurilmaga vositasiz to‘ldiruvchi asosida transformatsiya qilinadi va b.
Xullas, to‘ldiruvchining ikki holatini: birikmaning bo‘lagi holatini va kesimga bog‘lanib kelgan holatini farqlash kerak. Kesimga bog‘lanib kelgan to‘ldiruvchi gapshakl (jumla) asosini yoyuvchi bo‘lak deb baholanishi lozim. Тo‘ldiruvchi leksemaga xos boshqaruv valentligini namoyon etadi degan fikrga suyanib gapshakl tarkibida kesimga bog‘lanib qatnashadigan to‘ldiruv-chini gapshakl bo‘lagi mavqeidan mahrum etish mumkin emas (Bu masalaga hollovchilar tasvirida yana aniqlik kiritiladi).


Yüklə 202,82 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə