Nutqiy voqelanishi


Kesimning fe'ldan boshqa leksemashakllar



Yüklə 202,82 Kb.
səhifə3/9
tarix30.12.2023
ölçüsü202,82 Kb.
#165023
1   2   3   4   5   6   7   8   9
2-qism

Kesimning fe'ldan boshqa leksemashakllar
bilan ifodalanishi
4- §. Тahlilga jalb qilingan misollar orasida tuslovchili fe'l leksemashakllardan tashqari quyidagi turkum leksemashakllari ham kesim vazifasida kelgan (63):
1. Misollarning 25tasida kesimlik leksemasi kesim bo‘lib kelgan:
1) bor- leksemasi (12): Shu bir parcha yerda mening binafshalarim bor (Hamid G‘ulom). Тol tagida buloq bor (O‘tkir Hoshimov). Тashqarida dadam bormi? (Oybek). Xizmatkorxonada Yo‘lchiboy aka bor ekan (Oybek) kabi;
2) yo‘q- leksemasi (4): Kutib o‘tirishga vaqt yo‘q (O‘tkir Hoshimov). Mo‘'jaz oyoqlarida mahsi yo‘q (Oybek) kabi;
3) kerak- leksemasi (3): Yana nima kerak, suyunchimi? (Pirimqul Qodirov). Kerakmas maktabi, opa! (O‘tkir Hoshimov) kabi;
4) xursand- leksemasi (2): Olimjon xursand (O‘tkir Hoshimov). Jonim, menga qarang. Xursandmisiz? (Oybek);
5) hayron- leksemasi (1): Avaz hayron: u Davlatbekovdan hech qachon bunday maqtov eshitmagan (Pirimqul Qodirov);
6) muborak- leksemasi (1): Ha, aytganday, kandidatlik muborak! (Hamid G‘ulom);
7) tashakkur- leksemasi (1): "Sizga bular, Aziz aka! Mening binafshalarim!.." - "Тashakkur" (Hamid G‘ulom);
8) ayni muddao- kesimlik birikmasi (1): "Ayni muddao. – Dildor bu so‘zlariga allaqanday urg‘u berib gapirdi. – Ishga tushguncha ancha narsa o‘qib olishim kerak" (Hamid G‘ulom).
2. Misollarning 15tasida sifat leksema kesim bo‘lib kelgan:
1) yaxshi- leksemasi (4): Sizam yaxshisiz! (O‘tkir Hoshimov). Akam yaxshilar-a? (O‘tkir Hoshimov);
2) nozik- leksemasi (2): Yana zamon nozik (Oybek). Didingiz nozik ekan! (Hamid G‘ulom);
3) toza- leksemasi top-toza shaklida (1): Qarang, top­toza! (O‘tkir Hoshimov);
4) tushunarli- leksemasi (1): Javobingiz tushunarli (Hamid G‘ulom);
5) qahramon- leksemasi (1): Robiya opam ham sizga o‘xshagan qahramonlar (O‘tkir Hoshimov).
6) Bir necha misolda sifat leksema bo‘l- yordamchisi qo‘shilgan holda kesim bo‘lib kelgan (3):
a) ho‘l- leksemasi: Daftaring ho‘l bo‘lib qoldi (O‘tkir Hoshimov);
b) qiyin- leksemasi: Har qanday ishning oxiri qiyin bo‘ladi (O‘tkir Hoshimov);
d) oson- leksemasi: Motorni qaytadan o‘t oldirish oson bo‘lsa ekan (O‘tkir Hoshimov);
7) mehribon- leksemasi qil- yordamchisi qo‘shilgan holda kesim bo‘lib kelgan: Kim bu odamni bunchalik mehribon qilib qo‘ydi ekan? (Pirimqul Qodirov);
8) kambag‘al- leksemasi ekan+lik shaklining ekan affiksoidi ellipslangan ko‘rinishida kesim bo‘lib kelgan: Uning bitta qusuri – kambag‘alligi (Oy-bek).
3. Misollarning 7tasida ravish leksema kesim bo‘lib kelgan:
1) ko‘p- leksemasi (2): ..Buqabuloq atroflarida bunaqa antiqa qishloqlar ko‘p (Hamid G‘ulom). Voy, biram ko‘p! Avaz aka, belbog‘ingizni bering, terib olaylik (Pirimqul Qodirov);
2) kam- leksemasi (2): Voy, Alixo‘ja boylardan nimamiz kam? (Oybek). Bu yil suv kamroq (Hamid G‘ulom);
3) boshqacha- leksemasi (1); Erta bahorda tuproq hidi boshqacha bo‘ladi (O‘tkir Hoshimov);
4) eskicha- leksemasi (1): Biroq bu gal ham javob eskicha bo‘ldi (Hamid G‘ulom);
5) asta- leksemasi (1): Astaroq... Oyog‘ingiz tagi – binafshalar (Hamid G‘ulom).
4. Misollarning 7tasida ot leksema kesim bo‘lib kelgan. Bunday ot leksema odatda bosh, o‘rin kelishigi shaklida bo‘ladi; kelishikning sintaktik vazifa ko‘rsatishi betaraflashadi, chunki sintaktik vazifa ko‘rsatkichi kelishikdan keyin qo‘shiladi:
1) Bosh kelishik shaklida kelgan (5): Yordamchim – Olimjon (O‘tkir Hoshimov). Mana, so‘zingiz men uchun qonun (Pirimqul Qodirov). Yana bir yaqin tomoni - qo‘shni (Hamid G‘ulom). Axir bu jasorat emasmi? (Hamid G‘ulom).
2) O‘rin kelishigi shaklida kelgan (3): Hamma dalada (Hamid G‘ulom). Ixtiyor otamda! (Hamid G‘ulom). Biroq Nigor opaning o‘ylashicha gap mol­-dunyoda emas (Hamid G‘ulom).
5. Misollarning 9tasida olmosh kesim bo‘lib kelgan:
1) kishilik olmoshi (4):
a) bosh kelishik shaklida (3): Oching, kennoyi, menman! (O‘tkir Hoshimov). Birovlarning xotiniga tuzoq qo‘yadigan senmisan?! (Pirimqul Qodirov). Men sen bo‘lsam, o‘zimni zovdan tashlar edim! (Pirimqul Qodirov);
b) jo‘nalish kelishigi shaklida (1): Sizga bular, Aziz aka! (Hamid G‘ulom);
2) so‘roq olmoshi (1): Do‘pping qani? (O‘tkir Hoshimov);
3) sifat olmoshi (2):
a) bunday- olmoshi (1): Voqea bunday bo‘lgan (Hamid G‘ulom);
b) shunaqa- olmoshi (1): Bugun ham shunaqa bo‘ladi (O‘tkir Hoshimov);
4) gumon olmoshi (1): Nega bunday allanechuksan? (Oybek).
6. 3 misolda ko‘rsatish birliklari kesim bo‘lib kelgan:
1) shu ko‘rsatish birligi (2): Og‘zimga kelgan gap shu bo‘ldi (O‘tkir Hoshimov). Тo‘yning qizig‘i shunda-da (Oybek);
2) ana ko‘rsatish birligi (10): Ana uning uyi (Hamid G‘ulom).
7. Bir misolda o‘z- ta'kid birligi kesim bo‘lib kelgan: Dildorxon, balki o‘sha gulchi o‘zingiz bo‘larsiz? (Hamid G‘ulom).



Yüklə 202,82 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə