Nutqiy voqelanishi


Vositali to‘ldiruvchining nutqiy voqelanishi



Yüklə 202,82 Kb.
səhifə7/9
tarix30.12.2023
ölçüsü202,82 Kb.
#165023
1   2   3   4   5   6   7   8   9
2-qism

Vositali to‘ldiruvchining nutqiy voqelanishi
3­ §. Vositali to‘ldiruvchini asosan fe'l leksema, qisman ism leksema boshqargan.
I. Тahlilga jalb qilingan misollarning 49tasida vositali to‘ldiruvchi fe'l leksemaga bog‘langan:
1. 14 misolda kesim vazifasidagi fe'l leksemaga bog‘lanib, tashqi bo‘lak, gapshaklning bo‘lagi mavqeida kelgan:
1) 27 misolda jo‘nalish kelishigida shakllangan:
a) Leksemashakl bilan ifodalangan (21):
- ot leksemashakl bilan (15): O l i m j o n g a yalindim (O‘tkir Hoshimov). Bu taxmin A v a z g a noxush tuyildi (Pirimqul Qodirov). Qishloq odati bo‘yicha uy q u t l o v ch i l a r g a to‘ldi (Hamid G‘ulom) kabi;
- olmosh bilan ifodalangan (5): Jonim, m e n g a qarang (Oybek). Sen n i m a n g g a muncha kerilasan?! (Pirimqul Qodirov) kabi;
- o‘z­ ta'kid birligi bilan (1): O‘zimning ojizligim o‘ z i m g a alam qildi (O‘tkir Hoshimov).
b) Birikmashakl bilan ifodalangan (6):
- sifatlovchili birikma bilan (5): U b r i g a d a d a g i i sh i g a sho‘ng‘ib ketdi (Hamid G‘ulom). Yuzim n a m t u p r o q q a urildi (O‘tkir Hoshimov). Biroq bu mahallaning shumtaka erkak bolalari "k e l i n ch i m ch i l a sh" d e g a n e s k i o d a t g a juda rioya qilishar ekan (Oybek) kabi;
- qaratuvchili birikma bilan (1): Azizning brigadasi i n s t i t u t- n i n g t a j r i b a u ch a s t k a s i g a aylandi (Hamid G‘ulom).
2) 6 misolda vositali to‘ldiruvchi chiqish kelishigida shakllanib, fe'l leksemaga kontakt holatda bog‘langan, tashqi, gapshakl bo‘lagi maqeida kelgan:
a) leksemashakl bilan ifodalangan (4): Davlatbekov .. "Ha Тohir­u Zuhrolar, hormanglar endi!" - dedi va o t d a n tushdi (Pirimqul Qodirov). Qiziq, y o m g‘ i r d a n kerosin hidi kelayapdi (O‘tkir Hoshimov) kabi;
b) sifatlovchili birikmashakl bilan ifodalangan (2): E s k i t a o m i l- d a n qolma (Oybek). H a l i s e l g i b u l g u r m a g a n t u p r o q- d a n nam aralash quyosh hidi anqiydi (O‘tkir Hoshimov).
3) 3 misolda vositali to‘ldiruvchi o‘rin kelishigida shakllanib, fe'l leksema bilan distant holatda joylashgan:
a) leksemashakl bilan ifodalangan (1): Dudburondan tutun aralash chiqqan cho‘g‘ q o r o n g‘ i d a aniq ko‘rindi (O‘tkir Hoshimov);
b) birikmashakl bilan ifodalangan (2):
- qaratuvchili birikma bilan: O‘zi sh u m a sh ' a l n i n g y o r u- g‘ i d a yaxshiroq ko‘rinmoqchidir­da! (Pirimqul Qodirov);
- to‘ldiruvchili birikma bilan (1) K u ch s i n o v d a har ikki tomon astoydil kurashdi (Oybek).
4) 5 misolda vositali to‘ldiruvchi bilan ko‘makchisi yordamida shakllangan:
a) leksemashakl bilan ifodalangan (1): M e n b i l a n xilvatda uchrashmoqchi edingizmi? (Pirimqul Qodirov);
b) sifatlovchili birikma bilan ifodalangan (4):
- kesim bilan kontakt joylashgan (2): Chindan ham A'zam ferma Sh a h r i s t o n l i k o g‘ a y n i s i b i l a n quda bo‘libdi (Hamid G‘ulom) kabi;
- kesim bilan distant joylashgan (2): S a l i sh o r a b i l a n cho‘pon istagan tomonga buriladi (Pirimqul Qodirov). Y a l p i sh o v q i n b i- l a n "tortishmachoq" boshlandi (Oybek).
2. 10 misolda vositali to‘ldiruvchi birikmaning bo‘lagi, ichki bo‘lak holatida kelgan:
1) Jo‘nalish kelishigida shakllangan (15):
a) Sifatlovchili birikma tarkibida qatnashgan, birikma esa hollovchi vazifasida kelgan (3): Shoda­shoda barglari shu t o l a l a r g a bittalab terib chiqilganga o‘xshaydi (Pirimqul Qodirov). Dildor b u s o‘ z l a r g a allaqanday urg‘u berib gapirdi (Hamid G‘ulom).
Mana bu jumla tarkibida ichki vositali to‘ldiruvchi ikkita: Hulkar unga g‘azablanishga ham arzimaydigan bir to‘nkaga qaraganday qaradi­yu, .. (Pirimqul Qodirov). Bu jumladagi birinchi ichki vositali to‘ldiruvchi sifatlovchili birikma tarkibida qatnashgan: g‘azablanishga ham arzimaydigan; ikkinchisi hollovchili birikma tarkibida qatnashgan: g‘azablanishga ham arzimaydigan bir to‘nkaga qaraganday.
b) Sifatlovchili birikma tarkibida qatnashgan, birikma esa kesim vazifasida kelgan (1): Robiya opam ham s i z g a o‘ x sh a g an q a h r a- m o n l a r (O‘tkir Hoshimov).
d) Sifatlovchili birikma tarkibida qatnashib, qaratuvchili birikma bilan ifodalangan; sifatlovchili birikma o‘z navbatida yaxlitligicha otlashib, ega vazifasida kelgan (1): B i r o v l a r n i n g x o t i n i g a t u z o q q o‘- y a d i g a n senmisan?! (Pirimqul Qodirov).
2) Chiqish kelishigida ifodalangan (3):
a) Sifatlovchili birikma tarkibida qatnashgan (1): S e n d a q a u y a t- s i z x o t i n d a n uyaladigan ahmoq yo‘q (Pirimqul Qodirov);
b) Hollovchili birikma tarkibida qatnashib, sifatlovchili birikma bilan ifodalangan (2): Avaz o‘ z i n i n g b u o‘ y i d a n x i j o l a t b o‘ l i b yerga qaradi (Pirimqul Qodirov).
Mana bu jumlada ketma­ket ikkita vositali to‘ldiruvchi ishlatilgan: Avaz bu vaqtgacha D a v l a t b e k o v t o‘ g‘ r i s i d a j u d a yo m o n f i k r d a yurganidan izza bo‘ldi (Pirimqul Qodirov).
3) Hollovchili birikma tarkibida o‘rin kelishigidagi leksemashakl bilan ifodalangan (1): U l o y d a sirg‘anib o‘rnidan turdi. Qo‘lini cho‘zdi (O‘tkir Hoshimov).
4) bilan ko‘makchisi yordamida shakllangan uyushiq qator bilan ifodalangan (1): Keyin kuyov tomon a j o y i b s o‘ z a n a l a r, q i y m a t- b a h o b u y u m l a r b i l a n bezatilgan xonalarga taklif etildi (Oybek).
II. Тahlilga jalb qilingan misollarning 8tasida vositali to‘ldiruvchini fe'ldan boshqa (ism) leksema boshqargan:
1. 4 misolda kesim vazifasida kelgan leksemaga bog‘langan:
1) 3 misolda o‘rin kelishidagi leksemashakl bilan ifodalangan:
a) Ikki misolda bor leksemashakliga bog‘langan; vositali to‘ldiruvchi:
- ot leksema bilan ifodalangan: D a d a m l a r d a ­ ch i, opa, mo‘miyo bor (O‘tkir Hoshimov);
- kishilik olmoshi bilan ifodalangan: Shoshmang, Hulkarjon, s i z d a ikki og‘iz gapim bor (Pirimqul Qodirov). Bu jumlada vositali to‘ldiruvchi bilan boshqaruvchi leksema orasida frazema bilan ifodalangan miqdor hollovchisi kelgan, vositali to‘ldiruvchi distant joylashgan;
b) Bir misolda yo‘q leksemashakliga bog‘lanib, fe'lning otdosh shakli bilan ifodalangan: K u t i b o‘ t i r i sh g a vaqt yo‘q (O‘tkir Hoshimov). Bu jumlada yo‘q leksemasining kimda? so‘rog‘iga javob bo‘ladigan vositali to‘ldiruvchini boshqarish xususiyati voqelanmagan.
2) Bir misolda chiqish kelishigidagi izohlovchili birikma bilan ifodalanib, kesim vazifasida kam miqdor ravishi kelgan, distant holatda joylashgan (Orada ega kelgan): Voy, A l i x o‘ j a b o y l a r d a n nimamiz kam?! (Oybek).
2. 4 misolda vositali to‘ldiruvchi kesimdan boshqa vazifadagi ism leksemaga bog‘langan, birikmaning bo‘lagi, ichki bo‘lak holatida kelgan:
1) Ikki misolda jo‘nalish kelishigidagi leksemashakl bilan ifodalangan:
a) Bir misolda ot leksemashakl bilan ifodalanib, o‘ch­ sifat leksemasiga bog‘langan va birikma bir butun holda sifatlovchi vazifasida kelgan: D o n g- g a o‘ ch boyvachcha kuyovlar nikohga .. (Oybek).
b) Bir misolda o‘z­ ta'kid birligi bilan ifodalanib, kesimlik leksemasiga bog‘langan va birikma bir butun holda sifatlovchi vazifasida kelgan: Yaxshi boqilgan suruvlarda o‘ z i g a xos bir intizom bo‘ladi (Pirimqul Qodirov).

  1. Ikki misolda birikmashakl bilan ifodalangan:

a) Quyidagi jumlada chiqish kelishigida shakllangan sifatlovchili birikma bilan ifodalanib, ega vazifasidagi ot birikmashakl tarkibida kelgan; orada miqdor hollovchisi kelib, distant holatda joylashgan: Sh u o d d i y q i z i l a s k a r d a n yana bir xotira - .. "qora xat" (Hamid G‘ulom).
b) Quyidagi jumlada chiqish kelishida shakllangan sifatlovchili birikma bilan ifodalanib, kesimlik leksemasiga kontakt holatda bog‘langan: Ularning har biri – n e ch a y u z u y, b i r n e ch a m i n g d a r a x t d a n iborat kattagina o‘ram (Hamid G‘ulom).



Yüklə 202,82 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə