Nutqiy voqelanishi


Kesimning ism birikmashakl bilan



Yüklə 202,82 Kb.
səhifə5/9
tarix30.12.2023
ölçüsü202,82 Kb.
#165023
1   2   3   4   5   6   7   8   9
2-qism

Kesimning ism birikmashakl bilan
ifodalanishi
7- §. Тahlilga jalb qilingan misollarning 19tasida kesim ism birikmashakl bilan ifodalangan:
1. Kesim vazifasida sifatlovchili birikmashakl kelgan (10). Kesimlik ko‘rsatkichi:
1) bosh kelishikdan keyin qo‘shilgan (9):
a) Ikki a'zoli birikma bilan ifodalangan (5): Bu - qanday maynabozlik! (Oybek). Aziz – yolg‘iz o‘g‘il (Hamid G‘ulom). Binafsha - eng nozik chechak (Hamid G‘ulom) kabi.
b) Uch a'zoli birikma bilan ifodalangan (1): Ammo Dildor – tamoman boshqa olam (Hamid G‘ulom). Bu misolda leksemashakllarning o‘zaro sintaktik bog‘lanishi quyidagicha: [tamoman] X [(boshqa X olam)].
d) Ko‘p a'zoli birikma bilan ifodalangan (4): Shu oddiy qizil askardan yana bir xotira – o‘sha 1941- yilning kuzida kelgan "qora xat" (Hamid G‘ulom). [Dildor] .. o‘z erki, irodasi, maqsadi, intilishlari va jasorati bilan mustaqil inson! (Hamid G‘ulom). Bu misolda uyushiq qator bilan ifodalangan to‘ldiruvchi sifatlovchili birikmaga bog‘langan, yoyiq birikma bir butun holda kesim vazifasida kelgan.
2) Kesimlik ko‘rsatkichi o‘rin kelishigidan keyin qo‘shilgan (1): Dildor-ning uyi – shu yaqinda (Hamid G‘ulom). Asli bu birikma uch a'zoli bo‘lib, joy­ leksemasi ellipslangani tufayli o‘rin kelishigi affiksi undan oldingi qism-ga qo‘shilgan: [(shu) X (yaqin joy)]da  (shu yaqin)da.
2. Kesim vazifasida qaratuvchili birikmashakl kelgan (7); kesimlik ko‘rsatkichi bosh kelishikdan keyin qo‘shilgan:
1) Ikki a'zoli birikma bilan ifodalangan (4): Onam orzusi – mening orzum! (Hamid G‘ulom). Sizning ishingizmi bu? (Pirimqul Qodirov). Birovmas, o‘zimmi yangam (O‘tkir Hoshimov). Men – binafsha shaydosi ... (Hamid G‘ulom).
2) Ko‘p a'zoli birikma bilan ifodalangan (3): Feruz qishlog‘i – yuksak tizma tog‘ning Xovos tomondagi bag‘riga joylashgan qishloqlarning eng balandi (Hamid G‘ulom) kabi. Ushbu misol tarkibidagi leksemashakllarning o‘zaro sintaktik bog‘lanishi quyidagicha: «<{[(yuksak) X (tizma X tog‘)]ning X [(Xovos X tomon)]dagi X [bag‘ri]}ga X {joylashgan}> X <qishloq-lar>ning» X «eng balandi)».
3. Bir misolda kesim izohlovchili birikma bilan ifodalangan: Bu – Yormatning qizi Gulnor edi (Oybek). Leksemashakllarning o‘zaro sintaktik bog‘lanishi quyidagicha: [(Yormatning X qizi) X (Gulnor)] edi.
4. Bir misolda kesim fe'l leksema  ma  sa go‘rga edi qurilmasi bilan ifodalangan: Yomg‘ir yog‘masa go‘rga edi! (O‘tkir Hoshimov).



Yüklə 202,82 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə