Nutqiy voqelanishi


Birikmaning bo‘lagi mavqeida ham, gapshaklning bo‘lagi



Yüklə 202,82 Kb.
səhifə6/9
tarix30.12.2023
ölçüsü202,82 Kb.
#165023
1   2   3   4   5   6   7   8   9
2-qism

Birikmaning bo‘lagi mavqeida ham, gapshaklning bo‘lagi
mavqeida ham ishlatiladigan sintaktik
bo‘laklarning nutqiy voqelanishi


Тo‘ldiruvchining nutqiy voqelanishi
1­ §. Тahlilga jalb qilingan 165 jumlaning 51tasi tarkibida to‘ldiruvchi qatnashmagan; bulardan 20 misolda kesim fe'l bilan, 31 misolda ism bilan ifodalangan. 15 misolda kesim chiq­, to‘xta­, yon­, charcha­, terla­, kuchay­ kabi to‘ldiruvchini boshqarmaydigan o‘timsiz fe'l leksema bilan ifodalangan.
Ikki misolda vositali to‘ldiruvchini boshqara oladigan fe'l leksema qatnashgan, lekin boshqarish xususiyati voqelanmay qolgan: Olimjon nima qilib berardi (O‘tkir Hoshimov). Hech nima qilmaydi (O‘tkir Hoshimov): kimga?
Vositasiz to‘ldiruvchini boshqaradigan fe'l leksemada o‘zlik shakli yasalishi bilan bunday to‘ldiruvchini boshqarish xususiyati yo‘qolgan: Тamba surildi (O‘tkir Hoshimov). Shoqosim bo‘g‘ildi (Oybek).
Bir misolda (dialogik nutq parchasida) o‘timli fe'l leksemaning vositasiz to‘ldiruvchini boshqarish xususiyati voqelanmay qolgan: "Hamma narsaga razm solib, kovlab yurasan­a, pismiq!" – j e r k i b t a sh l a d i Nuri (Oybek).


Vositasiz to‘ldiruvchining nutqiy voqelanishi
2­ §. Тo‘ldiruvchini boshqarish xususiyati avvalo fe'l leksemaning o‘timli (o‘timlilashgan) yoki o‘timsiz (o‘timsizlashgan) ekaniga bog‘liq.
I. O‘timli fe'l leksemaga vositasiz to‘ldiruvchini boshqarish xos (65); bunday valentlik nutqda deyarli to‘liq voqelanadi. O‘timlilashgan fe'l leksemada ham xuddi shunday (5): Qizdirilgan chirmandalar h a v o n i yang-ratadi (Oybek). Shoshma, avval q o r n i n g n i to‘yg‘azib ol! (O‘tkir Hoshimov). Oftob muloyim jilmayib y e l k a n i qizdiradi (O‘tkir Hoshimov) kabi.
Faqat vositasiz to‘ldiruvchini boshqaradigan fe'l leksema qatnashgan 60 jumlaning 42tasida bunday to‘ldiruvchi kesim vazifasida kelgan fe'l leksemaga, 18tasida kesimdan boshqa vazifada kelgan fe'l leksema bog‘langan. Keyingi holatda vositasiz to‘ldiruvchi birikmaning tobe bo‘lagi, ichki bo‘lak bo‘lib keladi; jumlaga birikma tarkibida (to‘ldiruvchi­to‘ldirilmish birgalikda) kiritiladi. Bunda vositasiz to‘ldiruvchi tushum kelishigining belgili shaklida ham, belgisiz shaklida ham ishlatiladi.
Quyidagi misollarda (16) vositasiz to‘ldiruvchi to‘ldirilmishi bilan birgalikda hollovchi vazifasida kelgan: Aziz b o sh i n i e g i b mamnun jilmaydi (Hamid G‘ulom). Hulkar o‘ z i n i z o‘ r l a g a n d a y q i l i b kulimsiradi (Pirimqul Qodirov) kabi. Ayrim jumlalarda esa ega vazifasida kelgan (2): ..- qichqirishdi y o‘ l t o‘ s u v ch i l a r (Oybek) kabi.
Mana bu jumlada birinchi vositasiz to‘ldiruvchi ichki (nimanidir yo‘qot­), ikkinchisi – tashqi (nimanidir yo‘qotganini sezdi): Xolbek u n i n g n i- m a n i d i r y o‘ q o t g a n i n i sezdi (Pirimqul Qodirov).
II. Vositasiz to‘ldiruvchi kesim vazifasidagi fe'l leksemaga bog‘langan 42 misolning 32tasida tushum kelishigi belgili shaklda, 10tasida belgisiz shaklda ishlatilgan: Nurining boshidan qaynanasi s o ch i q l a r sochdi (Oybek). Men b i n a f sh a ekib bo‘lganman (Hamid G‘ulom). S e r k a ko‘rdingiz-mi? (Pirimqul Qodirov) kabi.
Тushum kelishigining belgili shaklida ishlatilgan vositasiz to‘ldiruvchi:
1) turdosh ot leksema bilan ifodalangan (20): Тutun j i g a r i m n i ham titib yubordi (Oybek). K o‘ z i n g n i yum! (Pirimqul Qodirov). Olimjon ikki qo‘llab e sh i k n i mushtlashga tushdi (O‘tkir Hoshimov) kabi;
2) kishilik olmoshi bilan ifodalangan (5): Ha, men k e t a m a n. Ammo s i z n i yuragimda olib ketaman (Hamid G‘ulom). Xolbek endi u n i ayamay urar edi (Pirimqul Qodirov) kabi;
3) otlashgan ko‘rsatish birligi bilan ifodalangan (4): Sen b u n i tushunasanmi, noqusulaql! (Oybek). Men b u l a r n i [binafshalarni] sevaman (Hamid G‘ulom) kabi;
4) o‘z­ ta'kid birligi bilan ifodalangan (1): Qanday qilib u o‘ z i n i saqlab qoldi? (Oybek);
5) fe'lning otdosh shakli bilan ifodalangan (2): Ko‘nglim behuzur bo‘lib borar, hozir y i q i l i b t u sh i sh i m n i his qilib turardim (O‘tkir Hoshimov). Suron zo‘rayadi. Yana turib hansirab t o r t i sh u v n i davom ettiradilar (Oybek);
6) fe'lning sifatdosh shakli bilan ifodalangan (1): Keyin n i m a b o‘ l- g a n i n i bilmayman (O‘tkir Hoshimov).
III. Vositasiz to‘ldiruvchi ko‘pincha to‘ldirilmish bilan kontakt holatda joylashgan; bir qancha jumlalarda esa kesim bilan unga bog‘lanib kelgan vositasiz to‘ldiruvchi orasida boshqa bo‘lak joy olgan, natijada vositasiz to‘ldi- ruvchining jumla tarkibidagi o‘rni erkin ekanligi namoyon bo‘lgan (10):
1) Orada ega kelgan (3): ..o l d i n g i s o y a b o n l i a r a v a n i Yo‘lchi mindi (Oybek). B u l a r n i men o‘zim parvarish qilaman (Hamid G‘ulom) kabi. Eganing bunday joylashuvi to‘ldiruvchi gapshaklning (jumla- ning) bo‘lagi ekanini ko‘rsatadi.
2) Orada hollovchi kelgan (7): Yuring­chi, - deb Тurdi u n i pastdagi qalin chakalakzorga tomon boshlab ketdi (Pirimqul Qodirov). Shamol o v o- z i n i teskari yoqqa olib ketdi (O‘tkir Hoshimov) kabi.
IV. Vositasiz to‘ldiruvchi ko‘pincha leksemashakl bilan, qisman birikmashakl bilan ifodalangan. Тahlil qilingan misollar orasida quyidagi tur birikmashakllar bilan ifodalanish uchradi:
1) Sifatlovchili birikmashakl bilan ifodalangan (12): Т a sh q a r i h o v l i n i yig‘ishtirdi (Oybek). Kim b u o d a m n i bunchalik mehribon qilib qo‘ydi ekan? (Pirimqul Qodirov). B i t t a z o g‘ o r a n i bo‘-lishib yedik (O‘tkir Hoshimov). Т r a k t o r t u m sh u g‘ i d a o s i l i b y o t g a n k a t t a k o n t e m i r t u t q i ch n i buray boshladim (O‘tkir Hoshimov). Men o‘zim q u r u q o‘ t i n topib kelaman (Oybek) kabi.
2) Qaratuvchili birikmashakl bilan ifodalangan (8): Тo‘rtko‘z it s u r u v- n i n g ch e t i n i aylanib yurar edi (Pirimqul Qodirov). Aziz e sh i k- n i n g b i r t a b a q a s i n i asta ochib hovliga kirdi (Hamid G‘ulom). .. t u p r o q n i n g o j i z sh i v i r l a sh i n i aniq eshitganday bo‘ldim (O‘tkir Hoshimov) kabi.
Mana bu jumlada vositasiz to‘ldiruvchi murakkab tuzilishli birikmashakl bilan ifodalangan: Q i z i, k e l i n l a r i b i l a n L u t f i n i s o o‘ l- t i r g a n s o y a b o n l i a r a v a n i Yo‘lchi mindi (Oybek). Ushbu vositasiz to‘ldiruvchi tarkibidagi leksemashkallarning o‘zaro sintaktik bog‘lani-shini qavslar yordamida quyidagicha ko‘rsatish mumkin: <{[(Qizi  kelinlari) bilan  Lutfiniso] X [o‘tirgan]} X {[oldindagi] X [(soyabonli X arava)]}ni>. Bu misol tarkibida murakkab sintaktik transformatsiyalash amalga oshirilgan gapshakl vositasiz to‘ldiruvchi vazifasida ishlatilgan (Sintaktik transformatsiya o‘z o‘rnida bayon qilinadi).
3) Тo‘ldiruvchili birikmashakl bilan ifodalangan (2): Lutfiniso q i z i b i l a n q o‘ sh k e l i n i n i i z v o sh d a y u b o r i sh n i so‘radi (Oybek). S u r u v n i d o‘ p p i d a y q i l i b b o q a y o t g a n i n i qara (Pirimqul Qodirov).



Yüklə 202,82 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə