|
![](/i/favi32.png) O’. A. Farmanov Xatolarni keltirib chiqaradigan asosiy sabablar13051 2 38C6C63CAFD2BEBD9BB131EAC3917CCA57663481
3.3. Xatolarni keltirib chiqaradigan asosiy sabablar
1.
O’zlashtirilayotgan yangi materialga shug’ullanuvchilarning
tayyor emasliklari.
2.
O’rganilayotgan harakat to’g’risida e’tiborsizlik oqibatida
noto’g’ri tushuncha hosil qilish.
3.
O’rgatish
sxemasida
foydalanadigan
mashqlarni
ketma-
ketligining buzilishi.
4.
Koordinatsiya mexanizmlarini har xil sabablarga ko’ra
(shug’ullanuvchilarni birdaniga yuqori natijaga erishishga bo’lgan
urinishlari va hokazo) buzilishi.
Harakat malakasini to’g’ri shakllanishi uchun, harakat strukturasi
to’g’risidagi ma’lumotni kelib turishi. Aniqlanayotgan xatolar o’z
vaqtida, berilgan ko’rsatmalar, qayta ko’rsatishlar va sekin murabbiy
bilan birga bajarish orqali tuzatiladi. Sport mashg’ulotning asosiy
maqsadi - sportchilarni yuqori natijalarga erishtirishdir. Bu maqsadga
erishish uchun, sportchining organizmi yuqori va juda yuklamalarni
ko’tara olishi, hamda shu bilan birga yuqori ish faoliyatini saqlab
qolishi kerak. Shuning uchun mashg’ulot asosida, organizmni
funksional va harakat qilish imkoniyatlarini takomillashtirish, hamda
uni musobaqa sharoitiga moslashishiga etadi. O’yinning ta’sirida va
asosan har xil mashqlarni ishlatish natijasida organizm faoliyatida har
xil o’zgarishlar bo’ladi. Yuklamani berishda kerakli samaraga erishish
uchun, ular sportchi organizmida qanday o’zgarishlarga olib kelishligini
aniq bilishi kerak.
Har qanday yuklama quyidagi sifatlar qiyinligi, intensivligi va
miqdori bo’yicha bo’linadi. Mashg’ulot yuklamasining umumiy
samaradorligiga, bularning har biri o’z xissasini qo’shadi, ammo
jismoniy mashqlar paytida beriladigan metodga ko’proq bog’liqdir.
|
|
|