35
3.4. Jismoniy tayyorgarlik
Jismoniy tayyorgarlik - bu sportchini mashg’ulot jarayonining
asosiy qismi hisoblanib, yuqori sport natijalariga erishishga asos bo’lib
xizmat qiladi. U avvalombor sportchining har tomonlama va maxsus
jismoniy rivojlanishini ta’minlaydigan jarayondir.
Shunga muvofiq
jismoniy tayyorgarlik umumiy va maxsus jismoniy tayyorgarlikka
bo’linadi.
Umumiy jismoniy tayyorgarlik sportchining butun a’zolarini har
tomonlama rivojlanishiga; hamma harakat
mushaklarini rivojlantirish,
organizm a’zolari va bo’limlarini mustahkamlash va ularni funksional
imkoniyatlarini oshirish, harakat koordinatsiyasini yaxshilash qobiliyati,
kuchni, tezkorlikni,
chidamlilikni, chaqqonlikni va egiluvchanlikni
oshirish, gavda tuzilishidagi va qomatdagi kamchiliklarni tuzatishga
yo’naltirilgandir. Bu vazifalarning echilishi
har tomonlama jismoniy
rivojlanishni ko’proq ta’minlaydi. Bunga erishish uchun har xil harakat
faoliyatida ishtirok etuvchi tananing hamma qismlariga, a’zolariga,
bo’limlariga jismoniy mashqlarni tizimli ravishda yaxshi ta’sir etishini
ta’minlash zarur.
Maxsus jismoniy tayyorgarlik - organizmni basketbol o’ynashdagi
ish faoliyatida bevosita zarur bo’ladigan organizmni butun a’zolari va
bo’limlari, hamma funksional imkoniyatlari
juda ham yuqori
rivojlanishga yo’naltirilgandir. Tabiiyki buning uchun mashqlardan
foydalaniladi. Umumiy jismoniy tayyorgarlik uchun har tomonlama
ta’sir qiladigan mashqlardan foydalaniladi.
Har bir jismoniy mashq
organizmga har xil ta’sir qiladi. Bu ko’pincha sport mashg’ulotini bir
nechta vazifasini echishda qo’l keladi. Misol uchun kross yordamida
chidamlilik rivojlantirilib, tirishqoqlikni, qiyinchilikni
engish irodasi
tarbiyalanadi.
Maxsus
jismoniy
tayyorgarlikka-maxsus
yo’naltirilgan
mashqlardan ko’proq foydalaniladi.
Umumiy va maxsus jismoniy tayyorgarlikda asosiy o’rinni kuchga,
tezkorlikka, chidamlilikka va boshqa sifatlar qaratilgan mashqlar
egallaydi. Umumiy va maxsus jismoniy tayyorgarlikni mana shu
tomonlari jismoniy rivojlanishni har tomonlamaligini
hamda yuqori
natijalarga erishishni ma’lum darajada belgilaydi.
Dostları ilə paylaş: