shakllantirish hamda ularning sarflanishi yuzasidan
vakolatga ega davlat
moliya tizimi institutlari budjet-soliq va boshqa moliya dastaklarining
yig‘indisidan iboratdir.
O lim ning fikricha moliya siyosati m exanizm ida davlat moliya
dastaklarining yagonaligi t a ’kidlanadi. Buning asosiy omili sifatida
jam iyatda moliya dastaklarini faqatgina vakolatli davlat moliya insti
tutlari amalga oshirishi keltiriladi.
Mohiyati jihatdan moliya siyosati juda murakkab ham da nozikdir.
Moliya siyosatini ishlab chiqishda mamlakatdagi pul-kredit siyosati,
valuta munosabatlari ham da fond bozoridagi faoliyat ham hisobga
olinadi. Agar moliya siyosatidagi turli tamoyillar umumlashtirilsa, u
holda asosiy tamoyillar quyidagilardan iborat b o ‘ladi:
— har bir jamiyatda obyektiv iqtisodiy qonunlarning mavjudligi
va ularning doimiy ravishda harakatda bo'lishi;
— moliya siyosatining um um iy konsepsiyasini ishlab chiqish, uning
asosiy yo'nalishlari, maqsadi va vazifalarining aniqlab olinishi;
— davlat moliya faoliyatini va iqtisodiyotning boshqa subyektlari
faoliyat ini boshqarish ham d a bu sohada yuksak rivojlangan davlat -
larning tajribasi va mahalliy tajribani oqilona uyg‘unlikda olib borilishga
erishishni t a ’minlash;
— adekvat moliya mexanizm ini tashkil etish.
Yuqoridagilardan xulosa qilish mumkinki, moliya siyosati iqtisodiy
siyosatining tarkibiy qismi boMishi bilan bir qatorda uning har bir
tam oyili maqsadliligi bilan ajralib turadi. Shuning u c h u n moliya
siyosatining asosiy vazifalarini k o ‘rsatib o'tish mumkin:
— jam iyatda imkoniyat darajasida ko‘p miqdordagi moliya resurs-
larini shakllantirishga erishish;
— davlat miqyosida moliya resurslarining taqsimlanishi va sarfla-
nishida oqilona ham da sam arador tizimini shakllantirish;
— jam iyatdagi iqtisodiy rivojlantirish va ijtimoiy jarayonlarni
tartibga solib turish ham da rag‘batlantirishda moliya usullaridan keng
foydalanishni tashkil etish;
— jamiyatdagi m uhim ijtimoiy-iqtisodiy sohalarni rivojlantirish
m aqsadida moliya resurslarining markazlashuvini amalga oshirish;
— moliya tizimida barcha b o ‘g ‘indagi budjetlarning darom ad va
xarajatlarini muvozanatlantirish ham da budjet profisitiga erishish;
— iqtisodiy rivojlantirish b o ‘yicha davlat siyosatidagi strategiya
va m aqsadlarning o'zgarishi asosidagi faol moliya mexanizmini ishlab
chiqish ham d a amalga oshirish;