O zbek isto n respublikasi sog liqni saqlash



Yüklə 3,38 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/383
tarix22.03.2024
ölçüsü3,38 Mb.
#182704
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   383
Ahmedov. anatomiya 2 jild

(ductus mesonephricus) 
nomini oladi.


Birlamchi buyrak homila hayotining ikkinchi oyi oxirida o ‘z vazifa- 
sini ado etib, uchinchi davrdagi doimiy buyrak paydo bo ‘ladi. Volf 
nayi saqlanib qoladi va tanosil a ’zolar taraqqiyotida ishtirok etadi.
3.Doimiy buyrak 
(metanephros) 
homila hayotining 2-oyi oxiri­
da ikki xil manba: metonefrogen to‘qimadan va mezonefros nayi- 
ning siydik nayi o ‘simtasining proksimal uchidan alohida-alohida 
rivojlanadi. Siydik nayi o ‘simtasi yuqori tomonga metanefrosga qa- 
rab o ‘sadi va uchi kengayib, buyrak jomini hosil qiladi. Buyrak jo- 
mi ikkiga bo‘linib katta kosachalami, ular o ‘z navbatida shoxlanib 
kichik kosachalami va ularga qo‘shilgan buyrak naychalarini hosil qi­
ladi. Bulaming hammasi metonefrogen to ‘qima bilan o ‘raladi. Bu to‘- 
qimadan buyrak naychalari 
(nefron naychalari) 
hosil bo‘ladi. Homila 
hayotining 3-oyida doimiy buyrak birlamchi buyrak o‘mini oladi. 
Doimiy buyrakning taraqqiyoti bola tug‘ilganidan so‘ng tugallanadi.
Siydik yo‘li mezonefral nayning o ‘simtasidan hosil bo ‘ladi. Bu 
o ‘simtaning kaudal uchi mezonefral naydan ajrab, qovuqning me­
zonefral nayning kaudal qismidan hosil bo‘ladigan sohasiga ochiladi.
Qovuq homila hayotining 7-haftasida kloaka, allantois va mezo­
nefral naylaming kaudal qismining o ‘zgarishidan hosil b o iad i. 
Homila hayotining 2 - oyida qovuq tubi va uchburchagi allantoisning 
pastki qismi bilan mezonefral naylaming quyadigan qismlari va 
tanasi esa allantoisning o ‘rta qismidan hosil bo ‘ladi. Allantoisning 
pastki qismi esa siydik chiqarish nayiga aylanadi.
Siydik a’zolari taraqqiyotida turli xil o ‘zgarishlar uchrab turadi. 
Bular buyraklar miqdorining o‘zgarishi va buyraklar joylashishining 
o ‘zgarishiga bo‘linadi. Ba’zan buyraklar uchta bo‘ladi. Bunda qo‘- 
chimcha buyrak doimiy buyraklardan birining ostida yoki ikki buyrak 
o‘rtasida, umurtqalar tanasining oldidajoylashganbo‘ladi. Ba’zida esa 
ikki buyrak o ‘mida bitta kattalashgan buyrak hosil bo‘lishi mumkin.
Buyraklar joylashishining o ‘zgarishi 
(distopiya) 
ham bir necha 
holatda bo ‘lishi mumkin. Buyrak pastki bel umurtqasi, yonbosh 
chuqurchasi va chanoq bo‘shlig‘ida ham joylashishi mumkin. 
Bunday joylashish bir tomonlama yoki ikki tomonda uchrashi 
mumkin. Agar ikkala buyrak past joylashgan bo ‘lsa, ulaming uchlari 
o ‘zaro qo‘shilib, taqasimon buyrak hosil bo‘ladi.
6


Qov simfizi sohasida suyaklar o ‘zaro birikmay qolsa, qovuq old 
tomondan ochiq qolishi mumkin 

Yüklə 3,38 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   383




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə