O ’zbekiston respublikasi qishloq va suv xo


Ijtimoiy psixologiyaning asosiy vazifasi



Yüklə 329,48 Kb.
səhifə3/58
tarix22.06.2022
ölçüsü329,48 Kb.
#89927
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   58
Psixologiya-fayllar.org

Ijtimoiy psixologiyaning asosiy vazifasi
– barkamol avlod tarbiyasini 
ta`minlovchi barcha ma`naviy, ruhiy va insoniy munosabatlar mohiyatini tahlil
qilish, ularni boshqarishning eng samarali usullarini hayotga tadbiq etishdir. 
Ijtimoiy tafakkurning, yangicha dunyoqarash va munosabatlartning shakllanishini,
insonning o`ziga va o`zgalarga ta`sir etishning mexanizmlarini o`rganish eng 
dolzarb masalalardandir.



7
Kichik guruhlar va jamoalar psixologiyasi. Bu sohadagi tadqiqot ob


’ektlarida odamlarni


guruhda va yakka holdagi xulq-atvorlarini o`rganish, kichik guruhlarning psixologik 
tuzilishi, ularga ro`y beradigan dinamik jarayonlar (uyushqoqliq, o`zaro moslik va
hokazolar); guruhlardagi peshqadamlik va boshqarish psixologiyasi; konformizm hodisasi
jamoalarning shakllanish shartlari, turli guruhlararo munosabatlar. Guruhlardagi kishilar
o`rtasida o`zaro muloqot, o`zaro bir- biriga ta
’sir usullari, odamlarni samarali muloqotga
o`rgatish ham guruhlar ijtimoiy psixologiyasining muhim vazifasi hisoblanadi.
Ushbu sohani o`rganish tufayli ajralib chiqqan tadbiqiy fan sohalariga ishlab chiqarish
ijtimoiy psixologiyasi va boshqarish psixologiyasi kiradi.
Shaxsni ijtimoiy psixologik jihatdan o`rganish. Shaxs ijtimoiy
psixologik 
tadqiqotlarning ob
’ekti sifatida qaralganda, avvalo uning xulq-atvori, ijtimoiy motivlari, 
uning yo`nalishlari, xulq-atvor normalari, shaxsning jamiyatda turli ijtimoiy rollari, mavqei,
ijtimoiy qo`shilish omillari - ijtimoiylashuvi; shaxsning o`z-o`ziga bahosi, munosabati
hurmati hamda ijtimoiy, tarixiy va madaniy shart-sharoitlarning shaxs ongiga ta
’siri, shaxs 
tiplari o`rganiladi.
Ommaviy ijtimoiy psixologik hodisalar. Ijtimoiy psixologiyaga ommaviy hodisalar 
deganda turli kishilar guruhiga shaxslararo munosabatlar va o`zaro ta
’sir jarayonlari; milliy 
etnopsixologiya hamda sinflar psixologiyasi muammolari; milliy madaniyat, urf-odatlar,
an
’analar, udumlar, aqidalarning shaxs shakllanishidagi roli, olomon psixologiyasiga oid 

psixologik qonuniyatlar; turli guruhlarda odamlarning bir-birini idrok qilishlari va


tushunishlari, o`zaro ta
’sir masalalari tushuniladi. Hozirgi murakkab ijtimoiy hodisalar
sharoitida ommaviy ijtimoiy psixologik qonuniyatlarni bilishning hamda ularni 
boshqarishning ahamiyati juda kattadir.

Yüklə 329,48 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   58




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə