O zbekiston respublikasi



Yüklə 2,8 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə89/94
tarix21.06.2018
ölçüsü2,8 Kb.
#50833
1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   94

267
12345678901234567890123456789012123456789012345678901234567
12345678901234567890123456789012123456789012345678901234567
12345678901234567890123456789012123456789012345678901234567
12345678901234567890123456789012123456789012345678901234567
O‘quv dasturi
mashqlarni bajarish chog`ida o`zini-o`zi muhofaza qilish. Egiluvchanlik
va mushak kuchining rivojlanish darajasini aniqlash.
O`quvchilarga qo`yilgan talablar:
Jismoniy mashqlar bilan shug`ullanish jarayonida salomatlik holatiga
qarab o`zini-o`zi nazorat qilishni bilish, chaqqonlik, chidamlilik,
tezkorlik, kuchlanish mashqlarini rivojlantirish bo`yicha uyga berilgan
vazifani bajarishni bilish, dasturdagi yugurish, sakrash va to`pni uloqtirish
o`quv mezonlarini egallash.
O`quv mezonlari:
1. 60 metrga yugurish:
- o`g`il bolalar - 9,5 - 10,0 - 10,5 soniya;
- qiz bolalar - 10,0 - 10,5 - 11,0 soniya.
2. Yugurib kelib uzunlikka sakrash:
- o`g`il bolalar - 360 - 330 - 280 sm;
- qiz bolalar  -   320 -280 - 250 sm.
3. Yugurib kelib balandlikka sakrash:
- o`g`il bolalar - 110 - 100 - 90 sm;
- qiz bolalar - 100 - 90 - 85 sm.
4. 1000 metrga yugurish:
- o`g`il bolalar - 4,00 - 4,20 - 4,50 daqiqa;
- qiz bolalar - 5,30 - 6,00 - 6,30 daqiqa.
5. To`pni uloqtirish:
- o`g`il bolalar - 39 - 33 - 25 metr;
- qiz bolalar - 25 - 20 - 16 metr
6. 4 X 10 metrga mokisimon yugurish:
- o`g`il bolalar - 10,3 - 10,6 - 11,0 soniya;
-
qiz bolalar - 10,7 - 11,0 - 11,7 soniya.
Uyga beriladigan topshiriqlar:
1. Ertalabki gigiyenik gimnastika (7-8 mashq).
2. O`g`il bolalar 13 daqiqagacha, qiz bolalar 10 daqiqagacha asta-
sekin yugurish.
3. 2 daqiqa davomida arg`amchida sakrash.
4. 10 soniya davomida devorga tayanib turgan holda (2-3 marta)
qadamni tezlashtirib yugurish.
5. 20 metrgacha tepalikka yugurish (3-4 marta).
6. Bir oyoqda ("To`pponcha") o`tirib turish.
7. 1-3 qadamdan yugurib kelib tennis to`pini uzoqqa uloqtirish (20
marta).


268
12345678901234567890123456789012123456789012345678901234567
12345678901234567890123456789012123456789012345678901234567
12345678901234567890123456789012123456789012345678901234567
12345678901234567890123456789012123456789012345678901234567
O‘quv dasturi
BASKETBOL
Nazariy ma`lumotlar:
1. Basketbol o`yinining mini-basketboldan farqi.
2. Jarima to`pini tashlash qoidalarini bajarish.
3. O`zbekistonda va xorijiy mamlakatlarda basketbolning rivojlanganligi
to`g`risida qisqacha ma`lumotlar.
O`quvchilarga qo`yilgan talablar:
To`p bilan orqaga, oldinga aylanishlarni bilib bajarish, to`pni yerga
(polga) urib kelish va to`xtash, qarshi komanda o`yinchisidan to`pni
urib tushirish va tortib olish, to`pni harakatda o`ng va chap qo`l bilan
yelkadan boshqa qo`l yordamida, o`rganilgan usul bilan tushirish, turli
basketbol elementlarini qo`llab ikki tomonlama o`ynash.
O`quv mezonlari:
1. Barcha o`rganilgan basketbol elementlarini bajarish texnikasi
baholanadi.
2. To`pni polga (yerga) urib o`ng va chap qo`l bilan jarima maydonini
aylanib o`tib harakatda bir qo`l bilan xalqaga tashlash.
 12 soniyaga - "5" ball, 15 soniyaga - "4" ball, 20 soniyaga - "3"
(o`g`il bolalar uchun) ball qo`yiladi. 15 soniyaga - "5" ball, 20 soniyaga
- "4" ball, 25 soniyaga - "3" (qizlar uchun) ball qo`yiladi.
3. Jarima to`pini 7 imkoniyatdan o`g`il bolalar, 8 imkoniyatdan
qizlar 4 marta tushirsa - "5" ball, 3 marta tushirsa - "4" ball, 1 marta
tushirsa - "3" ball qo`yiladi.
4. To`pni o`rganilgan usulda o`ng va chap tomondan shitga tekkizib
tushirish (3 imkoniyatdan, 3 metr masofa):
  - 4 martaga - "5" ball, 3 martaga - "4" ball, 2 martaga - "3" ball
o`g`il bolalar uchun;
  - 4 martaga - "5" ball, 2 martaga - "4" ball, 1 martaga - "3" ball qiz
bolalar uchun qo`yiladi.
Uyga beriladigan topshiriqlar:
1. Devorga 45° burchak hosil qilib qo`llarni bukib yozish:
  -  20 martaga - "5" ball, 17 martaga - "4" ball, 12 martaga - "3" ball
o`g`il bolalar uchun;
  - 15 martaga - "5" ball, 12 martaga - "4" ball, 10 martaga - "3" ball
qizlar uchun qo`yiladi.
2. Joyda turib tizzalarni ko`krakgacha ko`tarib sakrash. Ikki
imkoniyatdan 7 marta o`g`il bolalar va 4 martadan qizlar uchun.
3. To`pni bir qo`ldan ikkinchi qo`lga gavdaning atrofidan aylantirib
o`tkazish (5 marta bir tomonga).


269
12345678901234567890123456789012123456789012345678901234567
12345678901234567890123456789012123456789012345678901234567
12345678901234567890123456789012123456789012345678901234567
12345678901234567890123456789012123456789012345678901234567
O‘quv dasturi
VOLEYBOL
Nazariy ma`lumotlar:
Maktabda voleybol o`yini va uning ahamiyati to`g`risida tushuncha
berish. Voleybol bilan shug`ullanishdan oldin va o`yin vaqtida tibbiy
nazoratdan o`tish va tekshirtirib turishni o`rgatish.
O`quvchilarga qo`yilgan talablar:
Voleybol o`ynash, to`pni qabul qilish va qaytarish, qoidalarni bilish,
uy vazifalarini bajarish, ikki tomonlama setkada o`ynashni bilish. 3
urinish orqali setkada 2 guruh o`rtasida o`ynash. Voleybol o`ynash
malakalarini o`stirish uchun to`pni yuqoridan, pastdan, yon tomondan
ikki qo`lda qabul qilib olish va qaytarish, turgan joylarini tezda o`zgartira
olishni o`rgatish. Mushtumda to`pni qaytarish. Pastdan to`g`riga qarab
to`pni uloqtirish. Setkada ikki guruh o`rtasida 3 urinish bilan qoidasiga
rioya qilgan holda bir-birlariga to`pni uzatib o`ynashni o`rgatish.
O`quv mezonlari:
1. Turgan joydan yuqoriga sakrashni baholash: o`g`il bolalarga 45
smga -"5" ball, 44-38 smgacha "4" ball, 37-34 smgacha - "3" ball
qo`yiladi.
Qiz bolalarga 40 sm ga - "5" ball, 35-39 smgacha - "4" ball, 29-34
sm gacha - "3" ball qo`yiladi.
2. To`pni o`z ustidan uzatib o`ynashni baholash: 15 marta to`pni
tushirmasdan o`ynasa - "5" ball, 12 martaga - "4" ball, 10 martaga -"3"
ball qo`yiladi.
3. Pastdan qelgan to`pni ikki qo`lda qabul qilish va qaytarish
mahoratini baholash.
4. To`pni pastdan to`g`riga uzatish: 10 ta uzatishdan, 7 martaga - "5"
ball, 6 martaga -"4" ball, 5 martaga -"3" ball qo`yiladi.
Uyga beriladigan topshiriqlar:
1. Umumrivojlanish mashqlaridan 10-12 tasini bajarish.
2. 6-8 daqiqagacha yugurish.
3. 3-4 marta yo`nalishni o`zgartirgan holda yugurish.
4. Turgan joydan uzunlikka 10-12marta sakrash.
5. 4 daqiqagacha arg`amchida sakrash.
6. Oyoqdan-oyoqqa sakrab yugurish 10-12 marta.
7. Tizzalarni ko`tarib sakrash -10 marta.
8. Ikki oyoqda ko`p marotaba yuqoriga sakrash.
9. Yuqorida osilib turgan narsalarga qo`lni tekkizib 10-12 marta sakrash.
10. Qo`llarga tayanib 15-20 martagacha qo`llarni bukish va yozish.


Yüklə 2,8 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   94




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə