O zbekiston respublikasi



Yüklə 2,8 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə92/94
tarix21.06.2018
ölçüsü2,8 Kb.
#50833
1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   94

276
12345678901234567890123456789012123456789012345678901234567
12345678901234567890123456789012123456789012345678901234567
12345678901234567890123456789012123456789012345678901234567
12345678901234567890123456789012123456789012345678901234567
O‘quv dasturi
3. Polga tayanib qo`lni bukish va yozish 15-20 marta.
4. Ikki ustunga tayanib qo`lni bukish va yozish, qizlar uchun 5-6
marta.
5. Orqa bilan cxalqancha yotib turib o`tirish.
- o`g`il bolalarga -20-24 martagacha;
- qizlarga - 15-16 martagacha.
6. Oyoq uchida sakrash - 5-200 marta, yuqoriga gimnastik sakrash va
yumshoq tushish.
7. Har kuni 300-500 metrga yugurish.
YENGIL ATLETIKA
Nazariy ma`lumotlar:
Shaxsni har tomonlama kamol toptirishda jismoniy tarbiyaning
ahamiyati. Tezkorlik, kuchni o`stiruvchi mashqlarni mustaqil bajarish,
mashqlarni bajarishda o`z o`rtoqlari xavfsizligini ta`minlash qoidalari.
Tamaki va spirtli ichimliklarni iste`mol qilishning zarari. Shikastlanish
vaqtida birinchi yordam ko`rsatish.
O`quvchilarga qo`yiladigan talablar:
Shaxsni har tomonlama kamol toptirishda jismoniy tarbiyaning
ahamiyatini bilish; past va baland startdan chiqib yugurish, yugurib
kelib uzunlikka sakrash, yugurib kelib balandlikka sakrash, yugurib kelib
tennis to`pini masofaga aniq uloqtirish,  100  metr masofaga yugurish,
yugurishda marradan kesib o`tish  usullarini bajarish, mashqni bajarish
vaqtida o`rtog`ini ehtiyot qilish va yordam berishni bilish, chaqqonlik,
kuchlilik va chidamlilik sifatlarini rivojlantirish bo`yicha uyga berilgan
vazifani bajarishni bilish, dasturdagi yugurish, sakrash va to`pni uloqtirish
o`quv me`yorlarini egallash.
O`quv mezonlari:
1. 60 metrga yugurish:
- o`g`il bolalar - 9,2 - 9,7 - 10,3 soniya;
- qiz bolalar - 9,7 - 10,3 - 10,8 soniya.
2. Yugurib kelib uzunlikka sakrash:
- o`g`il bolalar - 380 - 350 - 300 sm;
- qiz bolalar - 330 - 300 - 280 sm.
3. Yugurib kelib balandlikka sakrash:
- o`g`il bolalar - 115 - 105 - 95 sm;
- qiz bolalar - 110 - 100 - 90 sm.


277
12345678901234567890123456789012123456789012345678901234567
12345678901234567890123456789012123456789012345678901234567
12345678901234567890123456789012123456789012345678901234567
12345678901234567890123456789012123456789012345678901234567
O‘quv dasturi
4. 1000 metrga yugurish:
- o`g`il bolalar - 3,50 - 4,10 - 4,40 daqiqa;
- qiz bolalar - 5,20 - 5,50 - 6,20 daqiqa.
5. 2000 metrga yugurish:
- o`g`il bolalar - 10,0 - 10,40 - 11,30 daqiqa;
- qiz bolalar - vaqt hisobga olinmaydi 100-200 metrlarga yugurish,
yurish bilan almashib.
6. To`pni uloqtirish:
- o`g`il bolalar - 42 - 37 - 28 metr;
- qiz bolalar - 27 - 21 - 19 metr.
7. 4 x 10 metrga mokisimon yugurish:
- o`g`il bolalar - 10,0 - 10,3 - 10,6 soniya;
- qiz bolalar - 10,3 - 10,9 - 11,3 soniya.
Uyga beriladigan topshiriqlar:
1. Ertalabki gimnastika.
2. O`g`il bolalar 15 daqiqagacha, qiz bolalar 13 daqiqagacha bir
tekis yugurish.
3. 3 daqiqa davomida arg`amchida sakrash (o`ng, chap, ikki oyoqda).
4. 10 soniya davomida devorga tayanib turgan holda (3-4 marta)
qadamni tezlashtirib yugurish.
5. 20-30 metrli qiya tepaliklarga (qiya zinapoyadan) yugurish (3-4
marta).
6. Oldinga siljish bilan "qurbaqa" sakrash. O`g`il bolalarga - 15 marta,
qiz bolalarga - 10 marta.
7. Bir oyoqda o`tirib turish ("to`pponcha") mashqini bajarish 8-12
marta.
8. 3-5 qadamdan yugurib kelib tennis to`pini uzoqqa uloqtirish (20-
25 marta).
BASKETBOL
Nazariy ma`lumotlar:
1. Basketbol o`yinining taktik tushunchasi.
2. Basketbol o`yini qoidasi.
O`quvchilarga qo`yilgan talablar:
Himoya va hujum taktikasining asoslarini bilish, to`pni ilib olish,
uloqtirish, o`rganilgan usullar yordamida joyni almashtirib, qarama-
qarshi harakatlarda mashq qilish, to`pni polga urib yurish-yugurishda
qarshi jamoa o`yinchisiga (1x1) nisbatan tezlikni va tomonlarni o`zgartirib


278
12345678901234567890123456789012123456789012345678901234567
12345678901234567890123456789012123456789012345678901234567
12345678901234567890123456789012123456789012345678901234567
12345678901234567890123456789012123456789012345678901234567
O‘quv dasturi
harakat qilish, to`pni yaqin masofada to`xtatib, sakrab xalqaga tashlash,
o`quv-mashqi darsida o`yinchini "ushlab" himoya jamoasi o`yinchilari
to`pni egallab olgunga qadar turishni bilish, o`rganilgan basketbol
elementlari yordamida ikki tomonlama o`quv-mashq o`yini.
O`quv mezonlari:
1. Barcha o`rganilgan basketbol elementlari bo`yicha texnikani ballga
topshirish.
2. Sakrab to`pni uloqtirish (shitga urish): 15 marta uloqtirishga - "5"
ball, 12 martaga - "4" ball, 8 martaga - "3" ball (o`g`il bolalar uchun);
8 marta uloqtirishga -"5" ball, 6 martaga -"4" ball, 4 martaga - "3" ball
(qizlar uchun).
3. Jarima to`pini (8 imkoniyatdan) tashlash: 4 marta tushirishga - "5"
ball, 3 ga - "4" ball, 2 ga - "3" ball (o`g`il bolalar va qizlar uchun
talablar bir xil).
4. Usullar birlashmasi:
- harakatda to`pni ilib olish, to`pni ildam aylantirib ketish, to`xtab,
sakrab o`rganilgan usulda xalqaga tashlash;
- to`pni uzatish, otilib chiqish, ilib olish, urib yurish, o`rganilgan
usulda xalqaga tashlash.
Uyga beriladigan topshiriqlar:
1. Qo`llarga tayangan holda bukish va yozish: (o`g`il bolalarga) 12
martaga - "5" ball, 10 ga - "4" ball, 7 ga - "3" ball.
Qo`llarni devorga 45° burchak hosil qilib tayanib bukish va yozish:
(qizlarga) 20 martaga - "5" ball, 15 martaga -"4" ball, 10 martaga - "3"
ball.
2. Bir oyoqda tizzalarni ko`krakka tortib sakrashlar: 7 marta o`g`il
bolalarga, 5 marta qizlarga.
3. To`pni bir qo`ldan ikkinchi qo`lga gavda atrofidan aylantirib uzatish
(10 marta), har bir oyoqda to`pni "sakkiz" shakl yasab uzatish (alohida
5 martadan).
VOLEYBOL
Nazariy ma`lumotlar:
1. O`quvchilarni bir-birlariga qarama-qarshi kolonnalarda ikki qo`llab
to`pni yuqoridan uzatish va bir necha marta o`z ustidan uzatishga o`rgatish.
2. Voleybol to`pini to`r ustida musht bilan urib qaytarish.
3. To`pni pastdan to`g`riga uzatish, uzatilgan to`pni qabul qilish va
qaytarish.


Yüklə 2,8 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   94




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə