O zbekiston respublikasi



Yüklə 2,8 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/94
tarix21.06.2018
ölçüsü2,8 Kb.
#50833
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   94

5
12345678901234567890123456789012123456789012345678901234567
12345678901234567890123456789012123456789012345678901234567
12345678901234567890123456789012123456789012345678901234567
12345678901234567890123456789012123456789012345678901234567
tashkilotlar, Fanlar Akademiyasining tarmoq institutlari va turdosh
oliy ta’lim muassasalari bilan kelishildi.
Bugungi kunda “O‘zstandart” agentligiga topshirilgan 1258 ta Davlat
ta’lim standartlaridan 583 tasi ro‘yxatdan o‘tkazildi va bu jarayon davom
etmoqda.
Kun tartibidagi masalani har tomonlama muhokama qilgan holda,
umumiy o‘rta, o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalari umumta’lim
fanlari hamda oliy ta’limda davom ettiriladigan fanlar dasturlari uzviyligi
va uzluksizligini ta’minlash maqsadida, qo‘shma Hay’at majlisi
Q A R O R   Q I L A D I:
1. Umumiy o‘rta, o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalarida
o‘qitiladigan umumta’lim fanlari hamda oliy ta’limda davom ettiriladigan
fanlar dasturlari uzviyligi va uzluksizligini ta’minlash yuzasidan amalga
oshirilgan ishlar to‘g‘risidagi axborot ma’lumot uchun qabul qilinsin.
2. Respublika ta’lim markazi huzuridagi fanlar bo‘yicha Ilmiy-metodik
kengashlar hamda Oliy va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi yo‘nalishlari
bo‘yicha o‘quv-uslubiy birlashmalar faoliyatini Muvofiqlashtiruvchi
kengash fan komissiyalarining qo‘shma qarorlari bilan tavsiya etilgan
umumiy o‘rta, o‘rta maxsus kasb-hunar ta’limining umumta’lim fanlari
bo‘yicha uzviylashtirilgan o‘quv dasturlari 1-ilovaga asosan tasdiqlansin
va 2010—2011 o‘quv yilidan amaliyotga joriy etilsin.
3. Umumta’lim fanlari bo‘yicha uzviylashtirilgan o‘quv dasturlarini
ta’lim jarayoniga joriy etish bo‘yicha monitoring guruhi 2-ilovada berilgan
tarkibda tasdiqlansin.
4. O‘qituvchilar uchun ishlab chiqilgan taqvim-mavzu rejalarining
namunalari hamda uzviylashtirilgan o‘quv dasturlarini amaliyotga joriy
etish bo‘yicha metodik tavsiyalar 3-ilovaga muvofiq ma’qullansin.
5. Uzviylashtirilgan davlat ta’lim standartlarining sharhlari, o‘quv
dasturlarining mazmun-mohiyatini o‘rganish bo‘yicha umumta’lim
maktablari, akademik litsey va kasb-hunar kollejlari o‘qituvchilarining
o‘quv-seminarlarini o‘tkazish tartibi 4-ilovaga va o‘quv-mavzu rejasi
5-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
6. Umumta’lim maktablarida o‘quv-tarbiya jarayonini rivojlantirish
bosh boshqarmasi (Y.Asadov), Ta’lim muassasalari faoliyatini tashkil


6
12345678901234567890123456789012123456789012345678901234567
12345678901234567890123456789012123456789012345678901234567
12345678901234567890123456789012123456789012345678901234567
12345678901234567890123456789012123456789012345678901234567
etish bosh boshqarmasi (F.Ahmedov), Respublika ta’lim markazi
(I.Zokirov), O‘rta maxsus kasb-hunar ta’limi markazi Ta’lim standartlari
va o‘quv adabiyotlarini takomillashtirish boshqarmasi (R.Nimatov),
Oliy va o‘rta maxsus kasb-hunar ta’limini rivojlantirish markazi
(B.Raximov) ga:
umumta’lim maktablari, akademik litsey va kasb-hunar kollejlari
o‘qituvchilari uchun o‘tkaziladigan o‘quv-seminarlarini belgilangan
muddatlarda yuqori saviyada o‘tkazilishini ta’minlash;
pedagog xodimlarning avgust kengashlarida umumta’lim maktablari,
akademik litsey va kasb-hunar kollejlari o‘qituvchilarining umumta’lim
fanlari bo‘yicha sho‘’ba ishlarini birgalikda tashkil etish;
- joriy yilning 15 avgustiga qadar uzviylashtirilgan davlat ta’lim
standartlarining sharhlari, o‘quv dasturlarini Xalq ta’limi hamda Oliy
va o‘rta maxsus ta’lim vazirliklarining ta’lim portallariga joylashtirish
vazifalari yuklatilsin.
7. Xalq ta’limi vazirligi Moliyalashtirish, buxgalteriya hisobi va hisoboti
boshqarmasi (U.Daulanov), Respublika ta’lim markazi (I.Zokirov),
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi (A.Narimbetov),
O‘rta maxsus kasb-hunar ta’limi markazi buxgalteriya hisobi va hisoboti
boshqarmasi (E.Ermatov) ga:
- ichki imkoniyatlar doirasida hamda homiylarni jalb etgan holda
barcha umumta’lim fanlari bo‘yicha uzviylashtirilgan o‘quv dasturlarini
amaliyotga joriy etish yuzasidan metodik tavsiyalar va taqvim-mavzu
rejalar namunalarini chop ettirish uchun mablag‘larni izlab topish;
- umumta’lim fanlari bo‘yicha uzviylashtirilgan davlat ta’lim
standartlarining sharhlari va o‘quv dasturlarini bosqichma-bosqich
o‘qitish tillari (rus, qoraqalpoq va boshq.) ga tarjima qilish;
- umumta’lim fanlari bo‘yicha uzviylashtirilgan davlat ta’lim
standartlarining sharhlari va o‘quv dasturlari, ularni o‘quv jarayoniga
joriy etish bo‘yicha tayyorlangan metodik tavsiyalar, taqvim-mavzu
rejalar namunalarini har bir ta’lim muassasasiga yetkazish vazifalari
yuklatilsin.
8. Xalq ta’limi vazirligi Ta’lim muassasalari faoliyatini tashkil etish
bosh boshqarmasi (F.Ahmedov), A.Avloniy nomidagi xalq ta’limi
xodimlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish markaziy instituti
(M.Aliyev), Oliy va o‘rta maxsus kasb-hunar ta’limini rivojlantirish


7
12345678901234567890123456789012123456789012345678901234567
12345678901234567890123456789012123456789012345678901234567
12345678901234567890123456789012123456789012345678901234567
12345678901234567890123456789012123456789012345678901234567
markazi (B.Raximov), O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi xodimlarining
malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash instituti (X.Rashidov) va
hududiy pedagog xodimlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish
institutlariga:
- umumta’lim fanlari o‘qituvchilarining malakasini oshirish kurslari
o‘quv rejalarini uzviylashtirilgan davlat ta’lim standartlarining sharhlari
hamda o‘quv dasturlari mazmunidan kelib chiqqan holda qayta ko‘rib
chiqish;
- umumiy o‘rta, o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalariga
uzviylashtirilgan o‘quv dasturlarini ta’lim jarayoniga joriy etish bo‘yicha
amaliy-metodik yordam ko‘rsatish vazifalari yuklatilsin.
9. Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirining birinchi o‘rinbosari
(U.Tashkenbayev) umumiy o‘rta, o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limidagi
umumta’lim fanlari hamda oliy ta’limda davom ettiriladigan fanlar
dasturlari uzviyligi va uzluksizligini ta’minlash maqsadida, qayta
ishlangan va takomillashtirilgan oliy ta’limning o‘quv dasturlari
loyihalarini Oliy va o‘rta maxsus kasb-hunar ta’limi yo‘nalishlari
bo‘yicha o‘quv-uslubiy birlashmalar faoliyatini Muvofiqlashtiruvchi
kengash muhokamasidan o‘tkazish, kelishish va o‘rnatilgan tartibda
tasdiqlatish hamda 2010-2011 o‘quv yilidan amaliyotga joriy etish
yuzasidan tashkiliy-amaliy chora-tadbirlarni ko‘rsin.
10. Qoraqalpog‘iston Respublikasi xalq ta’limi vazirligi, Toshkent
shahri, barcha viloyatlar xalq ta’limi va o‘rta maxsus kasb-hunar ta’limi
boshqarmalariga:
- 2010-2011 o‘quv yilidan umumta’lim fanlaridan uzviylashtirilgan
o‘quv dasturlarini ta’lim jarayoniga joriy etish bo‘yicha aniq tashkiliy-
pedagogik chora- tadbirlarni belgilab, amalga oshirish;
- umumta’lim maktablari, akademik litsey va kasb-hunar kollejlari
o‘qituvchilari uchun o‘tkaziladigan o‘quv-seminarlarining muddatida,
tegishli mutaxassislarni to‘liq jalb etgan holda, yuqori saviyada
o‘tkazilishini ta’minlash;
- har bir ta’lim muassasasini o‘quv dasturlari, taqvim -mavzu
rejalar namunalari va ularni ta’lim jarayoniga joriy etish bo‘yicha metodik
tavsiyalar bilan ta’minlash;


Yüklə 2,8 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   94




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə