O zbekiston respublikasi



Yüklə 2,8 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə8/94
tarix21.06.2018
ölçüsü2,8 Kb.
#50833
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   94

24
12345678901234567890123456789012123456789012345678901234567
12345678901234567890123456789012123456789012345678901234567
12345678901234567890123456789012123456789012345678901234567
12345678901234567890123456789012123456789012345678901234567
Davlat ta’lim standartiga sharh
Mulkchilik turlari, marketing va menejment faoliyatining rivojlanishi.
Zamonaviy ishlab chiqarishning bozor munosabati bilan uzviyligi.
Qishloq xo`jalik asoslari yo`nalishida ishlab chiqarish texnologiyasi va
uning mohiyati. Dehqonchilik va chorvachilik yo`nalishlari bo`yicha
eksport va ichki bozor uchun ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar. Qishloq
xo`jalik ishlab chiqarishini rivojlantirishning intensiv va ekstensiv
yo`nalishlari. Mahsulot ishlab chiqarishni nazorat qilish, o`lchash va
taqqoslash texnologiyasi. Olinadigan daromad va uni taqsimlash qoidalari.
Ishlab chiqarish korxonasida mehnatni unumli tashkil etish, tejamkorlik
va ishbilarmonlik asoslari. Mehnatni ilmiy tashkil etish. Tabiatni muhofaza
qilish va ishlab chiqarish. Dehqonchilik va chorvachilik yo`nalishlariga
oid tanlangan bitta kasb-hunar turini tavsiflash.
Kasbga yo`naltirish asoslari bo`limi: o`quvchilar kasblar tasnifi,
kasblarda mehnat turlarining ta`rifi; qo`l mehnatidan foydalanish bilan
bog`liq bo`lgan kasblar; kasb-hunar egallashda inson salomatligiga
qo`yiladigan talablar; O`zbekistonda uzluksiz ta`lim tizimi, akademik
litsey va kasb-hunar kollejlarining yo`nalishlari, ularning bir-biridan
farqini bilish. O`quvchi-yoshlarni kasb-hunarga yo`naltirish tizimi; kasb
tanlashga doir reja tuzish; kasb tanlashdagi xatolar, qiyinchiliklarning
asosiy xususiyatlari; kasb tanlashda shaxs qiziqish va moyilliklari,
qobiliyatlarini e`tiborga olish; kasb tanlashda onglilik va mustaqillik;
o`z-o`zini tarbiyalash, kasb tanlashning mohiyati; kasblarning
murakkablik omillarini tahlil qilish; o`zi xohlagan kasbga yaroqli
ekanligini aniqlash, o`z ruhiyatidagi kasbga moyillikni tarbiyalash
usullari; kasb egallash va ishga joylashishga doir shaxsiy reja ishlab chiqish
bo`yicha bilim, ko`nikma va malakalarga ega bo`ladilar.
5-sinf
"Texnologiya va dizayn" yo`nalishi bo`yicha o`quvchilar quyidagi
bilimlarga ega bo`lishlari kerak: Metallga ishlov berish texnologiyasi:
metallga ishlov berish ustaxonasining tuzilishi; metallga ishlov berishda
xavfsizlik texnikasi qoidalari; metallning turmushda va xalq xo`jaligidagi
ahamiyati, tuzilishi, turlari, ishlatilish sohalari; metallarning tashqi
ko`rinishi va o`ziga xos belgilari; metallga ishlov berishda qo`l asbob-
uskunalari, moslamalarning tuzilishi va turlari, vazifalari, foydalanish
qoidalari; chilangarlik dastgohi; o`lchash va rejalash asboblari; arralar
va freza turlari; vazifalari, foydalanish qoidalari; o`lchash va rejalash


25
12345678901234567890123456789012123456789012345678901234567
12345678901234567890123456789012123456789012345678901234567
12345678901234567890123456789012123456789012345678901234567
12345678901234567890123456789012123456789012345678901234567
Davlat ta’lim standartiga sharh
asboblari: chizg`ichlar, buklama metr, metall qalam va boshqalar; metallga
ishlov berish stanoklari va ular haqida tushuncha; mashinalarning asosiy
qismlari; stanokda parmalash; metallarga ishlov berish texnologiyasi,
konstruktsiyalash elementlari; yupqa tunuka va simdan buyumlar
tayyorlash; metall buyumlarni harakatsiz va yarim harakatchan biriktirish
turlari; metallarga ishlov berishda qo`llaniladigan xalq hunarmandchiligi
va dizayn elementlari; metallga ishlov berishga oid kasb-hunarlar haqidagi
bilimlarni bilish.
Yog`ochga ishlov berish texnologiyasi: yog`ochning turmushda va
xalq xo`jaligidagi ahamiyati, tuzilishi, turlari, ishlatilish sohalari;
yog`ochlarning tashqi ko`rinishi va o`ziga xos belgilari; yog`ochning
yaroqlilik va yaroqsizlik belgilari; duradgorlikda ishlatiladigan yog`ochlar;
duradgorlik dastgohi, qo`l asboblarining tuzilishi va turlari, ulardan
foydalanish qoidalari; o`lchash va rejalash asboblari; arralar va randalar
turlari; iskanalar, bolta va teshalar; bolg`alar va ularning turlari; egov va
jilvir qog`ozlar tuzilishi hamda turlari; yog`ochga ishlov berish stanoklari;
mashinalarning asosiy qismlari; stanokda parmalash; duradgorlik
buyumlaridan detallarini tayyorlash; duradgorlik birikmalari to`g`risida
ma`lumotlar; yelimlash, mixlar, burama mixlar  va boshqa vositalar
bilan biriktirish; buyumlar yuzasiga qoplamalar yopishtirish; duradgorlik
buyumlarining sirtini pardozlash va detallarni konstruktsiyalash;
yog`ochdan uy-ro`zg`or buyumlari tayyorlashda foydalanish; yog`ochga
ishlov berishda qo`llaniladigan xalq hunarmandchiligi elementlari;
yog`ochga ishlov berishga oid kasb-hunarlar haqidagi bilimlarni egallash.
Elektrotexnika ishlari:  elektr montaj ishlarida ish o`rnini tashkil
qilishni, elektr o`tkazish simlarining turlarini elektr o`tkazgichlarni
montaj qilish izolyatsiyalash ishlarini, elektr asboblarini, sohaga oid
kasb-hunarlar to`g`risida ma`lumotni, elektr o`tkazish simlarini montaj
qilish hamda ish asboblari bilan ishlash usullarini bilish.
Uy-ro`zg`or buyumlarini ta`mirlash: pol qoplamalari va mebellarning
loklangan hamda qoplamali yuzalarini saqlash tadbirlari va kichik
ta`mirlash ishlarini, oyna romlarini kichik ta`mirlash, qishda issiqlikni
saqlash usullarini, xizmat ko`rsatish sohalariga oid kasb-hunar turlarini
bilish.
"Texnologiya va dizayn" yo`nalishi bo`yicha o`quvchilar quyidagi
ko`nikmalarga ega bo`lishlari kerak:
Metallga ishlov berish texnologiyasi: metallarning turlari, xossalari,


Yüklə 2,8 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   94




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə