O zbekiston respublikasi



Yüklə 2,8 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə9/94
tarix21.06.2018
ölçüsü2,8 Kb.
#50833
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   94

26
12345678901234567890123456789012123456789012345678901234567
12345678901234567890123456789012123456789012345678901234567
12345678901234567890123456789012123456789012345678901234567
12345678901234567890123456789012123456789012345678901234567
Davlat ta’lim standartiga sharh
sifatlari, shakllari, o`lchamlari, qo`llanilishi va ishlatilish texnologiyalari
bo`yicha ma`lumotlar asosida laboratoriya ishlarini; metallga ishlov
berishda ishlatiladigan qo`l asboblarini turlarga ajratish va ularning ishga
yaroqliligini aniqlay olish; asboblarni ishga tayyorlash hamda ishlay
olish; metallga ishlov berish stanoklarining tuzilishi, qismlaridagi kuch-
harakatning uzatilish yo`li, stanokni ishga tayyorlay olish; detallar va
buyumlar konstruktiv yechimlarini topa olish; metallarga ishlov berish
jarayonlari bilan uyg`unlashtirilgan xalq hunarmandchiligiga oid ish
usullarini bajara olish.
Yog`ochga ishlov berish texnologiyasi: mahalliy hududda o`sadigan
daraxtlar va ulardan olinadigan yog`och turlarini farqlay olish;
yog`ochlarning sifati, nuqsonlarini ajrata olish; asbob-uskuna va
moslamalarni ishga tayyorlash, foydalanish hamda ta`mirlay olish;
yog`ochga ishlov berish stanoklarining tuzilishi, qismlaridagi kuch-
harakatning uzatilish yo`li, stanokni ishga tayyorlay olish;
tayyorlanmaning eskizi va texnologik xaritasini tuza olish, tanlash, rejalash
va tayyorlash; yog`ochga ishlov berish jarayonlari bilan uyg`unlashtirilgan
xalq hunarmandchiligiga oid ish usullarini bajara olish.
Elektrotexnika ishlari:  elektr montaj ishlarida ish o`rnini tashkil
qilishni, elektr o`tkazish simlarining turlarini, elektr o`tkazgichlarni
montaj qilish, izolyatsiyalash ishlarini, elektr asboblarini, elektr
o`tkazish simlarini montaj qilish hamda ish asboblari bilan ishlash
usullarini amaliy mashg`ulotda qo`llay olish.
Uy-ro`zg`or buyumlarini ta`mirlash: pol qoplamalari va mebellarning
hamda loklangan qoplamali yuzalarini saqlash va kichik ta`mirlash
ishlarini, oyna romlarini kichik ta`mirlash hamda qishda issiqlikni saqlash
usullarini qo`llay olish.
"Texnologiya va dizayn" yo`nalishi bo`yicha o`quvchilar quyidagi
malakalarga ega bo`lishlari kerak:
Metallga ishlov berish texnologiyasi: metalldan buyum va mahsulotlar
tayyorlashda ularning turlari, xossalari, sifatlari, shakllari, o`lchamlari,
qo`llanilishi va ishlatilish texnologiyalarini to`g`ri qo`llay olish; metallga
ishlov berishda qo`l asboblaridan bajariladigan mehnat jarayoni
xususiyatidan kelib chiqib to`g`ri foydalanish; asboblarni ishga tayyorlash
va saqlash qoidalariga rioya qilish; metallga ishlov berish stanoklarini
bajariladigan jarayoni xususiyatiga ko`ra ishga tayyorlash; metallarga ishlov


27
12345678901234567890123456789012123456789012345678901234567
12345678901234567890123456789012123456789012345678901234567
12345678901234567890123456789012123456789012345678901234567
12345678901234567890123456789012123456789012345678901234567
Davlat ta’lim standartiga sharh
berishda xalq hunarmandchiligi elementlarini qo`llash.
Yog`ochga ishlov berish texnologiyasi: mahalliy hududda o`sadigan
daraxtlar va ulardan olinadigan yog`och turlarini farqlash; yog`ochlarning
sifatini va ularning nuqsonlarini aniqlash; asbob-uskuna va moslamalarni
ishga tayyorlash, foydalanish va ta`mirlash; tayyorlanmaning eskizi va
texnologik xaritasini tuzish, tanlash, rejalash va tayyorlash; yog`ochga
ishlov berish jarayonlari bilan uyg`unlashtirilgan xalq
hunarmandchiligiga oid ish usullarini bajarish.
Elektrotexnika ishlari: elektr o`tkazish simlarini montaj qilish hamda
ish asboblari bilan ishlash usullarini o`rganish.
Uy-ro`zg`or buyumlarini ta`mirlash: pol qoplamalari va mebellarning
hamda loklangan qoplamali yuzalarini saqlash tadbirlari va kichik
ta`mirlash usullarini o`rganish.
"Servis xizmati" bo`yicha o`quvchilar quyidagi bilimlarga ega
bo`lishlari kerak:
Pazandachilik asoslari: pazandachilik o`quv xonasida xavfsizlik
texnikasi qoidalari va sanitariya gigiyena talablari, pazandachilik tarixi va
taraqqiyoti, oziq-ovqat mahsulotlarining ozuqaviy qiymatini inson
organizmi uchun ahamiyatini bilish. O`zbek milliy oshxonasining o`ziga
xos xususiyatlari va rivojlanishi, oshxonada ishlaganda shaxsiy gigiyena
qoidalarini bilish.  Plita, muzlatgich, idish-tovoq, yuvish moslamalari,
oshxona stollari, quritgich moslama, shkaflar haqida umumiy tushuncha.
Plita turlari, tuzilishi va foydalanish qoidalarini bilish.  Tuxum va uning
ozuqaviy qiymati, pishirish usullari, dasturxonga tortish qoidalari,
buterbrod va issiq ichimlik turlarini tayyorlash. Kundalik ovqatlanish
uchun dasturxon bezashni, sabzavotlardan yaxna taomlar tayyorlash,
ularning sifatiga va saqlanishiga qo`yiladigan talablar, yaxna taomlarni
did bilan bezatib, dasturxonga tortish tartibi, ochiq, yopiq va gazak
uchun tayyorlangan (ka-na-pe) buterbrodlarni tayyorlash va dasturxonga
tortish tartib-qoidasi, sanitariya-gigiyena, xavfsizlik qoidalariga rioya
qilishni bilish. O`zbek milliy oshxonasining rivojlanish tarixi, uning
taomlari, tasnifi hamda taomlarning tayyorlanishidagi o`ziga xos
xususiyatlari. "Tvorogli", "Murabboli" blinchiklar tayyorlash tartibi va
dasturxonga tortishni bilish. Pazandachilikka oid kasb-hunarlar haqidagi
bilimlarni bilish.
Gazlamaga ishlov berish texnologiyasi: xavfsizlik texnikasi qoidalari


28
12345678901234567890123456789012123456789012345678901234567
12345678901234567890123456789012123456789012345678901234567
12345678901234567890123456789012123456789012345678901234567
12345678901234567890123456789012123456789012345678901234567
Davlat ta’lim standartiga sharh
va sanitariya-gigiyena talablari, tabiiy tolali gazlamalardan: paxta va zig`ir
tolalardan to`qilgan gazlamalar, ularning xususiyatlarini bilish. Qo`l
ishlari va uni bajarishda ishlatiladigan asbob-uskunalar haqida umumiy
ma`lumot va namunalar tayyorlashni bilish. Ushlagich tayyorlash,
dazmol bilan ishlash, dazmollash usullarini bilish. Qo`l yuritmali tikuv
mashinasining asosiy tuzilishi va ishlash tartibi, tikuv mashinasini
ishga   tayyorlash,   mashinada  i psiz tikishni bilish.   Bichish  va   tikish
haqida ma`lumot, gavdadan o`lchov olish, masshtab lineyka, fartuk va
bog`ichli qalpoqcha chizmasini chizish, fartuk va bog`ichli qalpoqchani
modellashtirish va andoza tayyorlash, fartuk va bog`ichli qalpoqcha bichish,
bog`ichli qalpoqchani tikish, fartukni tikish, dazmollash usullarini
bilish. Xalq hunarmandchiligi to`g`risida umumiy ma`lumot. Milliy
kiyimlar haqida tushuncha. Kashtachilikda ishlatiladigan asbob-uskunalar,
ishlatiladigan naqshlar, rang tanlashni va choklardan  namunalar tikishni
bilish. Milliy o`yinchoq (qo`g`irchoq) turlari, ishlatiladigan asbob-
moslamalar, gazlamalar va ularni turlari. Qo`g`irchoq andozasini
tayyorlash, andozani gazlama ustiga joylashtirish, bichish va tikishni
bilish. To`qish uchun asbob-moslamalar. To`qish usullaridan foydalanib,
namunalar to`qish. XTQ va sanitariya-gigiyena talablari. Ko`zoynak uchun
g`ilof to`qishni bilish. Gazlamaga ishlov berishga oid kasb-hunar turlari
to`g`risidagi ma`lumotlarga ega bo`ladilar.
Buyumlarni ta`mirlash texnologiyasi; Turli chokidan so`kilgan
buyumlarni ta`mirlab, tikishni bilish.
"Servis xizmati" bo`yicha o`quvchilar quyidagi ko`nikmalarga ega
bo`lishlari kerak:
Pazandachilik asoslari: oshxonada ishlaganda shaxsiy gigiyena
qoidalari; plita turlari va foydalanish qoidalari; tuxumning pishirish
usullari, dasturxonga tortish qoidalari, buterbrod va issiq ichimlik turlarini
tayyorlay olish; kundalik ovqatlanish uchun dasturxon bezashni,
sabzavotlardan yaxna taomlar; ochiq, yopiq va gazak uchun tayyorlangan
(ka-na-pe) buterbrodlarni tayyorlash va dasturxonga tortish qoidalarini
bajara olish;
Gazlamaga ishlov berish texnologiyasi: xavfsizlik texnikasi qoidalari
va sanitariya-gigiyena talablari; tabiiy tolali gazlamalardan paxta va zig`ir
tolalardan to`qilgan gazlamalarning xususiyatlari; qo`l choklaridan


Yüklə 2,8 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   94




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə