O zbekiston respublikasi



Yüklə 2,8 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə12/94
tarix21.06.2018
ölçüsü2,8 Kb.
#50833
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   94

35
12345678901234567890123456789012123456789012345678901234567
12345678901234567890123456789012123456789012345678901234567
12345678901234567890123456789012123456789012345678901234567
12345678901234567890123456789012123456789012345678901234567
Davlat ta’lim standartiga sharh
tikish  texnologiyasi,  andoza    tayyorlash,  zaruriy gazlama,  i plar  tanlash,
sumkachani bichish, sumkacha bo`laklariga tanlangan naqsh
elementlarini biser, piston yordamida tikish, qiz bolalar sumkacha
bo`laklariga tanlangan naqsh elementlarini biser, piston bilan tikib,
tugatish, bo`laklarni bir-biriga ulash, ishni yakunlash qoidalarini bilish.
Buyumlarni ta`mirlash texnologiyasi: Kiyimni tuzatish ishlarini,
kiyimga qarab turish qoidalari va  yamoq solishni bilish.
"Servis xizmati" bo`yicha o`quvchilar quyidagi ko`nikmalarga ega
bo`lishlari kerak:
Pazandachilik asoslari: pazandachilik xonasini jihozlanishiga va ishlash
uchun sanitariya-gigiyena talablari, oshxona asboblarida metall, chinni,
sopol, plastmassa, shisha idishlardan to`g`ri foydalanish qoidalari,
tvorojnik, pudring tayyorlash va dasturxonga tortish tartib- qoidalari,
yog`li qatlanib, tayyorlangan xamirdan "Somsa" pishirish, o`zbek milliy
(suyuq ovqatlarni) tayyorlash texnologiyasi va dasturxonga tortish talablari,
milliy taomlardan "Mastava" tayyorlash, tushlik  uchun dasturxon tuzash,
o`zbek milliy taomlaridan parxez taomlar tayyorlash, suyuq va quyuq
taomlar tayyorlash va dasturxonga tortish qoidalarini bajara olish.
Gazlamaga ishlov berish texnologiyasi: jun va    i pak    gazlamalarining
xossalarini aniqlay olish, "Molniya" taqilmasini tika olish, oyoq yuritmali
tikuv mashinasini ishlashga tayyorlay olish, ichki kiyim choklaridan
namunalar; yubka chizmasini chizish, andoza tayyorlash, bichish va
tikish  ko`nikmalarini egallash; zar  i pni o`rash,  kartonga     naqsh
(gul) ni tushirish va qirqish, zamindo`zi va guldo`zi usulida choynak
yopqich tika olish; nozmunchoqdan gul, geometrik va boshqa shakllarni
to`qiy olish; milliy bosh kiyimlardan do`ppi va qiz bolalar sumkachasini
tika olish.
Buyumlarni ta`mirlash texnologiyasi: yamoq solish qoidasi asosida
buyumga yamoq solish ko`nikmasini egallash.
"Servis xizmati" bo`yicha o`quvchilar quyidagi malakalarga ega
bo`lishlari kerak:
Pazandachilik asoslari: pazandachilik xonasini jihozlanishiga
qo`yiladigan talablar; sanitariya-gigiyena talablari va xavfsizlik texnikasi
qoidalari, oshxona asboblarida metall, chinni, sopol, plastmassa, shisha
idishlardan to`g`ri foydalanish, sovutgich va muzlatgich, termos,


36
12345678901234567890123456789012123456789012345678901234567
12345678901234567890123456789012123456789012345678901234567
12345678901234567890123456789012123456789012345678901234567
12345678901234567890123456789012123456789012345678901234567
Davlat ta’lim standartiga sharh
mikroto`lqinli elektrpech, ko`pirtirgichlardan foydalanish qoidalari,
turli pishiriqlar tayyorlash va dasturxonga tortish tartib-qoidalari, yog`li
qatlanib, tayyorlangan xamirdan "Somsa" pishirish; o`zbek milliy
(suyuq)  taomlar tayyorlash texnologiyasi va dasturxonga tortish talablari;
milliy taomlardan "Mastava" tayyorlash; tushlik  uchun dasturxon tuzash;
o`zbek milliy taomlaridan parxez taomlar tayyorlash, suyuq va quyuq
taomlar tayyorlash va dasturxonga tortish.
Gazlamaga ishlov berish texnologiyasi: jun va ipak gazlamalarining
xossalarni aniqlash; "Molniya" taqilmasini tikish; oyoq yuritmali tikuv
mashinasini ishga tayyorlash; ichki kiyim choklaridan namunalar tikish;
yubka chizmasini chizish, andoza tayyorlash, bichish va tikish; zar
i pni o`rash,  kartonga   naqsh  (gul)ni tushirish  va     qirqish,   zamindo`zi
va guldo`zi usulida choynak yopqich tikish, nozmunchoqdan gul,
geometrik va boshqa shakllarni to`qish; milliy bosh kiyimlardan do`ppi
tikish; qiz bolalar sumkachasini tikish.
Buyumlarni ta`mirlash texnologiyasi: Yamoq solish.
Qishloq xo`jaligi asoslari yo`nalishi bo`yicha quyidagi bilimlarga
ega bo`lishlari kerak: tuproqning turi va sifatini, hosildorligini aniqlash
usullarini, mahalliy hududda keng tarqalgan qishloq xo`jaligi ekinlarining
agrotexnika jarayonlarini, o`simliklarni parvarish qilish va oziqlantirish
qoidalarini, o`simliklarning o`sish tezligi va sog`lomligini nazorat qilish
usullarini bilish; qishloq xo`jaligida ishlatiladigan texnika turlarini va
ular haqida ma`lumotlarni, yerga ishlov beruvchi qo`l va
mexanizatsiyalashtirilgan qurollarni, ularning tuzilishi va ishlash
tamoyillarini, yer tekislash traktori, kultivatorning turlarini,  tuzilishini
va vazifalarini bilish; mahalliy hududda kengroq tarqalgan qishloq xo`jalik
yo`nalishlari: bog`dorchilik, uzumchilik, gulchilik va boshqalar haqida
umumiy ma`lumotlarni bilish; chorvachilikka doir boshlang`ich
ma`lumotlarni, chorvachilik, otlar, quyonlarni o`stirish, baliqchilik
xo`jaliklaridagi ish jarayonlarini, mahsulot va estetik vazifalariga ko`ra
hayvonlarni parvarishlashni, quyonlar, qo`ylar va parrandalarni o`stirish
texnologiyasini,  hayvonlarga ozuqa tayyorlash va ularni boqishni, ozuqa
turlarini, ularning xususiyatlarini va sifatini aniqlash usullarini bilish.
Elektrotexnika ishlari: bitta xonani yoritish zanjir sxemasini, maishiy
elektr asboblarini elektr manbaiga ulashni, ularning atrof-muhit va


37
12345678901234567890123456789012123456789012345678901234567
12345678901234567890123456789012123456789012345678901234567
12345678901234567890123456789012123456789012345678901234567
12345678901234567890123456789012123456789012345678901234567
Davlat ta’lim standartiga sharh
inson sog`ligiga ta`sirini, elektr energiyasini tejamli ishlatish usullarini,
elektrotexnik hamda elektron uskunalarni ishlab chiqarish, ishlatish va
ularga xizmat ko`rsatishga oid kasb-hunarlar to`g`risida ma`lumotni
bilish.
Uy-ro`zg`or buyumlarini ta`mirlash: yurtimiz me`morchiligi tarixiga
oid qisqacha ma`lumotlarni, xona inter’yeri va jihozlanish dizayniga
talablarini, sohaga oid yurtimizda tarkib topgan an`analar hamda
zamonaviy taraqqiyot yo`nalishlarini, o`quv xonalarida mebel,
qo`shimcha jihozlarni joylashtirish sxematik tasviri eskizini tayyorlashni
bilish. Tayyorlangan  eskiz asosida xonalarni jihozlay olish.
Qishloq xo`jaligi asoslari yo`nalishi bo`yicha o`quvchilar quyidagi
ko`nikmalarga ega bo`lishlari kerak: tuproqning turi, sifati va
hosildorligini aniqlay olish; o`simlikliklarning o`sish tezligi va
sog`lomligini nazorat qilish usullarini egallay olish; qishloq xo`jaligida
ishlatiladigan yerga ishlov beruvchi qo`l va mexanizatsiyalashtirilgan
qurollardan ish jarayonida qo`llay olish; mahalliy hududda keng tarqalgan
asosiy yo`nalishlar (bog`dorchilik, uzumchilik, gulchilik va boshqalar)
faoliyatining ish usullarini egallay olish; chorvachilikda (mahalliy hudud
asosida) quyonlar, baliqchilik xo`jaliklaridagi ish jarayoni, parvarishlash
usullarini egallay olish.
Elektrotexnika ishlari: maishiy elektr asboblarini elektr manbaiga
ulashni, ularning atrof-muhit va inson sog`ligiga ta`sirini, elektr
energiyasini tejamli ishlatish usullarini, elektrotexnik hamda elektron
uskunalarni ishlata olish.
Uy-ro`zg`or buyumlarini ta`mirlash: xona inter’yeri hamda jihozlanish
dizayniga talablarini, o`quv xonalarida mebel hamda qo`shimcha jihozlarni
joylashtirish sxematik tasviri va eskizlarini tayyorlashni taklif etilgan
yechimlar asosida xonalarni jihozlay olish.
Qishloq xo`jaligi asoslari yo`nalishi bo`yicha o`quvchilar quyidagi
malakalarga ega bo`lishlari kerak: mahalliy tuproq hosildorligini
aniqlash; qishloq xo`jaligida ishlatiladigan texnika turlarini ish faoliyatida
qo`llash; mahalliy hududda kengroq tarqalgan qishloq xo`jalik
yo`nalishlari  bo`yicha amaliy ishlarni bajarish; chorvachilik, otlar,
quyonlar o`stirish, baliqchilik xo`jaliklaridagi ish jarayonlarini


Yüklə 2,8 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   94




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə