O zbekiston respublikasi



Yüklə 2,8 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə13/94
tarix21.06.2018
ölçüsü2,8 Kb.
#50833
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   94

38
12345678901234567890123456789012123456789012345678901234567
12345678901234567890123456789012123456789012345678901234567
12345678901234567890123456789012123456789012345678901234567
12345678901234567890123456789012123456789012345678901234567
Davlat ta’lim standartiga sharh
boshqarish; mahsulotlarni tayyorlashda va hayvonlarni parvarishlashda
sanitariya-gigiyena talablari va xavfsizlik texnikasi qoidalariga rioya qilish.
Elektrotexnika ishlari: bitta xonani yoritish zanjir sxemasini
o`rganish; stol lampasini elektr zanjirini tuzish va tayyorlash.
Uy-ro`zg`or buyumlarini ta`mirlash: o`quv xonalarida mebel hamda
qo`shimcha jihozlarni joylashtirish sxematik tasviri hamda eskizlarini
tayyorlash; taklif etilgan yechimlar asosida xonalarni jihozlash.
7-sinf
"Texnologiya va dizayn" yo`nalishi bo`yicha o`quvchilar quyidagi
bilimlarga ega bo`lishlari kerak:
Metallga ishlov berish texnologiyasi: rangli metallar va ularning
qotishmalarini mexanik xossalari; tayyorlanadigan buyumlar; yupqa
tunukalar, sim turlari, undan yasaladigan detallar; sterjen, tunuka va
simlarni qirqish, bukish va to`g`rilash asboblaridan foydalanish;
shtangentsirkul, nutromer, shablonlar, mikrometrning tuzilishi va
o`lchash usullari; nonius bilan hisoblash; o`lchash asboblari yordamida
aniqlik sinflarini tekshirish; frezerlash, tokarlik, parmalash, charxlash
stanoklarining vazifasi, tuzilishi va ishlash qoidalari; charxlash usullari;
tokarlik, frezerlash stanoklarida detallarga ishlov berish texnologiyasi;
metallardan tayyorlanadigan buyumlarga, detallarga ishlov berish,
konstruktsiyalash elementlari; mahsulot tayyorlashda rang va ranglar
uyg`unligini xis qilish; xromatik va axromatik ranglar; ranglarning inson
psixologiyasiga ta`siri; rang va muhit; rangli metallarga ishlov berishga
oid xalq hunarmandchiligi turlari bo`yicha ish usullarini bilish.
Yog`ochga ishlov berish texnologiyasi: yog`ochning kimyoviy va
texnologik xossalari; yog`ochning haroratga, namlikka,
mikroorganizmlarga va boshqa ta`sirlarga chidamliligini ta`minlashga xizmat
qiluvchi materiallar; yog`ochni quritish va saqlash qoidalari; yog`ochdan
tayyorlangan buyumlarga pardoz berishda ishlatiladigan materiallar;
yog`ochga ishlov berishda qo`l asboblaridan foydalanish texnologiyasi;
tokarlik, parmalash stanoklarining vazifasi, tuzilishi va ular bilan ishlash
qoidalarini, tokarlik stanogida detallarga ishlov berish texnologiyasi;
yog`ochga ishlov berish texnologiyasi; uy-ro`zg`or, turmushda va
maktabda qo`llanilayotgan texnika va konstruktsiyalash elementlari;
eskizlar asosida buyumlar tayyorlash; shakli silindrsimon, konussimon
va fasonli, burchakli sathlar birikuvidan hosil qilingan detallar;


39
12345678901234567890123456789012123456789012345678901234567
12345678901234567890123456789012123456789012345678901234567
12345678901234567890123456789012123456789012345678901234567
12345678901234567890123456789012123456789012345678901234567
Davlat ta’lim standartiga sharh
chizmalarda texnik talablarni ifodalanish qoidalari; buyumlarning tashqi
shaklini dizayn talablari asosida o`rganish va baholash; buyum shaklining
xarakteristikasi; simmetriya va assimetriya; yog`och va metallga ishlov
berishni uyg`unlashtiruvchi xalq hunarmandchiligi turlari bo`yicha ish
usullarini bilish.
Elektrotexnika ishlari: kavsharlash asosida elektr montaj ishlarini
bajarish, ish o`rni tashkil etishni, kavsharlashda simlar, kavshar, flyuslar
turlarini, kavsharlash asosida elektr montaj ishlarini bajarish, ish asboblari
hamda ish usullarini, elektr montaj ishlari va asboblarini ishga tayyorlash.
Mazkur yo`nalishlar bilan bog`liq kasb-hunar turlarini bilish.
Uy-ro`zg`or buyumlarini ta`mirlash: shahar va qishloq uylarida suv,
gaz, elektr energiyasi, issiqlik ta`minoti tizimi va undan foydalanish
qoidalarini, uy va xonalarni ta`mirlash ishlarining asosiy turlarini,
ta`mirlashda qo`llaniladigan zamonaviy qurilish materiallarini, uy va
xonalarni ta`mirlashda qo`llaniladigan asosiy ish asboblarini, qurilish
va ta`mirlash bilan bog`liq kasb-hunarlar to`g`risida ma`lumotni bilish.
 "Texnologiya va dizayn" yo`nalishi bo`yicha o`quvchilar quyidagi
ko`nikmalarga ega bo`lishlari kerak:
Metallga ishlov berish texnologiyasi: metallarga chilangarlik va tokarlik
ishlov berish turlari va usullari; sterjen, tunuka, simlarga ishlov berish
asboblarini ishga tayyorlash va ular bilan ishlash; metallga ishlov berish
asboblari turlari haqida ma`lumotlarni aniqlash va referat yozish; tokarlik,
frezerlik, parmalash va charxlash stanoklarida oddiy jarayonlarni bajarish;
uy-ro`zg`or, turmush va maktab uchun  metall materiallardan buyumlar
tayyorlash; texnologik xaritalar tayyorlash, chizish, foydalana olish.
Yog`ochga ishlov berish texnologiyasi: yog`ochlar va ularga ishlov
berish materillarini turlarga ajratish va xususiyatlarini aniqlash; yog`ochga
qo`lda ishlov berish asboblarini ishga tayyorlash hamda ish joyini tashkil
qilish; yog`ochga ishlov berishda tokarlik  va parmalash stanoklarida
jarayonilarini bajarish; konussimon va fason burchak sathli detallarni va
ularning eskizlarini tuzish va chizmalarini tayyorlash; tayyorlanadigan
detallar texnologik xaritalari; yog`och va metallga ishlov berishni
uyg`unlashtiruvchi xalq hunarmandchiligi turlari bo`yicha ish usullari
asosida buyumlar tayyorlay olish.
Elektrotexnika ishlari: kavsharlash asosida elektr montaj ishlarini
bajarish ish o`rni tashkil eta olish, kavsharlashda simlar, kavshar, flyuslar


40
12345678901234567890123456789012123456789012345678901234567
12345678901234567890123456789012123456789012345678901234567
12345678901234567890123456789012123456789012345678901234567
12345678901234567890123456789012123456789012345678901234567
Davlat ta’lim standartiga sharh
turlarini, kavsharlash asosida elektr montaj ishlarini bajarish, ish asboblari
hamda ish usullarini, elektr montaj ishlari va asboblarni ish jarayoniga
tayyorlay olish.
Uy-ro`zg`or buyumlarini ta`mirlash: shahar va qishloq uylarida suv,
gaz, elektr energiyasi, issiqlik ta`minoti tizimi hamda undan foydalanish
qoidalarini, uy va xonalarni ta`mirlash ishlarining asosiy turlarini,
ta`mirlashda qo`llaniladigan zamonaviy qurilish materiallarini, uy va
xonalarni ta`mirlashda qo`llaniladigan asosiy ish asboblaridan foydalana
olish.
 "Texnologiya va dizayn" yo`nalishi bo`yicha o`quvchilar quyidagi
malakalarga ega bo`lishlari kerak:
Metallga ishlov berish texnologiyasi: chilangarlik va tokarlikda
metallarga  ishlov berish usullarini bajarish; tokarlik, frezerlik, parmalash
va charxlash stanoklarida oddiy jarayonlarni bajarish; uy-ro`zg`or,
turmush va maktab uchun  metall buyumlar materiallardan buyumlar
tayyorlash; texnologik xaritalar tayyorlash, chizish, foydalanish.
Yog`ochga ishlov berish texnologiyasi: yog`ochga qo`lda ishlov berish
asboblarini ishga tayyorlash hamda ish joyini tashkil qilish; yog`ochga
ishlov berishda tokarlik  va parmalash stanoklarida jarayonlarni bajarish;
konussimon va fason burchak sathli detallarni va ularning eskizlarini
tuzish va chizmalarini tayyorlash; tayyorlanadigan detallarni texnologik
xaritalarini; yog`och va metallga ishlov berishni uyg`unlashtiruvchi xalq
hunarmandchilik turlari bo`yicha ish usullari asosida buyumlar tayyorlash.
Elektrotexnika ishlari: elektr montaj ish asboblari turlari va ularda
ishlash usullarini o`rganish; elektr bilan ishlovchi sodda uskuna va jihozlar
(Svetofor, girlyanda va b.) tayyorlash.
Uy-ro`zg`or buyumlarini ta`mirlash: shahar va qishloq uylarida suv,
gaz, elektr energiyasi va issiqlik ta`minoti tizimining sxematik tasvirini
tayyorlash; suv ta`minoti tizimi, suv quvurlari, ventil va jo`mraklarni
sozlashda mayda ta`mirlash ishlarini bajarish.
"Servis xizmati" bo`yicha o`quvchilar quyidagi bilimlarga ega
bo`lishlari kerak:
Pazandachilik asoslari: Go`sht va go`shtli mahsulotlarning ozuqaviy
qiymati, ahamiyati; baliq va baliq mahsulotlarining ozuqaviy qiymati,
ahamiyati va mohiyati; go`sht va baliq turlari, ularning sifatiga bo`lgan


Yüklə 2,8 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   94




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə