O zbekiston respublikasi



Yüklə 2,8 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə21/94
tarix21.06.2018
ölçüsü2,8 Kb.
#50833
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   94

61
12345678901234567890123456789012123456789012345678901234567
12345678901234567890123456789012123456789012345678901234567
12345678901234567890123456789012123456789012345678901234567
12345678901234567890123456789012123456789012345678901234567
O‘quv dasturi
yasash. Rasm uchun ramka tayyorlash. Qog`ozdan gullar, pape-mashe
usulidan idishlar, hajmdor gul, applikatsiya usulida bayramlarga
tabriknomalar yasash.
Gazlama va tolali materiallar bilan ishlash (7 soat)
Chok turlaridan foydalanib, kartondan guldon, chovgum ushlagich,
yumshoq o`yinchoq tikish. To`qish turlari haqida ma`lumot, to`qishning
oddiy usullari, turli geometrik shaklarni to`qish.
Texnik modellash 2 soat
Turli harakatli o`yinchoqlar  yasash.
Plastilin va loy bilan ishlash (3 soat)
Plastilin yoki loydan turli idishlar, hayvonlar, o`yinchoqlar  yasash
Turli materiallar bilan ishlash (2 soat)
Tabiiy materiallardan turli o`yinchoq yasash. Chiqindi materiallardan
turli o`yinchoqlar yasash.
Badiiy qurish-yasash (7 soat)
Tabiiy xom ashyolardan applikatsiya usulida, urug`lardan mozaika
qurish - yasash. "Qush bolasi bilan" kompozitsiyasini qurish-yasash.
"Yil fasllari" manzarasini qurish-yasash.
4-sinf
Qog`oz va karton bilan ishlash (10 soat)
Mehnat ta`limi darslarida ish qurollaridan xavfsizlik qoidalari asosida
unumli foydalanish. Qog`ozlarni turli ko`rinishda murakkab shakllarda
buklab, o`yinchoqlar yasash. Turli bayramlarga applikatsiya usulida
tabriknoma  tayyorlash. Duradgorlik, temirchilik kasb-hunarlari haqida
ma`lumot. Qog`ozdan turli buyumlar savat, qaldirg`och, kabutar, xo`roz
yasash. Qorbobo ustaxonasida archa bezaklarini yasash. "Kuz" manzarasini
applikatsiya usulida ishlash. To`g`ri to`rtburchak ichida applikatsiyadan
foydalanib, naqsh tuzish. Gilamdagi naqshlar. Kulolchilik kasbi haqida
ma`lumot. Pape-mashe usulida kosa yasash. Xamir tayyorlashga o`rgatish
(qog`ozdan chuchvara).


62
12345678901234567890123456789012123456789012345678901234567
12345678901234567890123456789012123456789012345678901234567
12345678901234567890123456789012123456789012345678901234567
12345678901234567890123456789012123456789012345678901234567
O‘quv dasturi
Gazlama va tolali materiallar bilan ishlash (7 soat)
Chok turlari, yumshoq o`yinchoqlar tikish, to`qish  haqida
ma`lumot, to`qishda ishlatiladigan asbob-uskunalar, ulardan foydalanish
va xavfsizlik qoidalari, to`qish usullari. Gazlama gullaridan applikatsiya
usulida guldasta tayyorlash. Ipdan o`yinchoq yasash.
Texnik modellash  (2 soat)
Uchuvchi, suzuvchi va harakatlanuvchi  texnik modellar yasash.
Plastilin va loy bilan ishlash (5 soat)
Plastilin bilan ishlash. Ertak qahramonlarini yasash. Oshxona jihozlari
bilan tanishtirish. Plastilindan oshxona jihozlarini yasash. Uy-ro`zg`or
buyumlari bilan tanishtirish. Plastilindan uy-ro`zg`or buyumlarini yasash.
Turli materiallar bilan ishlash (5 soat)
Kuzgi gullarga qarab donlardan, urug`lardan  gul, tabiiy material,
xom ashyolardan gullar yasash. Gullarni o`stirish.
Badiiy qurish-yasash (5 soat)
Urug`lardan mozaika usulida turli hayvonlarni qurish-yasash. Mustaqil
ravishda tabiiy xom ashyolardan kvadrat ichida naqsh qurish- yasash.
Duradgorlik asboblari bilan tanishtirish. Turli idishlar yasash va uni
bezash. Geometrik shakllardan "Kuz" manzarasini qurish-yasash.
5-sinf
"Texnologiya va dizayn" yo`nalishi
Metallga ishlov berish texnologiyasi (18 soat)
Umumiy tushunchalar (2 soat)
Shakllantiriladigan bilimlar: Metallga ishlov berish ustaxonasining
tuzilishi. Metallga ishlov berishda xavfsizlik texnikasi qoidalari. Metallning
turmushda va xalq xo`jaligidagi ahamiyati, tuzilishi, turlari, sohalari.
Metallarning tashqi ko`rinishi va o`ziga xos belgilari.
Amaliy mustaqil ishlar: Metallarning turlari, xossalari, sifatlari,
shakllari, o`lchamlari, qo`llanilishi va ishlatilishi texnologiyalari bo`yicha
ma`lumotlar asosida laboratoriya ishlarini bajarish.
Asbob-uskunalar, moslamalar va ulardan  foydalanish (4 soat)


63
12345678901234567890123456789012123456789012345678901234567
12345678901234567890123456789012123456789012345678901234567
12345678901234567890123456789012123456789012345678901234567
12345678901234567890123456789012123456789012345678901234567
O‘quv dasturi
Shakllantiriladigan bilimlar: Metallga ishlov berishda qo`l asbob-
uskunalari, moslamalarining tuzilishi va turlari, vazifalari, foydalanish
qoidalari. Chilangarlik dastgohi. O`lchash va rejalash asboblari: chizg`ich,
buklama metr, metall qalamlar va boshqalar. Arralar va frezalar turlari.
Zubilo, otvyortka va omburlar. Bolg`alar va ularning turlari: po`lat,
yog`och, plastik bolg`alar va to`qmoqlar. Jilvir qog`ozlar tuzilishi va
turlari.
Amaliy mustaqil ishlar:  Metallga ishlov berishda ishlatiladigan qo`l
asboblarini turlarga ajratish va ularning ishga yaroqliligini aniqlash.
Asboblarni ishga tayyorlash va ishlash.
Mashina, mexanizm, stanoklar va ulardan foydalanish (2 soat)
Shakllantiriladigan bilimlar:  Metallga ishlov berish stanoklari va
ular haqida tushuncha. Mashinalarning asosiy qismlari (dvigatel, uzatish
mexanizmi, isitgich).
Amaliy mustaqil ishlar: Metallga ishlov berish stanoklarining
tuzilishi, qismlaridagi kuch-harakatning uzatilish yo`li, stanokni ishga
tayyorlash bosqichlarini o`rganish.
Mahsulotlarni ishlab chiqarish texnologiyasi (10 soat)
Shakllantiriladigan bilimlar: Metallarga ishlov berish texnologiyasi,
konstruktsiyalash elementlari. Yupqa tunuka va simdan buyumlar tayyorlash.
Metall buyumlarda biriktirish turlari: harakatsiz (payvand) va yarim
harakatchan (shlitsali, shponkali, rezbali). Metallarga ishlov berishda
qo`llaniladigan xalq hunarmandchiligi elementlari. Metallga ishlov
berishga oid kasb-hunarlar to`g`risida ma`lumot.
Amaliy mustaqil ishlar:  Detallar va buyumlar konstruktiv
qirqimlarini topish. Metallarga ishlov berish jarayonlari bilan
uyg`unlashtirilgan xalq hunarmandchiligi texnologiyasi.
Yog`ochga ishlov berish texnologiyasi (42 soat)
Umumiy tushunchalar (6 soat)
Shakllantiriladigan bilimlar: Yog`ochga ishlov berish ustaxonasining
tuzilishi. Yog`ochga ishlov berishda xavfsizlik texnikasi qoidalari.
Yog`ochning turmushda va xalq xo`jaligidagi ahamiyati, tuzilishi, turlari,
ishlatilish sohalari. Yog`ochlarning tashqi ko`rinishi va o`ziga xos belgilari.
Yog`ochning yaroqlilik va yaroqsizlik belgilari. Duradgorlikda ishlatiladigan


Yüklə 2,8 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   94




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə