O zbekiston respublikasi



Yüklə 2,8 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə24/94
tarix21.06.2018
ölçüsü2,8 Kb.
#50833
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   94

70
12345678901234567890123456789012123456789012345678901234567
12345678901234567890123456789012123456789012345678901234567
12345678901234567890123456789012123456789012345678901234567
12345678901234567890123456789012123456789012345678901234567
O‘quv dasturi
Shtangensirkul bilan o`lchash usullari.
Amaliy mustaqil ishlar: O`lchash, rejalash va dastlabki ishlov berish
asboblarini ishga tayyorlash hamda ishlash usullarini o`rganish. Metallga
ishlov beruvchi asboblarning ichki  qismlarini sozlash.
Mashina, mexanizm, stanoklar va ulardan foydalanish (4 soat)
Shakllantiriladigan bilimlar: Tokarlik-vint qirqish stanogining
vazifasi, qo`llanishi, tuzilishi, asosiy qismlari. Tokar va chilangarning
ish o`rnini tashkil qilish. Stanoklarda ishlashdagi xavfsizlik texnika qoidalari.
Tokarlik ishlarida moslamalardan foydalanish asoslari. Metallga issiqlik va
sovuqlik ishlov berishning mohiyati.
Amaliy mustaqil ishlar: Parmalash va tokarlik-vint  qirqish
stanoklarining  qismlaridan ichki detallarni ajratish. Ichki detallarning
tuzilishini,  ishlash tamoyilini o`rganish.
Mahsulotlar ishlab chiqarish texnologiyasi (8 soat)
Shakllantiriladigan bilimlar: texnika  va  konstruktsiyalash elementlari.
Buyumlarni tayyolash: loyihalash, o`lchash, rejalash, biriktirish,
pardozlash. Rejalash, arra bilan kesish,  egovlash,  zubilo bilan ishlash
usullari. Bir necha detal va tayyorlanmaga ishlov berish.  Metallarga ishlov
berishga oid xalq hunarmandchiligi turlari bo`yicha ish usullari.
Amaliy mustaqil ishlar:  Tayyorlanadigan  detal  eskizini chizma-
larini, texnologik  xaritalarni tuzish va o`qish.  Materialni tejamli sarflashni
rejalash. Metallarga ishlov berishga oid xalq hunarmandchiligi turlari
bo`yicha ish usullarini o`rganish.
Yog`ochga ishlov berish texnologiyasi (40 soat)
Umumiy tushunchalar (4 soat)
Shakllantiriladigan bilimlar: Yog`ochning fizikaviy xossalari. Yog`och
turlarining xususiyatlari. Duradgorlikda ishlatiladigan yelimlar va bo`yoqlar
turlari, xususiyatlari, ishlatilish sohalari.
Amaliy mustaqil ishlar: yog`och-taxta materiallarining turlari va
xususiyatlarini aniqlash. Yog`och asosli yarimtayyor (yarimfabrikat)
mahsulotlar namunalari bilan tanishish va ishlatilish sohalarini aniqlash.
Yelimlar va bo`yoqlarni ishlatish.
Asbob-uskunalar, moslamalar va  ulardan foydalanish (16 soat)


71
12345678901234567890123456789012123456789012345678901234567
12345678901234567890123456789012123456789012345678901234567
12345678901234567890123456789012123456789012345678901234567
12345678901234567890123456789012123456789012345678901234567
O‘quv dasturi
Shakllantiriladigan bilimlar: Yog`ochlarni rejalash, o`yish,
asboblarining turlari, ularni ishlatish va saqlash qoidalari. Qo`l randa va
parmalash qurilmalarining tuzilishi, ulardan xavfsiz foydalanish qoidalari.
Amaliy mustaqil ishlar: Yog`ochga ishlov berish asboblaridan to`g`ri
foydalanish usullarini o`rganish. Asboblarni sozlash.
Mashina, mexanizm, stanoklar va ulardan foydalanish(6 soat)
Shakllantiriladigan bilimlar: Stanoklarning asosiy qismlari va
vazifalari. Yog`ochga ishlov beradigan tokarlik stanogining ish tamoyillari,
unda bajariladigan jarayonilar. Stanoklar tuzilishidagi umumiylik. Ulardagi
harakat uzatish mexanizmlar kinematikasi.
Amaliy mustaqil ishlar: Yog`ochga ishlov beruvchi tokarlik  va
parmalash stanoklarining tuzilishini, ularni ishga tayyorlash hamda
xavfsiz ishlatish  qoidalarini  o`rganish.
Mahsulotlar ishlab chiqarish texnologiyasi (14 soat)
Shakllantiriladigan bilimlar. Yog`ochga ishlov berish texnologiyasi
asosida uy-ro`zg`or buyumlarini tayyorlash (sabzavotlarni to`g`rash
taxtasi, egovga dastak yasash va x.k.). Yelimlarni ishga tayyorlash va ulardan
foydalanish qoidalari. Yog`ochga ishlov berishni o`rgatishda fanlararo
aloqalar. Yog`ochga ishlov berishga oid xalq hunarmandchiligi turlari
bo`yicha ish usullari.
Amaliy mustaqil ishlar: Silindr shaklidagi detallar (egov, o`qlov)
eskizini tuzish. Yog`ochdan tayyorlanadagin buyumni tanlash, rejalash,
o`lchash. Yog`och va boshqa materiallardan xalq hunarmandchiligi ish
usullari asosida buyumlar tayyorlash.
Elektrotexnika ishlari (6 soat)
Shakllantiriladigan bilimlar: Bitta xonani yoritish zanjir sxemasi.
Maishiy elektr asboblarini elektr manbaiga ulash, ularning atrof-muhit
va inson sog`ligiga ta`siri. Elektr energiyasini tejamli ishlatish usullari.
Elektrotexnik hamda elektron uskunalarni ishlab chiqarish, ishlatish va
ularga xizmat ko`rsatishga oid kasb-hunarlar to`g`risida ma`lumot.
Amaliy mustaqil ishlar: Bir xonani yoritish zanjir sxemasini
o`rganish. Stol lampasini elektr zanjirini tuzish va tayyorlash.
Uy-ro`zg`or buyumlarini ta`mirlash (4 soat)


72
12345678901234567890123456789012123456789012345678901234567
12345678901234567890123456789012123456789012345678901234567
12345678901234567890123456789012123456789012345678901234567
12345678901234567890123456789012123456789012345678901234567
O‘quv dasturi
Shakllantiriladigan bilimlar: Yurtimiz me`morchiligi tarixiga oid
qisqacha ma`lumotlar. Xona inter’yeri hamda jihozlanish dizayniga talablar.
Sohaga oid yurtimizda tarkib topgan an`analar hamda zamonaviy
taraqqiyot yo`nalishlari.
Amaliy mustaqil ishlar: o`quv xonalarida mebel hamda qo`shimcha
jihozlarni joylashtirish sxematik tasviri va eskizlarini tayyorlash. Taklif
etilgan yechimlar asosida xonalarni jihozlash.
Servis xizmati yo`nalishi
Pazandachilik asoslari (18 soat)
Umumiy tushunchalar (2 soat)
Shakllantiriladigan bilimlar: pazandachilik xonasini jihozlanishiga
qo`yiladigan talablar. Xavfsizlik texnikasi qoidalari va sanitariya-gigiyena
talablari. Un va don mahsulotlarining ozuqaviy qiymati va ahamiyati.
Asbob-uskunalar, moslamalar va ulardan foydalanish (2 soat)
Shakllantiriladigan bilimlar: pazandachilik xonasida ishlash uchun
sanitariya-gigiyena talablari. Oshxona asboblarida metall, chinni, sopol,
plastmassa, shisha idishlardan to`g`ri foydalanishning ahamiyati.
Pazandachilikda ishlatiladigan texnologik jihozlar va ulardan
foydalanish (4 soat)
Shakllantiriladigan bilimlar: sovutgich va muzlatgich, termos,
mikroto`lqinli elektrpechlarning tuzilishi va ahamiyati, foydalanish
texnologiyasi. Qandolatchilikda ishlatiladigan texnologik jihozlardan:
ko`pirtirgich (mikser)ning turlari, tuzilishi, ahamiyati, undan
foydalanish qoidalari.
Taom tayyorlash texnologiyasi (10 soat)
Shakllantiriladigan bilimlar: sut va sut mahsulot turlari. Sut
mahsulotlari sifatiga bo`lgan talablar, saqlanish sharoiti va muddati. Un
va don mahsulotlarining ozuqaviy qiymati va ahamiyati. Xamir turlari.
Oshirma va oshirmasdan tayyorlanadigan xamirlar haqida ma`lumot.
O`zbek milliy taomlaridan suyuq ovqatlar va parxez taomlar tayyorlash
texnologiyasi va dasturxonga tortish talablari. Dasturxon, sochiq turlari,
ulardan foydalanish, saqlash  va yuvish.
Amaliy mashg`ulot: qatiq, suzma, brinza, tvorog, qurt tayyorlash


Yüklə 2,8 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   94




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə