O zbekiston respublikasi



Yüklə 2,8 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə22/94
tarix21.06.2018
ölçüsü2,8 Kb.
#50833
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   94

64
12345678901234567890123456789012123456789012345678901234567
12345678901234567890123456789012123456789012345678901234567
12345678901234567890123456789012123456789012345678901234567
12345678901234567890123456789012123456789012345678901234567
O‘quv dasturi
yog`ochlar: terak, tog`terak, shumtol, qarag`ay, eman, nok,  chinor
va boshqalar.
Amaliy mustaqil ishlar: Mahalliy hududda o`sadigan daraxtlar va
ulardan olinadigan yog`och turlarini o`rganish. Yog`ochlarning sifatini
va ularning nuqsonlarini aniqlash.
Asbob-uskunalar, moslamalar va  ulardan foydalanish (20 soat)
Shakllantiriladigan bilimlar: Duradgorlik dastgohi, qo`l asboblarining
tuzilishi va turlari, ulardan foydalanish qoidalari. O`lchash va rejalash
asboblari: chizg`ichlar, buklama metr, qalamlar,  xastkash va boshqalar.
Arralar va randalar turlari. Iskanalar, bolta va teshalar. Bolg`alar va ularning
turlari: po`lat, yog`och, plastik bolg`alar va to`qmoqlar. Egov va jilvir
qog`ozlar tuzilishi, turlari.
Amaliy mustaqil ishlar: Asbob-uskuna va moslamalarni ishga
tayyorlash, foydalanish va ta`mirlash.
Mashina, mexanizm, stanoklar va ulardan foydalanish  (2 soat)
Shakllantiriladigan bilimlar: Yog`ochga ishlov berish stanoklari va
ular haqida tushuncha. Mashinalarning asosiy qismlari (dvigatel, uzatgich
mexanizmi, organi).
Amaliy mustaqil ishlar: Yog`ochga ishlov berish stanoklarining
tuzilishi, qismlaridagi kuch-harakatning uzatilish yo`li, stanokni ishga
tayyorlash bosqichlarini o`rganish.
Mahsulotlar ishlab chiqarsh texnologisi (14 soat)
Shakllantiriladigan bilimlar: Duradgorlik buyumlari detallarini
tayyorlash. Duradgorlik birikmalari to`g`risida  ma`lumotlar: yelimlash,
mixlar, burama mixlar (shurup) va boshqa vositalar bilan biriktirish.
Buyumlar yuzasiga qoplamalar yopishtirish. Duradgorlik buyumlarining
sirtini pardozlash va detallarni konstruktsiyalash. Yog`ochdan uy-ro`zg`or
buyumlari tayyorlashda foydalanish. Yog`ochga ishlov berishda
qo`llaniladigan xalq hunarmandchiligi elementlari. Yog`ochga ishlov
berishga oid kasb-hunarlar to`g`risida ma`lumot.
Amaliy mustaqil ishlar: Tayyorlanmaning eskizi va texnologik
xaritasini tuzish, tanlash, rejalash va tayyorlash. Yog`ochga ishlov berish
jarayonlari bilan uyg`unlashtirilgan xalq hunarmandchiligi texnologiyasi.


65
12345678901234567890123456789012123456789012345678901234567
12345678901234567890123456789012123456789012345678901234567
12345678901234567890123456789012123456789012345678901234567
12345678901234567890123456789012123456789012345678901234567
O‘quv dasturi
Elektrotexnika ishlari (4 soat)
Shakllantiriladigan bilimlar: Elektr montaj ishlarida ish o`rnini
tashkil qilish. Elektr o`tkazish simlarining turlari. Elektr o`tkazgichlarni
montaj qilish izolyatsiyalash ishlari. Elektr asboblari. Sohaga oid kasb-
hunarlar to`g`risida  ma`lumot.
Amaliy mustaqil ishlar: Elektr o`tkazgich simlarini montaj qilish
hamda ish asboblari bilan  ishlash usullarini o`rganish.
Uy-ro`zg`or buyumlarini ta`mirlash (4 soat)
Shakllantiriladigan bilimlar: Pol qoplamalari va mebellarning
loklangan hamda qoplamali yuzalarini saqlash tadbirlari va kichik
ta`mirlash ishlari. Oyna romlarini kichik ta`mirlash va qishda issiqlikni
saqlash usullari. Xizmat ko`rsatish sohalariga oid kasb-hunar turlari.
Amaliy mustaqil ishlar: Pol qoplamalari va mebellarning loklangan
hamda qoplamali yuzalarini saqlash tadbirlari va kichik ta`mirlash isitish
usularini o`rganish.
"Servis xizmati"  yo`nalishi
Pazandachilik asoslar (18 soat)
Umumiy tushunchalar (2 soat)
Shakllantiriladigan bilimlar: Pazandachilik o`quv xonasida xavfsizlik
texnikasi qoidalari va sanitariya gigiyena talablari. Pazandachilik tarixi va
taraqqiyoti. Oziq-ovqat mahsulotlarining ozuqaviy qiymatini inson
organizmi uchun ahamiyati.
Asbob-uskunalar, moslamalar va ulardan foydalanish (2 soat)
Shakllantiriladigan bilimlar: O`zbek milliy oshxonasining o`ziga
xos xususiyatlari va rivojlanishi. Oshxonada ishlaganda shaxsiy gigiyena
qoidalari.
Amaliy mashg`ulot: Sabzavotlarga birlamchi ishlov berish, to`g`rash
usullaridan foydalanib, salatlar tayyorlash, dasturxonga tortish qoidalari.
Pazandachilikda ishlatiladigan texnologik jihozlar va ulardan
foydalanish (4 soat)
Shakllantiriladigan bilimlar: plita, muzlatgich, idish-tovoq, yuvish
moslamalari, oshxona stollari, quritgich moslama, shkaflar haqida
umumiy tushuncha. Plita turlari, tuzilishi va foydalanish qoidalari.


66
12345678901234567890123456789012123456789012345678901234567
12345678901234567890123456789012123456789012345678901234567
12345678901234567890123456789012123456789012345678901234567
12345678901234567890123456789012123456789012345678901234567
O‘quv dasturi
Amaliy mashg`ulot: Kartoshka bo`tqasini tayyorlash.
Taom tayyorlash texnologiyasi (10 soat)
Shakllantiriladigan bilimlar: Tuxum va uning ozuqaviy qiymati,
pishirish usullari. Dasturxonga tortish qoidalari. Buterbrod va issiq ichimlik
turlarini tayyorlash. Kundalik ovqatlanish uchun dasturxon bezash.
Sabzavotlardan yaxna taomlar tayyorlash. Ularning sifatiga va saqlanishiga
qo`yiladigan talablar. Yaxna taomlarni did bilan bezatib, dasturxonga
tortish tartibi. Ochiq, yoriq va gazak uchun tayyorlangan (ka-na-pe)
buterbrodlarini tayyorlash va dasturxonga tortish tartib, qoidasi. Sanitariya-
gigiyena, xavfsizlik qoidalariga rioya qilish. O`zbek milliy oshxonasining
rivojlanish tarixi, uning taomlari, tasnifi hamda taomlarning
tayyorlanishidagi o`ziga xos xususiyatlari. "Tvorogli", "Murabboli"
blinchiklar tayyorlash tartibi va dasturxonga tortish. Sohaga oid kasb-
hunarlar to`g`risida  ma`lumot.
Amaliy mashg`ulot: Tuxumni qaynatib, qovurib pishirish usullari.
Dasturxonga tortish qoidalari. Buterbrod va issiq ichimlik turlarini
tayyorlash. Yaxna taomlar tayyorlash. Ochiq, yoriq va gazak uchun
tayyorlangan buterbrodlarni tayyorlash. Go`shtli salatlar. Mevali va sut
mahsulotli salatlar tayyorlash va dasturxonga tortish. "Tvorogli",
"Murabboli" blinchiklar tayyorlash tartibi va dasturxonga tortish.
Tayanch ma`lumotlar: mehnat xavfsizligi qoidalari va sanitariya-
gigiyena talablari. Pazandachilik va qandolatchilik korxonalari, oshxonalarda
ishchilar  mehnatining  mazmuni  va ish o`rni.
Gazlamaga ishlov berish texnologiyasi ( 48 soat)
Umumiy tushunchalar (4 soat)
Shakllantiriladigan bilimlar: Xavfsizlik texnikasi qoidalari va sanitariya-
gigiyena talablari. Tolalar haqida ma’lumot. Tabiiy tolali gazlamalardan
paxta va zig`ir tolalardan to`qilgan gazlamalar, ularning xususiyatlari.
Amaliy mashg`ulot. Sarja (polotno) to`qish. Gazlamaning o`ng va
teskari tomonlarini,  bo`ylama   va   ko`ndalang i plarini aniqlash.
Asbob-uskunalar, moslamalar  va ulardan  foydalanish (4  soat)
Shakllantiriladigan bilimlar: Qo`l ishlari va uni bajarishda
ishlatiladigan asbob-uskunalar haqida umumiy ma`lumot.
Amaliy mashg`ulot. Qo`l choklaridan namunalar tayyorlash.
Ushlagich tayyorlash. Dazmol bilan ishlash. Dazmollash usullari.


Yüklə 2,8 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   94




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə