O zbekiston respublikasi



Yüklə 2,8 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə20/94
tarix21.06.2018
ölçüsü2,8 Kb.
#50833
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   94

58
12345678901234567890123456789012123456789012345678901234567
12345678901234567890123456789012123456789012345678901234567
12345678901234567890123456789012123456789012345678901234567
12345678901234567890123456789012123456789012345678901234567
O‘quv dasturi
2. Gazmol va tolali materiallar bilan ishlash.
3. Plastilin va loy bilan ishlash.
4. Turli materiallar bilan ishlash.
5. Badiiy qurish-yasash.
5-7 sinflar uchun:
1. Yog`ochga ishlov berish texnologiyasi.
2. Metallga ishlov berish texnologiyasi.
3. Uy-ro`zg`or buyumlarni ta`mirlash.
4. Elektrotexnika ishlari.
5. Pazandachilik asoslari.
6. Gazlamaga ishlov berish texnologiyasi.
7. Buyumlarni ta’mirlash texnologiyasi.
8. Qishloq xo’jaligi asoslari.
8-9 sinflar uchun:
1. Xalq hunarmandchiligi texnologiyasi.
2. Ishlab chiqarish asoslari.
3. Kasbga yo`naltirish asoslari.
Har bir dars mashg`ulotida xavfsizlik texnikasi qoidalariga rioya qilinadi.
O`quvchilarga mehnat ta`limi yo`nalishlari bo`yicha kasblar turlari
haqida axborotlar beriladi. Umumiy o`rta ta`lim maktablarining 5-9
sinflarida o`quvchilar soni shahar maktablarida 25 va undan ortiq bo`lsa,
moddiy texnik va kadrlar ta`minoti yetarli bo`lsa mehnat ta`limi darslari
shu sinflardagi o`quvchilarni ikki guruhga bo`lgan holda olib boriladi.
Mehnat ta`limining barcha yo`nalishlari bo`yicha 5 va 6 - sinflarda 6
kun (24 soat), 7-sinfda 10 kun (40 soat) 8-sinfda 16 kun (96 soat),
jami 160 soat amaliyot o`tkazish rejalashtirilgan.
Amaliyotning maqsadi - o`quvchilarga o`rgatilayotgan bilim, ko`nikma
va malakalarni bevosita unumli ishlab chiqarish mehnati jarayonida
qatnashish orqali (sanoat, qishloq xo`jalik va umumiy ovqatlanish
korxonalari, ustaxonalar, tashkilot, muassasa yoki hunarmand ustalar
huzurida) mustahkamlashni bozor munosabatlari qoidalari asosida
tashkil qilishdan iborat. Amaliyot ta`lim muassasasi yoki ishlab chiqarish
korxonasi imkoniyatlaridan kelib chiqqan holda, o`quv yilida ko`zda
tutilgan ta`til vaqtida o`tkaziladi.
1-sinf
Qog`oz va karton bilan ishlash (13 soat)
Qog`oz va uning turlari, qog`ozdan buklash usulida turli o`yinchoqlar,
qog`ozdan savatcha, kitob uchun xat cho`p, "Qish" manzarasini


59
12345678901234567890123456789012123456789012345678901234567
12345678901234567890123456789012123456789012345678901234567
12345678901234567890123456789012123456789012345678901234567
12345678901234567890123456789012123456789012345678901234567
O‘quv dasturi
applikatsiya usulida ishlash, archaga osiladigan turli o`yinchoqlar
(xo`tikcha, chiqindi materiallar uchun paket, soyabonli shapka,
quticha, stakan, buzoqcha) yasash. Turli bayramlar uchun niqoblar,
maydalangan rangli qog`ozlardan mozaika usulida  mevalar shaklini
yasash. Rangli qog`ozlardan qirqilgan geometrik shakllar bilan ishlash.
Navro`z bayramiga tabriknoma tayyorlash. Sabzavot va mevalarning
urug`idan applikatsiya usulida  yo`lsimon naqsh tuzish.
Gazlama va tolali materiallar bilan ishlash (2 soat)
Tikuvchilik haqida ma`lumot. Tikuvchilikda ishlatiladigan asbob-
uskunalar va xavfsizlik texnikasi qoidalari. Chok turlari haqida ma`lumot,
to`g`ri chok tikishni o`rganish.
Plastilin va loy bilan ishlash (6 soat)
Loy yoki plastilin bilan ishlash qoidalari haqida tushuncha. Plastilindan
turli haykalchalar, jo`ja shaklini yasash. Pazandachilikda ishlatiladigan
xom ashyolar, asbob-uskunalar haqida suhbat. (Plastilindan tort, mevalar
shaklini yasash)
Turli materiallar bilan ishlash (4 soat)
"Oltin kuz" mavzusida gerbariy tayyorlash. Qishloq xo`jalik mehnati
turlari, o`simlik va gullarni parvarishlash.
Badiiy qurish-yasash  (8 soat)
Tabiiy va turli materiallardan o`yinchoqlar, parranda yoki hayvonlar
shakllarini qurish-yasash. Hokandoz, rangli qog`ozdan qirqilgan
geometrik shakllarni bir-biriga yelimlash, qog`ozni buklash va yelimlash
orqali o`yinchoqlarni, turli  maketlar  va uchuvchi  planer  qurish -
yasash.
2-sinf
Qog`oz va karton bilan ishlash (13 soat)
Qog`ozlarni buklash usullari, rangli qog`ozlardan turli gullar shaklini
yasash. Qog`ozni qirqish va buklash orqali dekorativ gullar, kitobcha
uchun muqova tayyorlash. Rangli qog`ozlardan archa bezaklarini yasash.
Rangli qog`ozlardan quyoncha, oq qush, baliq, qayiq, pingivin,
samolyot, pirpirak, ikkiga buklangan qog`ozlardan qirqib, applikatsiya


60
12345678901234567890123456789012123456789012345678901234567
12345678901234567890123456789012123456789012345678901234567
12345678901234567890123456789012123456789012345678901234567
12345678901234567890123456789012123456789012345678901234567
O‘quv dasturi
usulida  naqsh  yasash. Qog`oz va karton yordamida "Bahorgi guldasta" ni
applikatsiya usulida tayyorlash. Uchiriladigan qog`oz qush yasash.
Qog`ozdan applikatsiya usulida tabriknoma tayyorlash. Qog`ozdan turli
o`yinchoqlar yasash.
Gazlama va tolali materiallar bilan ishlash (5 soat)
Tikuvchilikda xavfsizlik texnika qoidalari. To`g`ri chok turidan
foydalanib,  igna uchun yostiqcha, gul shaklini tikish.
Texnik modellash (2 soat)
Harakatlanadigan o`yinchoqlar yasash.
Plastilin va loy bilan ishlash (4 soat)
Turli shakllarga ega bo`lgan o`yinchoqlar, xalq hunarmand ustalari
ishlagan ish namunalariga qarab plastilin yoki loydan o`yinchoqlar,
plastilindan uy jihozlarining namunalarini yasash.
Turli materiallar bilan ishlash (7 soat)
Tabiiy urug`lardan applikatsiya usulida naqsh tuzish. Tuxum
po`choqlaridan hajmdor o`yinchoqlar yasash. Mozaika usulida qo`qongul
shaklini, turli sabzavot va mevalarning urug`laridan yo`lsimon va kvadrat
ichida naqshlar tuzish, tabiiy materiallar bilan ishlash, quritilgan
barglardan hayvonlar shaklini, tabiiy materiallardan jonivorlar, chiqindi
materiallardan o`yinchoqlar yasash. Maktab yer uchastkasida bahorgi
dala ishlarini bajarish.
Badiiy qurish-yasash (3 soat)
Rangli qog`ozlardan archa bezaklarini, Navro`z bayramiga sinfni
bezash uchun turli materiallardan osma o`yinchoqlar qurish-yasash.
3-sinf
Qog`oz va karton bilan ishlash (13 soat)
Qog`ozdan turli parrandalar, turli geometrik shakllar, rangli
qog`ozlardan lola, qo`ziqorin, sichqon, o`yinchoqlar, gerlandiyalar,
archa bezaklarini tayyorlash  va bezash, mozaika usulida o`yinchoqlar


Yüklə 2,8 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   94




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə