O zbekiston respublikasi



Yüklə 2,8 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə17/94
tarix21.06.2018
ölçüsü2,8 Kb.
#50833
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   94

49
12345678901234567890123456789012123456789012345678901234567
12345678901234567890123456789012123456789012345678901234567
12345678901234567890123456789012123456789012345678901234567
12345678901234567890123456789012123456789012345678901234567
Davlat ta’lim standartiga sharh
avtomatlar va h.k. orqali amalga oshiriladigan texnologik jarayonlarni;
ishlab chiqarishda amalga oshiriladigan kimyoviy va fizik-texnologik
jarayonlarni; fan-texnika taraqqiyotini jadallashtirish omillari va
istiqbolini; ekin yetishtiriladigan issiqxonalar tuzilishi, ularda
yetishtiriladigan ekin turlarini; issiqxonalarda ekin yetishtirish
texnologiyasini; dehqonchilik va chorvachilik bo`yicha ko`rgazma va
tanlovlarni tashkil qilish va ishtirokchilarni tanlash qoidalarini; kadrlarni
tayyorlash, malakasini oshirish yo`nalishlari, tartibi va standartlarini;
mulkchilik turlari, marketing va menejment faoliyatining rivojlanishini
bilish.
Kasb tanlashga yo`llash: kasblar tasnifini, kasblarda mehnat
turlarining (odam-tabiat, odam-texnika, odam-odam, odam-belgili
tizim, odam-badiiy obraz) ta`rifini, kasb-hunar egallashda inson
salomatligiga qo`yilgan talablarni, O`zbekistonda uzluksiz ta`lim tizimini,
akademik litseylar va kasb-hunar kollejlarining yo`nalishlari, ularning
bir-biridan farqi, umumiy tomonlarini, o`quvchi yoshlarni kasb-hunarga
yo`naltirish tizimini bilish.
"Qishloq xo`jaligi asoslari" yo`nalishi bo`yicha o`quvchilar quyidagi
ko`nikmalarga ega bo`lishlari kerak:
Ishlab chiqarish asoslari: issiqxona maketini tayyorlay olish, unda
qo`llanilgan xom ashyo, ijodiy g`oya va dizayn yechimlarini asoslay
olish; issiqxona yoki boshqa turdagi yopiq xonalarda mahsulot (ko`chatlar,
ko`katlar, gulchilik, bodring, pomidor, limon va h.k.) yetishtira olish.
Dehqonchilik va chorvachilik yo`nalishlari bo`yicha zamonaviy dizayn
talablari bilan uyg`unlashtirilgan mahsulot tayyorlash ish usullarini
egallay olish. Qishloq xo`jalik  miqyosida ko`p seriyali ishlab chiqarish
uchun tavsiya etish mumkin bo`lgan mahsulot namunasini (maketi,
modeli) tayyorlash, unda qo`llanilgan xom ashyo, ijodiy g`oya va dizayn
yechimlarini asoslay olish.
Kasb tanlashga yo`llash: O`zbekistonda uzluksiz ta`lim tizimini,
akademik litseylar va kasb-hunar kollejlarining yo`nalishlarini, ularning
bir-biridan farqini ajarata olish.
"Qishloq xo`jaligi asoslari" yo`nalishi bo`yicha o`quvchilar quyidagi
malakalarga ega bo`lishlari kerak:
Ishlab chiqarish asoslari: issiqxona maketini tayyorlash, unda


50
12345678901234567890123456789012123456789012345678901234567
12345678901234567890123456789012123456789012345678901234567
12345678901234567890123456789012123456789012345678901234567
12345678901234567890123456789012123456789012345678901234567
Davlat ta’lim standartiga sharh
qo`llanilgan xom ashyo, ijodiy g`oya va dizayn yechimlarini asoslash;
issiqxona yoki boshqa turdagi yopiq xonalarda mahsulot (ko`chatlar,
ko`katlar, gulchilik, bodring, pomidor, limon va h.k.) yetishtirish.
Dehqonchilik va chorvachilik yo`nalishlari bo`yicha zamonaviy dizayn
talablari bilan uyg`unlashtirilgan mahsulot tayyorlash ish usullarini
egallash. Qishloq xo`jalik  miqyosida ko`p seriyali ishlab chiqarish
uchun tavsiya etish mumkin bo`lgan mahsulot namunasini (maketi,
modeli) tayyorlash, unda qo`llanilgan xom ashyo, ijodiy g`oya va dizayn
yechimlarini asoslay olish.
Kasb tanlashga yo`llash: O`zbekistonda uzluksiz ta`lim tizimini,
akademik litseylar va kasb-hunar kollejlarining yo`nalishilari, ularni
bir-biridan farqlash.
9-sinf
"Texnologiya va dizayn" yo`nalishi bo`yicha o`quvchilar quyidagi
bilimlarga ega bo`lishlari kerak:
Xalq hunarmandchiligi texnologiyasi: xalq hunarmandlari tomonidan
eksport va ichki bozor uchun ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarni,
xalq hunarmandchiligida foydalanilayotgan nodir materiallar, asbob-
uskunalar, hunarmandchilik mahsulotlarini tashqi shakli uzviyligi va
yaxlitligi ta`minlanishiga ko`ra baholashni, kompozitsion yaxlitlikni,
xalq hunarmandchiligiga oid tanlangan bitta kasb-hunar turini
tavsiflashni, xalq hunarmandchiligining tanlangan yo`nalishi bo`yicha
mahsulot tayyorlashda uning tashqi shakli uzviyligi va yaxlitligini
ta`minlashni bilish.
Ishlab chiqarish asoslari: zamonaviy ishlab chiqarishning bozor
munosabati bilan uzviyligini, yog`ochga va metallga ishlov berish
texnologiyalarida ishlab chiqarish va uning mohiyatini, ishlab chiqarishni
tayyorlashga oid texnologik hujjatlar ro`yxati, ularning mazmuni,
texnologik hujjatlarning yagona tizimi, uning davlat standartlari, mahsulot
ishlab chiqarishni nazorat qilish, o`lchash va taqqoslash texnologiyasini,
olinadigan daromad hamda uni taqsimlash qoidalari, ishlab chiqarish
korxonasida mehnatni unumli tashkil etish, tejamkorlik va ishbilarmonlik
asoslari, mehnatni ilmiy tashkil etishni, tabiatni muhofaza qilishni
bilish.
Kasb tanlashga yo`llash: kasb tanlashga doir reja tuzishni, kasb
tanlashdagi xatolar va qiyinchiliklarni, kasbni to`g`ri tanlashning


51
12345678901234567890123456789012123456789012345678901234567
12345678901234567890123456789012123456789012345678901234567
12345678901234567890123456789012123456789012345678901234567
12345678901234567890123456789012123456789012345678901234567
Davlat ta’lim standartiga sharh
mohiyati va istiqbolini, kasb tanlashda shaxs kasbiy qiziqish, moyillik va
qobiliyatlarini e`tiborga olish, kasb tanlashdagi onglilik va mustaqillik,
kasblarning murakkablik omillarini tahlil qilish, kasbga yaroqlilikni
belgilash va kasbga moyillikni tarbiyalash usullarini bilish.
"Texnologiya va dizayn" yo`nalishi bo`yicha o`quvchilar quyidagi
ko`nikmalarga ega bo`lishlari kerak:
Xalq hunarmandchiligi texnologiyasi: hunarmandchilik
mahsulotlarini tashqi shakli uzviyligi va yaxlitligi ta`minlanishiga ko`ra
baholashni, kompozitsion yaxlitlikni, xalq hunarmandchiligiga oid
tanlangan bitta kasb-hunar turini tavsiflashni, xalq hunarmandchiligining
tanlangan yo`nalishi bo`yicha mahsulot tayyorlashda uning tashqi shakli
uzviyligi va yaxlitligini ta`minlay olish.
Ishlab chiqarish asoslari: zamonaviy ishlab chiqarishning bozor
munosabati bilan uzviyligini, yog`ochga va metallga ishlov berish
texnologiyalarida ishlab chiqarish va uning mohiyatini, ishlab chiqarishni
tayyorlashga oid texnologik hujjatlar ro`yxati va ularning mazmuni,
maktab atrofidagi ishlab chiqarish korxonalarida qo`llanilayotgan ishlab
chiqarish texnologiyalari, ularda shakllangan tejamkorlik tizimi, mehnat
unumdorligini hisoblash va oshirish yo`llarini, detallarni vintlar,
mixparchinlar, payvandlash, yelimlash usuli bilan qo`zg`almas, yarim
harakatchan va qo`zg`aluvchan biriktirish texnologiyasi asosida mahsulot
namunasini tayyorlay olish.
Kasb tanlashga yo`llash: kasb tanlashga doir reja tuzishni, kasb
tanlashda shaxs, kasbiy qiziqish, moyillik va qobiliyatlarini e`tiborga
olishni, kasb tanlashdagi onglilik va mustaqillikni, kasblarning
murakkablik omillarini, kasbga yaroqlilikni belgilash va kasbga moyillikni
tarbiyalash usullarini tahlil qilish.
"Texnologiya va dizayn" yo`nalishi bo`yicha o`quvchilar quyidagi
malakalarga ega bo`lishlari kerak:
Xalq hunarmandchiligi texnologiyasi: xalq hunarmandchiligiga oid
tanlangan bitta kasb-hunar turini tavsiflashni, xalq hunarmandchiligining
tanlangan yo`nalishi bo`yicha mahsulot tayyorlashda uning tashqi shakli
uzviyligi va yaxlitligini ta`minlash.
Ishlab chiqarish asoslari: maktab atrofidagi ishlab chiqarish
korxonalarida qo`llanilayotgan ishlab chiqarish texnologiyalari, ularda


Yüklə 2,8 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   94




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə