O zbekiston respublikasi



Yüklə 2,8 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə15/94
tarix21.06.2018
ölçüsü2,8 Kb.
#50833
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   94

43
12345678901234567890123456789012123456789012345678901234567
12345678901234567890123456789012123456789012345678901234567
12345678901234567890123456789012123456789012345678901234567
12345678901234567890123456789012123456789012345678901234567
Davlat ta’lim standartiga sharh
"Servis xizmati" bo`yicha o`quvchilar quyidagi malakalarga ega
bo`lishlari kerak:
Pazandachilik asoslari: go`sht va baliq turlari, ularning sifatiga bo`lgan
talablar, saqlanish muddatlari. "Mimoza" salatini tayyorlash; go`shtdan
taom tayyorlash uchun jihozlangan ish o`rnini tashkil etish; go`shga
birlamchi ishlov berishda sanitariya-gigiyena talablari va xavfsizlik
texnikasi qoidalari asosida taom tayyorlash; asbob va moslama turlaridan
foydalanish qoidalari; sabzavot va mevalarni konservalash uchun
jihozlangan ish o`rnini tashkil etish; sabzavot va mevalarni konservalash;
qandolatchilik mahsulotlari tayyorlash uchun jihozlangan ish o`rnini
tashkil etish; "Chak-chak" pishirig`ini tayyorlash; palov tayyorlash va
dasturxonga tortish tartibi; "Gulyash", "Bistrogin" tayyorlab, dasturxonga
tortish; Karam va uzum bargidan do`lma tayyorlash va dasturxonga tortish.
Gazlamaga ishlov berish texnologiyasi: Xavfsizlik texnikasi qoidalari
va sanitariya-gigiyena talablari; kimyoviy tolalarning xususiyatlari, tashqi
ko`rinishga qarab cho`zilishi, g`ijimlanishi, suv o`tkazishi, issiqdan
saqlash xossalari, yonishi, qo`lda bajariladigan ishlar uchun asbob va
moslamalar; merejka usulida tikish, tikuv mashinalarini tozalash va
moylash; mashinadagi nuqsonlar, paralel zig-zak qator, mayda va yirik
baxya qator tikish; ichki kiyim choklaridan namunalar tikish; milliy
liboslardan ko`ylakni tikish; tikiladigan "Quroq" buyumiga eskiz chizish
va shablonlar tayyorlash; bolalar sport, bayram kiyimlari uchun yangi
modellar yaratish.
Buyumlarni ta`mirlash texnologiyasi: Iste`moldan chiqqan buyum
o`lchamiga qarab, bolalar kiyimining andozasini tayyorlash va tikish.
Qishloq xo`jaligi asoslari yo`nalishi bo`yicha o`quvchilar quyidagi
bilimlarga ega bo`lishlari kerak: qishloq xo`jalik ekinlarida uchraydigan
kasalliklar, zararkunandalarning turlari va ularga qarshi kurashish
usullarini, mahalliy hududda uchraydigan qishloq xo`jalik ekinlar
kasalliklari va zararkunandalarining ro`yxatini tuzishni, ularga qarshi
kurashish tadbirlarini bilish; o`g`it solish, urug`larni ekish, hosilni
yig`ishtirish, tashish va tozalash mashinalarini, ekinlarni ekish usullarini
va ko`chat o`tkazishni, organik va mineral o`g`itlar solish mashinalarining
turlarini, o`g`itlashni, donli va moyli ekinlarni, ekinlarni ekishni,
sug`orishni va parvarish qilishning ilg`or usullarini, urug`larni ekish
seyalkalarining tuzilishini, organik va mineral o`g`itlarni sochuvchi


44
12345678901234567890123456789012123456789012345678901234567
12345678901234567890123456789012123456789012345678901234567
12345678901234567890123456789012123456789012345678901234567
12345678901234567890123456789012123456789012345678901234567
Davlat ta’lim standartiga sharh
moslamalar va sug`orish mashina agregatlarini, ekinlarga ishlov berish,
parvarish qilishni bilish; hayvonlarni boqish va ularni parvarishlashni,
quyonlar, qo`ylar, qoramollar va uy hayvonlari, asalari, parranda,
baliq,  i pak qurtini parvarish  qilish  qoidalarini,  qishloq xo`jaligi
hayvonlarining mahsuldorligiga ta`sir etuvchi omillarni, chorva
ozuqalarini tayyorlashning mexanik, issiqlik, kimyoviy, bakteriologik
usullarini, ularning iqtisodiy samaradorligini, ozuqalarni qayta ishlash
texnologik jarayonlarini, jonivorlarni boqish ratsionini bilish;  traktorlar,
mashinalar va ish agregatlarini, traktor va mashinaning elektr
ta`minotini, yoritish tizimini, traktor va mashina bilan ishlashdagi
xavfsizlik texnika qoidalari va yo`llarda harakatlanish qoidalarini, traktor
va mashinaning boshqaruv qismlari, dvigateli, traktor va mashinalarga
texnik qarovlarini bilish.
Elektrotexnika ishlari: kavsharlash asosida elektr montaj ishlarini
bajarish ish o`rni tashkil etishni, kavsharlashda simlar, kavshar, flyuslar
turlarini, kavsharlash asosida elektr montaj ishlarini bajarish, ish asboblari
hamda ish usullarini, elektr montaj qilish va asboblarni ishga tayyorlash;
elektrotexnika ishlari bilan bog`liq kasb-hunar turlarini bilish.
Uy-ro`zg`or buyumlarini ta`mirlash: shahar va qishloq uylarida suv,
gaz, elektr energiyasi, issiqlik ta`minoti tizimi hamda undan foydalanish
qoidalarini, uy va xonalarni ta`mirlash ishlarining asosiy turlarini,
ta`mirlashda qo`llaniladigan zamonaviy qurilish materiallarini, uy va
xonalarni ta`mirlashda qo`llaniladigan asosiy ish asboblarini, qurilish
hamda ta`mirlash bilan bog`liq kasb-hunarlar to`g`risida ma`lumotni
bilish.
Qishloq xo`jaligi asoslari yo`nalishi bo`yicha o`quvchilar quyidagi
ko`nikmalarga ega bo`lishlari kerak: mahalliy hududda uchraydigan
qishloq xo`jalik ekinlar kasalliklari va zararkunandalariga qarshi kurashish
usullaridan foydalana olish; organik va mineral o`g`itlar solish,
mashinalarda o`g`itlashning ilg`or usullarini qo`llay olish; urug`lar,
ekinlar ekish, ko`chat o`tkazish, sug`orish va parvarish qilish, hosilni
yig`ishtirishning ilg`or usullarini amaliyotda qo`llay olish; uy
hayvonlarini (quyonlar, qo`ylar, qoramollar, asalari, parranda, baliq,
i pak qurti)  parvarish  qilish  ko`nikmalarini egallash.
Elektrotexnika ishlari: kavsharlash asosida elektr montaj ishlarini
bajarish ish o`rni tashkil etishni, kavsharlashda simlar, kavshar, flyuslar


45
12345678901234567890123456789012123456789012345678901234567
12345678901234567890123456789012123456789012345678901234567
12345678901234567890123456789012123456789012345678901234567
12345678901234567890123456789012123456789012345678901234567
Davlat ta’lim standartiga sharh
turlarini, kavsharlash asosida elektr montaj ishlarini bajarish, ish asboblari
hamda ish usullarini, elektr montaj ishlari va asboblarni ishga tayyorlay
olish.
Uy-ro`zg`or buyumlarini ta`mirlash: shahar va qishloq uylarida suv,
gaz, elektr energiyasi, issiqlik ta`minoti tizimi hamda undan foydalanish
qoidalarini, uy va xonalarni ta`mirlash ishlarining asosiy turlarini,
ta`mirlashda qo`llaniladigan zamonaviy qurilish materiallarini, uy va
xonalarni ta`mirlashda qo`llaniladigan asosiy ish asboblaridan foydalana
olish.
Qishloq xo`jaligi asoslari yo`nalishi bo`yicha o`quvchilar quyidagi
malakalarga ega bo`lishlari kerak:  mahalliy hududda uchraydigan qishloq
xo`jalik ekinlardagi kasalliklar va zararkunandalarga qarshi kurashish
tadbirlarini, organik va mineral o`g`itlar solish, urug`lar, ekinlar ekish,
ko`chat o`tkazish, sug`orish va parvarish qilish, hosilni yig`ishtirishning
ilg`or usullarini bajarish, uy hayvonlarini parvarish qilish.
Elektrotexnika ishlari: elektr montaj ish asboblari turlari va ularda
ishlash usullarini o`rganish; elektr bilan ishlovchi sodda uskuna va jihozlar
(Svetofor, girlyanda va b.) tayyorlash.
Uy-ro`zg`or buyumlarini ta`mirlash: shahar va qishloq uylarida suv,
gaz, elektr energiyasi hamda issiqlik ta`minoti tizimini sxematik tasvirini
tayyorlash; suv ta`minoti tizimi, suv quvurlari, ventil va jo`mraklarni
sozlashda mayda  ta`mirlash ishlarini bajarish.
8-sinf
"Texnologiya va dizayn" yo`nalishi bo`yicha o`quvchilar quyidagi
bilimlarga ega bo`lishlari kerak:
Xalq hunarmandchiligi texnologiyasi: hunarmandlarning bozor
munosabatlari asosidagi faoliyatlarini, uyushmalari va uning istiqbollarini,
xalq hunarmandchiligi bo`yicha ko`rgazma va tanlovlarni tashkil qilish
va ishtirokchilarni tanlash qoidalarini, xalq hunarmandchiligini tanlangan
yo`nalishi bo`yicha zamonaviy dizayn talablari bilan uyg`unlashtirilgan
mahsulot tayyorlash ish usullarini bilish.
Ishlab chiqarish asoslari: O`zbekistondagi ishlab chiqarish turlarini,
O`zbekiston xalq xo`jaligida sanoat va qurilishda moddiy ishlab chiqarish
asoslari va uning tarkibi, o`zaro munosabati, bir-biriga bog`liqligini,
texnologik jarayon haqida asosiy tushunchani, yangi texnika va ilg`or


Yüklə 2,8 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   94




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə