O zbekiston respublikasi



Yüklə 2,8 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə11/94
tarix21.06.2018
ölçüsü2,8 Kb.
#50833
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   94

32
12345678901234567890123456789012123456789012345678901234567
12345678901234567890123456789012123456789012345678901234567
12345678901234567890123456789012123456789012345678901234567
12345678901234567890123456789012123456789012345678901234567
Davlat ta’lim standartiga sharh
harakat uzatish mexanizmlari, kinematikasi; yog`ochga ishlov berish
texnologiyasi asosida uy-ro`zg`or buyumlarini tayyorlash; yelimlarni
ishga tayyorlash va ulardan foydalanish qoidalari; yog`ochga ishlov
berishni o`rgatishda fanlararo aloqalar; yog`ochga ishlov berishga oid
xalq hunarmandchiligi turlari bo`yicha ish usullarini bilish.
Elektrotexnika ishlari: bitta xonani yoritish zanjir sxemasini, maishiy
elektr asboblarini elektr manbaiga ulashni, ularning atrof-muhit va
inson sog`ligiga ta`sirini, elektr energiyasini tejamli ishlatish usullarini,
elektrotexnik hamda elektron uskunalarni ishlab chiqarish, ishlatish va
ularga xizmat ko`rsatishga oid kasb-hunarlar to`g`risida ma`lumotni
bilish.
Uy-ro`zg`or buyumlarini ta`mirlash: yurtimiz me`morchiligi tarixiga
oid qisqacha ma`lumotlarni, xona inter’yeri hamda jihozlanish dizayniga
talablarini, sohaga oid yurtimizda tarkib topgan an`analar hamda
zamonaviy taraqqiyot yo`nalishlarini, xona va fanlar bo`yicha o`quv
kabinetlarida mebel va qo`shimcha jihozlarni joylashtirish sxematik tasviri
hamda eskizlarini tayyorlashni taklif etilgan yechimlar asosida xonalarni
jihozlashni bilish.
"Texnologiya va dizayn" yo`nalishi bo`yicha o`quvchilar quyidagi
ko`nikmalarga ega bo`lishlari kerak:
Metallga ishlov berish texnologiyasi: metallarga ishlov berish,
materiallarning xususiyatlarini aniqlay olish; o`lchash, rejalash va
dastlabki ishlov berish asboblarini ishga tayyorlash va ishlash usullarini
bajara olish, metallga ishlov beruvchi asboblarining ishchi qismlarini
sozlash va ta`mirlash; parmalash va tokarlik-vint qirqish stanoklarining
qismlaridan ishchi detallarni ajratish; tayyorlanadigan  detal  eskiz
chizmalarini, texnologik  xaritalarni tuzish va o`qish; materialni tejamli
sarflashni rejalash; metallarga ishlov berishga oid xalq hunarmandchiligi
turlari bo`yicha ish usullarini bajara olish.
Yog`ochga ishlov berish texnologiyasi: yog`och-taxta materiallarining
turlarini va xususiyatlarini aniqlash; yog`och asosli yarimtayyor
mahsulotlar namunalari bilan tanishish va ishlatilish sohalarini aniqlash;
yelimlar  va bo`yoqlarni ishlatish; yog`ochga ishlov berish asboblaridan
foydalanish usullarini qo`llash; asboblarni sozlash va ta`mirlash; yog`ochga
ishlov beruvchi tokarlik va parmalash stanoklarining tuzilishini, ularni
ishga tayyorlash hamda xavfsiz ishlatish qoidalariga amal qilish; silindr


33
12345678901234567890123456789012123456789012345678901234567
12345678901234567890123456789012123456789012345678901234567
12345678901234567890123456789012123456789012345678901234567
12345678901234567890123456789012123456789012345678901234567
Davlat ta’lim standartiga sharh
shaklidagi detallar eskizini tuzish; yog`ochdan tayyorlanadigan buyumni
tanlash, rejalash, o`lchash; yog`och va boshqa materiallardan xalq
hunarmandchiligi ish usullari asosida buyumlar tayyorlay olish.
Elektrotexnika ishlari: maishiy elektr asboblarini elektr manbaiga
ulashni, ularning atrof-muhit va inson sog`ligiga ta`sirini, elektr
energiyasini tejamli ishlatish usullarini, elektrotexnik hamda elektron
uskunalarni ishlata olish.
Uy-ro`zg`or buyumlarini ta`mirlash: xona inter’yeri hamda jihozlanish
dizayniga talablarini, o`quv xonalarida mebel,  qo`shimcha jihozlarni
joylashtirish sxematik tasviri eskizini tayyorlashni bilish. Tayyorlangan
eskiz asosida xonalarni jihozlay olish.
"Texnologiya va dizayn" yo`nalishi bo`yicha o`quvchilar quyidagi
malakalarga ega bo`lishlari kerak:
Metallga ishlov berish texnologiyasi: metallarga ishlov berishda
materiallarning xususiyatlaridan to`g`ri foydalanish; buyum va
mahsulotlarni tayyorlashda o`lchash, rejalash va dastlabki ishlov berish
asboblarini ishga tayyorlash va ishlash usullarini bajarish; metallga ishlov
beruvchi asboblarning ishchi qismlarini sozlash va ta`mirlash; parmalash
va tokarlik-vint qirqish stanoklarining qismlaridan ishchi detallarni
ajratish; tayyorlanadigan detal eskiz chizmalarini chizish, texnologik
xaritalarni tuzish va o`qish; materialni tejamli sarflash; metallarga ishlov
berishga oid xalq hunarmandchiligi turlari bo`yicha ish usullarini qo`llash.
Yog`ochga ishlov berish texnologiyasi: yog`och-taxta materiallarining
turlarini va xususiyatlari hamda yarimtayyor mahsulotlarni ishlatilish
sohalarini aniqlash; yelimlar  va bo`yoqlarni ishlatish; yog`ochga ishlov
berish asboblaridan foydalanish usullarini qo`llash; asboblarni sozlash
va ta`mirlash; yog`ochga ishlov beruvchi tokarlik va parmalash stanoklarini
ishga tayyorlash hamda xavfsiz ishlatish; silindr shaklidagi detallar
eskizini tuzish; yog`ochdan tayyorlanadigan buyumni tanlash, rejalash,
o`lchash; yog`och va boshqa materiallardan xalq hunarmandchiligi ish
usullari asosida buyumlar tayyorlash.
Elektrotexnika ishlari: bitta xonani yoritish zanjir sxemasini o`rganish.
Stol lampasini elektr zanjirini tuzish va tayyorlash.
Uy-ro`zg`or buyumlarini ta`mirlash: o`quv xonalarida mebel va
qo`shimcha jihozlarni joylashtirish sxematik tasviri hamda eskizlarini
tayyorlash, taklif etilgan yechimlar asosida xonalarni jihozlash.


34
12345678901234567890123456789012123456789012345678901234567
12345678901234567890123456789012123456789012345678901234567
12345678901234567890123456789012123456789012345678901234567
12345678901234567890123456789012123456789012345678901234567
Davlat ta’lim standartiga sharh
"Servis xizmati" bo`yicha quyidagi bilimlarga ega bo`lishlari kerak:
Pazandachilik asoslari: pazandachilik xonasini jihozlanishiga
qo`yiladigan talablar, sanitariya-gigiyena talablari va xavfsizlik texnikasi
qoidalari; un va don mahsulotlarining ozuqaviy qiymati hamda ahamiyati;
pazandachilik xonasida ishlash uchun sanitariya-gigiyena talablari, oshxona
asboblarida metall, chinni, sopol, plastmassa, shisha idishlardan to`g`ri
foydalanishning ahamiyati; sovutgich va muzlatgich, termos,
mikroto`lqinli elektrpechlarning tuzilish va ahamiyati, foydalanish
texnologiyasi; qandolatchilikda ishlatiladigan texnologik jihozlardan:
ko`pirtirgich (mikser)ning turlari, tuzilishi, ahamiyati, undan
foydalanish qoidalari; sut va sut mahsuloti turlari; sut mahsulotlari
sifatiga bo`lgan talablar, saqlanish sharoiti va muddati; xamir turlari;
o`zbek milliy taomlarini (suyuq ovqatlar) tayyorlash texnologiyasi va
dasturxonga tortish talablari; o`zbek milliy taomlaridan parxez taomlar
tayyorlash texnologiyasi va dasturxonga tortish tartibi; dasturxon, salfetka-
sochiqlarning turlari, ulardan foydalanish, saqlash  va yuvishni bilish.
Gazlamaga ishlov berish texnologiyasi; xavfsizlik texnikasi qoidalari
va    sanitariya-gigiyena talablari; jun va     i pak  tolali  gazlamalar,   ularning
olinishi; jun va i pak tolalarining xossalari; furnitura haqida umumiy
ma`lumot; ilgaklar, xalqalar tikish, tugmachalar va pistonlar qadash;
taqilma turlari; oyoq yuritmali tikuv mashinasining tuzilishi; ishlash
prinsi pi; oyoq yuritmali tikuv  mashinasini ishga tayyorlash; tikuv
mashinasida ishlatiladigan kichik mexanizatsiya vositalaridan foydalanish;
tikuv mashinasidagi kichik nosozliklarni tuzatish; beldan kiyiladigan
kiyim turlari; yubkalar haqida ma`lumot; o`lchov olish;  yubka chizmasini
chizish, modellashtirish, gazlama ustiga andozani joylashtirish, yubkani
bichish va tikish; zardo`zlik san`ati tarixi va uning rivojlanishi; zardo`zlikda
ishlatiladigan materiallar, asbob-uskunalar, naqsh turlari, ish o`rnini
tashkil qilish, bo`zni korcho`pda taranglab tortish, zamindo`zi va guldo`zi
usulida tikishni bilish; choynak  yopqichga  gul naqshini zar  i pdan
tikish, buyumga oxirgi ishlov berishni bilish; nozmunchoq (biser) va
undan foydalanish haqida ma`lumot, nozmunchoq to`qish uchun
zaruriy xom ashyo va moslamalar, nozmunchoqdan gul, geometrik va
boshqa shakllar to`qishni bilish; milliy bosh kiyimlardan do`ppi tikish
texnologiyasi, do`ppini bichish, bo`laklarga tanlangan naqsh
elementlarini biser, piston yordamida tikib, tugatish, bo`laklarni bir-
biriga ulash, ishni yakunlash qoidalarini bilish; qiz bolalar sumkachasini


Yüklə 2,8 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   94




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə