O zbekiston respublikasi



Yüklə 2,8 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə10/94
tarix21.06.2018
ölçüsü2,8 Kb.
#50833
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   94

29
12345678901234567890123456789012123456789012345678901234567
12345678901234567890123456789012123456789012345678901234567
12345678901234567890123456789012123456789012345678901234567
12345678901234567890123456789012123456789012345678901234567
Davlat ta’lim standartiga sharh
namunalar, ushlagich tayyorlash; dazmollash usullari; tikuv mashinasini
ishga tayyorlash; mashinada i psiz tikish  qoidalari; fartuk va bog`ichli
qalpoqcha chizmasini chizish; modellashtirish, bichish va tikish,
dazmollash usullari; kashtachilikda ishlatiladigan choklardan namunalar
tikish; milliy o`yinchoq (qo`g`irchoq) andozasini tayyorlash, bichish
va tikish; to`qish usullaridan namunalar to`qiy olish;
Buyumlarni ta`mirlash texnologiyasi; turli chokidan so`kilgan
buyumlarni ta`mirlab, tika olish.
"Servis xizmati" bo`yicha quyidagi malakalarga ega bo`lishlari kerak:
Pazandachilik asoslari: oshxonada ishlaganda shaxsiy gigiyena
qoidalari; plitadan foydalanish qoidalari; tuxum pishirish usullari,
buterbrod va issiq ichimlik turlarini tayyorlash; kundalik ovqatlanish
uchun dasturxon bezash, sabzavotlardan yaxna taomlar tayyorlash; ochiq,
yopiq va gazak uchun tayyorlangan (ka-na-pe) buterbrodlarni tayyorlash
va dasturxonga tortish.
Gazlamaga ishlov berish texnologiyasi: xavfsizlik texnikasi qoidalari
va sanitariya-gigiyena talablari; tabiiy tolali gazlamalardan: paxta va zig`ir
tolalardan to`qilgan gazlamalarni farqlash; qo`l choklaridan namunalar
tayyorlash; ushlagich tayyorlash; dazmollash usullari; tikuv mashinasini
ishga    tayyorlash;  mashinada   i psiz  tikish;  fartuk   va   bog`ichli qalpoqcha
chizmasini chizish; modellashtirish va andoza tayyorlash, bichish va
tikish, dazmollash usullari; milliy o`yinchoq (qo`g`irchoq)ni andozasini
tayyorlash, bichish va tikish; to`qish usullaridan namunalar to`qish;
Buyumlarni ta`mirlash texnologiyasi; turli chokidan so`kilgan
buyumlarni ta`mirlash va tikish.
Qishloq xo`jaligi asoslari yo`nalishi bo`yicha o`quvchilar quyidagi
bilimlarga ega bo`lishlari kerak:  mahalliy hududda yetishtiriladigan
ekinlar va ularning turlarini,  ekin navlari  va  ularning hosildorligini,
urug`chilik va ko`chat tayyorlash asoslarini,  urug`larning sifatini aniqlash
usullarini, ekilgan urug`ning  unib  chiqish tezligi va unga ta`sir etuvchi
omillarni, turli ekinlarni parvarish qilish qoidalarini, mahalliy qishloq
xo`jalik ekinlari ro`yxatini tuzishni, ularning urug` va ko`chatlarini
tayyorlashni, ekish va parvarish qilish qoidalarini, tuproqqa ishlov
berish va o`g`itlash texnologiyasini bilish. Texnik ma`lumotlarni, tuproqqa


30
12345678901234567890123456789012123456789012345678901234567
12345678901234567890123456789012123456789012345678901234567
12345678901234567890123456789012123456789012345678901234567
12345678901234567890123456789012123456789012345678901234567
Davlat ta’lim standartiga sharh
ishlov berishni,  o`g`it solishni,  urug`, ko`chat ekishni, o`simliklarni
parvarish qilishni va hosilni yig`ishtirishda foydalaniladigan qishloq
xo`jalik mashina va uskunalarni,  ularning asosiy qismlari va ishlash
jarayonlarini, tuproqqa ishlov beradigan, o`g`it soladigan, urug`
ekadigan, ko`chat o`tkazadigan, o`simliklarni parvarish qilish
mexanizmlari va moslamalarni umumiy tuzilishini bilish. Chorvachilik
sohalari: qoramolchilik, qo`ychilik, parrandachilik va boshqa uy
hayvonlarini parvarish qilishga doir boshlang`ich ma`lumotlarni,
parrandachilik, qo`ychilik va qoramolchilik  fermalaridagi ish jarayonlarini
bilish.
Elektrotexnika ishlari: elektr montaj ishlarida ish o`rnini tashkil
qilishni, elektr o`tkazish simlarining turlarini elektr o`tkazgichlarni
montaj qilish izolyatsiyalash ishlarini, elektr asboblarini, sohaga oid
kasb-hunarlar to`g`risida ma`lumotni, elektr o`tkazish simlarini montaj
qilish hamda ish asboblari bilan ishlash usullarini bilish.
Uy-ro`zg`or buyumlarini ta`mirlash: pol qoplamalari va mebellarning
loklangan hamda qoplamali yuzalarini saqlash tadbirlari va kichik
ta`mirlash ishlarini, oyna romlarini kichik ta`mirlash, qishda issiqlikni
saqlash usullarini, xizmat ko`rsatish sohalariga oid kasb-hunar turlarini
bilish.
Qishloq xo`jaligi asoslari yo`nalishi bo`yicha o`quvchilar quyidagi
ko`nikmalarga ega bo`lishlari kerak: mahalliy qishloq xo`jalik
ekinlarining urug` va ko`chatlarini tayyorlay olish. Qishloq xo`jalik
uskunalaridan xavfsizlik texnika qoidalariga amal qilgan holda foydalana
olish. Chorvachilik sohalari: qoramolchilik, qo`ychilik, parrandachilik
va boshqa uy hayvonlarini parvarish qilish ko`nikmalarini egallash.
Elektrotexnika ishlari:  elektr montaj ishlarida ish o`rnini tashkil
qilishni, elektr o`tkazish simlarining turlarini, elektr o`tkazgichlarni
montaj qilish, izolyatsiyalash ishlarini, elektr asboblarini, elektr
o`tkazish simlarini montaj qilish hamda ish asboblari bilan ishlash
usullarini amaliy mashg`ulotda qo`llay olish.
Uy-ro`zg`or buyumlarini ta`mirlash: pol qoplamalari va mebellarning
loklangan, qoplamali yuzalarini saqlash hamda kichik ta`mirlash
ishlarini, oyna romlarini kichik ta`mirlash va qishda issiqlikni saqlash
usullarini qo`llay olish.


31
12345678901234567890123456789012123456789012345678901234567
12345678901234567890123456789012123456789012345678901234567
12345678901234567890123456789012123456789012345678901234567
12345678901234567890123456789012123456789012345678901234567
Davlat ta’lim standartiga sharh
Qishloq xo`jaligi asoslari yo`nalishi bo`yicha o`quvchilar quyidagi
malakalarga ega bo`lishlari kerak:  mahalliy hududda yetishtiriladigan
turli ekinlarni parvarish qilish qoidalariga amal qilish. Tuproqqa ishlov
berish va o`g`itlash texnologiyasini amaliy ish faoliyatida qo`llash.
Tuproqqa  ishlov  beradigan,  o`g`it  soladigan,  urug`  ekadigan,
ko`chat o`tkazadigan, o`simliklarni parvarish qilish mexanizmlari va
moslamalaridan xavfsizlik texnikasi qoidalariga rioya qilgan holda
foydalanish. Chorvachilik sohalari: qoramolchilik, qo`ychilik,
parrandachilik  va   uy hayvonlarini parvarish qilish.
Elektrotexnika ishlari: elektr o`tkazish simlarini montaj qilish hamda
ish asboblari bilan ishlash usullarini o`rganish.
Uy-ro`zg`or buyumlarini ta`mirlash: pol qoplamalari va mebellarning
loklangan hamda qoplamali yuzalarini saqlash tadbirlari va kichik
ta`mirlash usullarini o`rganish.
6-sinf
"Texnologiya va dizayn" yo`nalishi bo`yicha o`quvchilar quyidagi
bilimlarga ega bo`lishlari kerak:
Metallga ishlov berish texnologiyasi: qora metall qotishmalari
cho`yan va po`latning asosiy mexanik xossalari; tayyorlanadigan
buyumlar; metallarni o`lchash va rejalash asboblaridan foydalanish;
shtangentsirkul bilan o`lchash usullari; tokarlik-vint qirqish stanogining
vazifasi, qo`llanilishi, tuzilishi, asosiy qismlari va ularning vazifasi;
tokar va chilangarning ish o`rnini tashkil qilish; tokarlik ishlarida
moslamalardan foydalanish; metallga issiqlik va sovuqlik ishlov berishning
mohiyati; texnika va konstruktsiyalash elementlari; buyumlarni tayyorlash:
loyihalash, o`lchash, rejalash, biriktirish, pardozlash, rejalash, arra
bilan kesish, egovlash, zubilo bilan ishlash usullari, bir necha detal va
tayyorlanmaga ishlov berish, metallarga ishlov berishga oid xalq
hunarmandchiligi turlari bo`yicha ish usullarini bilish.
Yog`ochga ishlov berish texnologiyasi: yog`ochning fizikaviy xossalari;
yog`och turlarining xususiyatlari; duradgorlikda ishlatiladigan yelimlar
va bo`yoq turlari, xususiyatlari, ishlatilish sohalari; yog`ochlarni rejalash,
o`yish, parmalash asboblarining turlari, ularni  ishlatish  va  saqlash
qoidalari; qo`l randa va parmalash qurilmalarining tuzilishi; stanoklarning
asosiy qismlari va vazifalari; yog`ochga ishlov beradigan tokarlik stanogi,
unda bajariladigan jarayonilar; stanoklar tuzilishidagi umumiylik; ulardagi


Yüklə 2,8 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   94




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə