O zbekiston respublikasi



Yüklə 2,8 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə6/94
tarix21.06.2018
ölçüsü2,8 Kb.
#50833
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   94

18
12345678901234567890123456789012123456789012345678901234567
12345678901234567890123456789012123456789012345678901234567
12345678901234567890123456789012123456789012345678901234567
12345678901234567890123456789012123456789012345678901234567
Davlat ta’lim standartiga sharh
uskunalarni ishlab chiqarish, ishlatish va ularga xizmat ko`rsatish,
asboblarni elektr montaj qilish va ishga tushirishga tayyorlash bilan
bog`liq kasb-hunarlar bo`yicha bilim, ko`nikma va malakalarga ega
bo`ladilar.
Uy-ro`zg`or buyumlarini ta`mirlash bo`limi: o`quvchilar pol
qoplamalari hamda mebellarning loklangan va qoplamali yuzalarini
saqlash tadbirlari hamda kichik ta`mirlash; oyna romlarini kichik
ta`mirlash va qishda issiqlikni saqlash usullari; xizmat ko`rsatish sohalariga
oid kasb-hunar turlari; pol qoplamalari va mebellarning loklangan hamda
qoplamali yuzalarini saqlash tadbirlari va kichik ta`mirlash ish usullari;
yurtimiz me`morchiligi tarixi, xona inter’yeri va jihozlanish dizayni;
sohaga oid yurtimizda tarkib topgan an`analar hamda zamonaviy taraqqiyot
yo`nalishlari; xonalar, fan bo`yicha o`quv kabinetlarida mebel va
qo`shimcha jihozlarni joylashtirish sxematik tasviri hamda eskizlarini
tayyorlash; taklif etilgan yechimlar asosida xonalarni jihozlash; shahar
va qishloq uylarida suv, gaz, elektr energiyasi, issiqlik ta`minoti tizimi
hamda undan foydalanish qoidalari; uy va xonalarni ta`mirlash ishlarining
asosiy turlari; ta`mirlashda qo`llaniladigan zamonaviy qurilish
materiallari; uy va xonalarni ta`mirlashda qo`llaniladigan asosiy ish
asboblari; suv ta`minoti tizimi, suv quvurlari, ventil va jo`mraklarni
sozlashda mayda ta`mirlash ishlarini bajarish; qurilish va ta`mirlash
bilan bog`liq kasb-hunarlar bo`yicha bilim, ko`nikma va malakalarga ega
bo`ladilar.
"Servis xizmati" yo`nalishi
Gazlamaga ishlov berish texnologiyasi bo`limi: o`quvchilar gazlama
turlari, xususiyatlari, ularga ishlov berish, bichish-tikish asoslarini
o`rganadilar; kiyimlar turlari, ahamiyati, tikuv, yigiruv asbob-
uskunalari va mashinalari, ularning turlari, tuzilishi va ishlashi bilan
tanishadilar; gazlamaga ishlov berish texnologiyasi xalq hunarmandchiligi
tarmoqlari: kashtachilik, do`ppido`zlik, zardo`zlik, quroqchilik,
popopchilik, milliy o`yinchoqlar tayyorlash va boshqa yo`nalishlari
asoslarini egallaydilar; gazlamaga ishlov berishga oid xalq
hunarmandchiligi sohalari; gazlamaga ishlov berishga oid kasb-hunar
turlari to`g`risidagi ma`lumotlarga ega bo`ladilar.
Pazandachilik asoslari bo`limi: o`quvchilar oziq-ovqat mahsulotlariga
ishlov berish, oshpazlik va qandolatchilik asoslari; oziq-ovqat mahsulotlari


19
12345678901234567890123456789012123456789012345678901234567
12345678901234567890123456789012123456789012345678901234567
12345678901234567890123456789012123456789012345678901234567
12345678901234567890123456789012123456789012345678901234567
Davlat ta’lim standartiga sharh
hamda taomlarning inson hayotidagi o`rni, xususiyatlari, to`yimliligi,
turlari, ovqatlanish me`yori va tartibi, oziq-ovqat mahsulotlarini saqlash,
tashish hamda ularga dastlabki va asosiy ishlov berish yo`llarini
o`rganadilar; oshxonalarning jihozlanishi; oziq-ovqat sanoati, sanitariya-
gigiyena hamda mehnat xavfsizlik texnikasi qoidalarini; uy-ro`zg`or
yuritish va jihozlardan unumli foydalanish, oila jamg`armasi,  uni sarflash
madaniyati, oziq-ovqat va yengil sanoat sohalaridagi keng tarqalgan
kasblar, ularning tasniflari haqidagi tushunchalarga hamda pazandachilikka
oid kasb-hunar turlari to`g`risidagi ma`lumotlarga ega bo`ladilar.
Buyumlarni ta`mirlash bo`limi: Turli chokidan so`kilgan buyumlarni
ta`mirlash. Kiyimlarni saqlash va tuzatish usullari. Iste`moldan chiqqan
buyum o`lchamiga qarab, bolalar kiyimining andozasini tayyorlash va
tikish.
Qishloq xo`jaligi yo`nalishi
Qishloq xo`jaligi asoslari bo`limi: o`quvchilar qishloq xo`jaligi
sohalari; dehqonchilik va chorvachilikni rivojlantirish istiqbollari;
agronomiya  asoslari,  qishloq  xo`jaligini mexanizatsiyalash va melioratsiya
asoslari; fermerlik va mulkdorlikning boshqa turlari; qishloq xo`jaligida
tadbirkorlik; mahsulotlar bozori haqida tushunchalar; madaniy
ekinlarning kelib chiqishi, tarqalishi, o`sishi va rivojlanishi; tuproqning
tuzilishi, unumdorligi; yerga ishlov berish va bunda qo`llaniladigan
mehnat qurollari, mashina, moslamalar va ularning umumiy tuzilishi
hamda ishlash jarayonlari, ularga qo`yiladigan agrotexnik talablar; o`g`it
turlari, o`g`itlash muddati va unda ishlatiladigan mashinalar; urug`larni
tayyorlash va ularga ishlov berish; urug` va ko`chat ekish usullari hamda
mashinalari; g`alla, don, dukkakli, tugunakli va ildiz-mevali ekinlar;
sabzavot, poliz, meva, moyli, tolali va ziravor ekinlar yetishtirishda
ishlatiladigan mehnat qurollari va mashinalar majmuasi; yopiq joylarda
(issiqxonalarda) ekin yetishtirishning ahamiyati, istiqboli, xususiyatlari
va ularda ishlatiladigan kichik o`lchamli mashinalar; yetishtirilgan hosilni
yig`ib-terib olish, birlamchi ishlov berish va saqlashga oid bilimlar va
amaliy ko`nikmalar; chorvachilik biologiyasi; chorva mollari,
parrandachilik va boshqalar; chorvachilikda naslchilik; ozuqabop ekinlar;
chorvachilikda sanitariya-gigiyena talablari, zootexnika, zooveterinariya
asoslari; chorvachilikda mahsuldorlikni oshirish usullari; qishloq xo`jaligi


20
12345678901234567890123456789012123456789012345678901234567
12345678901234567890123456789012123456789012345678901234567
12345678901234567890123456789012123456789012345678901234567
12345678901234567890123456789012123456789012345678901234567
Davlat ta’lim standartiga sharh
sohalari bo`yicha kasb-hunar turlari to`g`risidagi ma`lumotlarga ega
bo`ladilar.
Elektrotexnika ishlari bo`limi: o`quvchilar elektr montaj ishlarida
ish o`rnini tashkil qilish; elektr o`tkazish simlarining turlari; elektr
o`tkazgichlarni montaj qilish, izolyatsiyalash ishlari; elektr asboblari;
elektr o`tkazish simlarini montaj qilish hamda ish asboblari bilan
ishlash usullarini o`rganish; bitta xonani yoritish zanjir  sxemasini
tuzish; maishiy elektr asboblarini elektr manbaiga ulash, ularning atrof-
muhit va inson sog`ligiga ta`siri; elektr energiyasini tejamli ishlatish
usullari; kavsharlash asosida elektr montaj ishlarini bajarish ish o`rnini
tashkil qilish; kavsharlashda simlar, kavshar, flyuslar turlari; kavsharlash
asosida elektr montaj ishlarini bajarish ish asboblari hamda ish usullari;
elektr montaj ish asboblari turlari va ularda ishlash usullari; elektr
bilan ishlovchi sodda uskuna va jihozlar tayyorlash; elektrotexnik hamda
elektron uskunalarni ishlab chiqarish, ishlatish va ularga xizmat ko`rsatish,
asboblarni elektr montaj qilish va ishga tushirishga tayyorlash bilan
bog`liq kasb-hunarlar bo`yicha bilim, ko`nikma va malakalarga ega
bo`ladilar.
Uy-ro`zg`or buyumlarini ta`mirlash bo`limi: o`quvchilar pol
qoplamalari hamda mebellarning loklangan va qoplamali yuzalarini
saqlash tadbirlari, kichik ta`mirlash; oyna romlarini kichik ta`mirlash
va qishda issiqlikni saqlash usullari; xizmat ko`rsatish sohalariga oid
kasb-hunar turlari; pol qoplamalari va mebellarning loklangan hamda
qoplamali yuzalarini saqlash tadbirlari va kichik ta`mirlash ish usullari;
yurtimiz me`morchiligi tarixi, xona inter’yeri hamda jihozlanish dizayni;
sohaga oid yurtimizda tarkib topgan an`analar hamda zamonaviy taraqqiyot
yo`nalishlari; xona va fanlar bo`yicha o`quv xonalarida mebel va
qo`shimcha jihozlarni joylashtirish sxematik tasviri hamda eskizlarini
tayyorlash; taklif etilgan yechimlar asosida xonalarni jihozlash; shahar
va qishloq uylarida suv, gaz, elektr energiyasi, issiqlik ta`minoti tizimi
va undan foydalanish qoidalari; uy va xonalarni ta`mirlash ishlarining
asosiy turlari; ta`mirlashda qo`llaniladigan zamonaviy qurilish
materiallari; uy va xonalarni ta`mirlashda qo`llaniladigan asosiy ish
asboblari; suv ta`minoti tizimi, suv quvurlari, ventil va jo`mraklarni
sozlashda mayda ta`mirlash ishlarini bajarish; qurilish va ta`mirlash
bilan bog`liq kasb-hunarlar bo`yicha bilim, ko`nikma va malakalarga ega
bo`ladilar.


Yüklə 2,8 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   94




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə