O zbekiston respublikasi



Yüklə 2,8 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/94
tarix21.06.2018
ölçüsü2,8 Kb.
#50833
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   94

15
12345678901234567890123456789012123456789012345678901234567
12345678901234567890123456789012123456789012345678901234567
12345678901234567890123456789012123456789012345678901234567
12345678901234567890123456789012123456789012345678901234567
Davlat ta’lim standartiga sharh
uskunalarni va ulardan foydalanishda xavfsizlik qoidalari, to`qishning
oddiy usullari, texnik modellash haqida ma`lumot hamda turli harakatli
o`yinchoqlar yasashni  bilish;  plastilin va loydan turli idishlar, tabiiy
materiallardan turli o`yinchoq yasashni, tabiiy xom ashyolar bilan
ishlashni, urug`lardan mozaika yasashni bilish; "Qush bolasi" mavzusida
kompozitsiyani, "Yil fasllari" manzarasini qurish-yasashni bilish.
Mehnat ta`limi fanidan o`quvchilar quyidagi ko`nikmalarga ega
bo`lishlari kerak: qog`ozdan turli parrandalar, pape-mashe usulida idishlar
tayyorlash va bezash   usulidan foydalana olish,   qog`oz va mozaika
usulida archa bezaklarini yasay olish; qog`ozdan hajmdor gul tayyorlash
usulini va bayramlarga tabriknomalar tayyorlay olish, bezak chok turlarini
tika olish;  kartondan guldon, chovgum ushlagich, sodda yumshoq
o`yinchoqlar tikish bosqichlarini bajara olish; to`qishning oddiy
usullarini bajara olish; turli harakatli o`yinchoqlar modelini yasay olish;
plastilin va loydan turli idishlar, tabiiy materiallardan  turli o`yinchoq
yasay olish; "Yil fasllari" manzarasini qurish-yasash ko`nikmalarini
egallashi lozim.
Mehnat ta`limi fanidan o`quvchilar quyidagi malakalarga ega
bo`lishlari kerak:  qog`ozdan turli parrandalarni yasash, mozaika   usulida
archa   bezaklarni yasash; qog`ozdan hajmdor gul tayyorlash. Bayramlarga
tabriknomalar tayyorlash. Bezak chok turlarini tikish. To`qishning oddiy
usullarini bajarish. Turli harakatli o`yinchoqlar yasash. Plastilin va loydan
turli idishlar yasash.  Tabiiy materiallardan  turli o`yinchoq yasash.
4-sinf
Mehnat ta`limi fanidan o`quvchilar quyidagi bilimlarga ega bo`lishlari
kerak: mehnat ta`limi darslarida ish qurollaridan xavfsizlik qoidalari
asosida  unumli foydalanishni, turli bayramlarga applekasiya usulida
tabriknoma tayyorlashni, duradgorlik, temirchilik asboblari haqidagi
ma`lumotni, qog`ozdan turli buyumlar maketi: savat, xo`roz,
qaldirg`och, kabutar yasashni va bezashni, qorbobo ustaxonasida archa
bezaklarini yasashni, to`g`ri to`rtburchak ichida applikatsiyadan
foydalanib, naqsh tuzishni bilish; gilamdagi naqsh elementlarini,
kulolchilik kasbi haqida ma`lumot, pape-mashedan kosa yasashni, oddiy
xamir tayyorlashni, yumshoq o`yinchoq (3-4 qismdan iborat) tikishni,
to`qish usullarini, kichik hajmda buyumlar to`qish, gazlama gullaridan
applekasiya usulida guldasta tayyorlashni,  i pdan o`yinchoq yasashni,


16
12345678901234567890123456789012123456789012345678901234567
12345678901234567890123456789012123456789012345678901234567
12345678901234567890123456789012123456789012345678901234567
12345678901234567890123456789012123456789012345678901234567
Davlat ta’lim standartiga sharh
uchuvchi, suzuvchi, harakatlanuvchi modellar, plastilindan ertak
qahramonlarini yasashni, oshxona jihozlari haqidagi ma`lumotni,
plastilindan oshxona jihozlarini,  uy-ro`zg`or buyumlarini yasashni
bilish; kuzgi gullarga qarab donlar, urug`lar, tabiiy material xom
ashyolardan gullar yasashni bilish; gullarni parvarish qilishni bilish.
Mehnat ta`limi fanidan o`quvchilar quyidagi ko`nikmalarga ega
bo`lishlari kerak: mehnat ta`limi darslarida ish qurollaridan xavfsizlik
texnikasi qoidalariga rioya qilgan holda amaliy mashg`ulotlarni bajara
olish;  turli bayramlarga applekasiya usulida tabriknoma tayyorlay olish.
Qog`ozdan turli buyumlar yasashni va bezashni, qorbobo ustaxonasida
archa bezaklarini yasashni, to`g`ri to`rtburchak ichida applekasiyadan
foydalanib, naqsh tuzishni, gilamdagi naqsh elementlarni hosil qila
olish; pape-mashe usulida kosa yasay olish; oddiy xamir  tayyorlay
olish; yumshoq o`yinchoq (3-4 qismdan iborat) tikish ko`nikmalarini
egallash; to`qish usullaridan foydalanib, kichik hajmda buyumlar to`qiy
olish, gazlama gullaridan applekasiya usulida guldasta tayyorlay olish;
i pdan o`yinchoq yasay olish; plastilindan ertak   qahramonlarini,
oshxona jihozlarini, uy-ro`zg`or buyumlarini yasay olish; kuzgi gullarga
qarab donlar, urug`lar, tabiiy material xom ashyolardan gullar yasay
olish; maktab yer uchastkasida ishlash va gullarni parvarish qilish
ko`nikmalarini egallash.
Mehnat ta`limi fanidan o`quvchilar quyidagi malakalarga ega
bo`lishlari kerak: mehnat ta`limi darslarida ish qurollaridan xavfsizlik
texnikasi qoidalariga rioya qilgan holda amaliy mashg`ulotlarni bajarish;
turli bayramlarga applekasiya usulida tabriknoma tayyorlash; qog`ozlarni
turli ko`rinishda murakkab shakllarda buklab o`yinchoqlar yasash;
qog`ozdan qorbobo ustaxonasi uchun archa bezaklarini yasash, to`g`ri
to`rtburchak ichida gilamdagi naqshlarni hosil qilish; yumshoq   o`yinchoq
tikish; kichik hajmda buyumlar  to`qish,  i pdan o`yinchoq yasash;
plastilindan ertak qahramonlarini, oshxona jihozlarini, uy-ro`zg`or
buyumlarini yasash; kuzgi gullarga qarab donlar, urug`lar, tabiiy material
xom ashyolardan gullar yasash.
III. O`quvchilarni tayyorgarlik darajasiga qo`yiladigan zaruriy
talablar
(5-9 sinflar uchun)
"Texnologiya va dizayn" yo`nalishi


17
12345678901234567890123456789012123456789012345678901234567
12345678901234567890123456789012123456789012345678901234567
12345678901234567890123456789012123456789012345678901234567
12345678901234567890123456789012123456789012345678901234567
Davlat ta’lim standartiga sharh
Yog`ochga ishlov berish texnologiyasi bo`limi: o`quvchilar
yog`ochning xususiyatlari to`g`risida boshlang`ich bilimlarni egallashi,
ularni rejalash, yo`nish, arralash, teshish, pardozlash ishlari va bu
ishlarni bajarishda ishlatiladigan qo`l va elektr asboblarining tuzilishi,
ishlashi, dastgohlar, elektr va mexanizatsiyalashtirilgan jihozlar, mashina
elementlari, yangi texnika va ilg`or texnologiya asoslari, texnologik
xaritalar, ularni tuzish hamda foydalanish, xavfsizlik texnika qoidalari,
sanitariya-gigiyena talablari to`g`risida bilim va amaliy ko`nikmalarni;
dizayn talablari darajasidagi ro`zg`orbob va xaridorgir buyumlarni
tayyorlash malakalarini egallaydilar; xalq hunarmandchiligining etnik,
tarixiy, mahalliy, geografik xususiyatlari, tadbirkorlik, ijodkorlik asoslari;
yog`ochga ishlov berishga oid kasb-hunar turlari to`g`risidagi
ma`lumotlarga ega bo`ladilar.
Metallga ishlov berish texnologiyasi bo`limi: o`quvchilar
metallarning xususiyatlari to`g`risida boshlang`ich bilimlar, rejalash,
ishlov berish, pardozlash ishlari va bu ishlarni bajarishda ishlatiladigan
qo`l hamda elektr asboblarining tuzilishi, ishlashi, dastgohlar, elektr
va mexanizatsiyalashtirilgan jihozlar, mashina elementlari, yangi texnika,
ilg`or texnologiya asoslari, texnologik xaritalar, ularni tuzish hamda
foydalanish, mehnat qonunchiligi va xavfsizlik texnika qoidalari,
sanitariya-gigiyena talablari to`g`risida bilim, amaliy ko`nikmalarga;
ro`zg`orbob hamda xaridorgir, dizayn talablari darajasidagi buyumlarni
tayyorlash malakalarini egallaydilar; metallga ishlov berishga oid xalq
hunarmandchiligi sohalari; metallarga ishlov berishga oid kasb-hunar
turlari to`g`risidagi ma`lumotlarga ega bo`ladilar.
Elektrotexnika ishlari bo`limi: o`quvchilar elektr montaj ishlarida
ish o`rnini tashkil qilish; elektr o`tkazish simlarining turlari; elektr
o`tkazgichlarni montaj qilish, izolyatsiyalash ishlari; elektr asboblari;
elektr o`tkazish simlarini montaj qilish hamda ish asboblari bilan
ishlash usullarini o`rganish; bitta xonani yoritish zanjir sxemasini tuzish;
maishiy elektr asboblarini elektr manbaiga ulash, ularning atrof-muhit
va inson sog`ligiga ta`siri; elektr energiyasini tejamli ishlatish usullari;
kavsharlash asosida elektr montaj ishlarini bajarish, ish o`rnini tashkil
qilish; kavsharlashda simlar, kavshar, flyuslar turlari; kavsharlash asosida
elektr montaj ishlarini bajarish, ish asboblari hamda ish usullari; elektr
montaj ish asboblari turlari va ularda ishlash usullari; elektr bilan ishlovchi
sodda uskuna va jihozlar tayyorlash; elektrotexnik hamda elektron


Yüklə 2,8 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   94




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə