Yosh olimlar ilmiy-amaliy konferensiyasi



Yüklə 25,7 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/2
tarix28.11.2023
ölçüsü25,7 Kb.
#137751
  1   2
Yosh olimlar 0903



YOSH OLIMLAR 
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
 
in-academy.uz/index.php/yo 
10 
INGLIZ TILI O‘QITISHDA SMART-TA’LIM TEXNOLOGIYALARI 
Maxkamova Dildora Baxtiyorovna
Al-Xorazmiy nomidagi
Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Farg‘ona filiali
Telekommunikatsiya injiniringi va kasb ta’limi fakulteti 
“Xorijiy tillar” kafedrasi o‘qituvchisi 
https://doi.org/10.5281/zenodo.8062918
 
Annotatsiya:
Raqamli asrda ta’lim sohasini SMART-ta’lim texnologiyalarisiz tasavvur etish 
qiyin desak mubolag‘a bo‘lmaydi. SMART ta’lim texnologiyalari o‘quvchilarga ingliz tilini oson 
va samarali o‘rgatishga imkon beradi. Hozirda ko‘plab izlanuvchilar SMART ta’lim 
texnologiyalarining imkoniyatlarini keng o‘rganishga harakat qilmoqdalar. Bundan tashqari, 
SMART ta’lim texnologiyalaridan foydalana olish ko‘nikmasi o‘quvchilarga kelajakda ish va 
hayotlarida ham yordam beradi. Ushbu maqola SMART ta’lim texnologiyalarining 
o‘qituvchilar va o‘quvchilar uchun chet tilini o‘rgatish va o‘rganishdagi ahamiyati haqidadir.
Kalit so‘zlar:
Texnologiya, ta’lim, ingliz tili, SMART, o‘rganish muhit, SMART sinf 
XX asr oxirida William Henry Gates III yaqin kelajakda kompyuterlar har bir kishining 
hayotini o‘zgartirishini bashorat qilgan. Texnologiya bizning hayotga, ish jarayoniga va 
ayniqsa, ta’lim jarayoniga ta’sir ko‘rsatdi. Texnologiya rivojlanishlari o‘qitish va ta’lim 
jarayonlarini yanada osonlashtirdi. Texnologiya rivojlanishlari o‘quvchilar va o‘qituvchilarga 
tasavvur qilib bo‘lmas darajadagi yangi imkoniyatlarni yaratadi. Shuningdek, ularni 
dunyoning turli burchagidagi yangiliklardan tez va oson xabardor bo‘lishida ham tengsiz 
ko‘makchidir. SMART ta’limi bu ta’limning yangi texnologiyalardan foydalangan holda olib 
borilishidir. SMART ta’lim texnologiyalari O‘zbekiston ta’lim tizimiga qisqa muddatda kirib 
kelgan yangi texnologiyalardan biri hisoblanadi. Hayotimizning barcha jabhasida bo‘lgani kabi 
ta’lim sohasida ham texnologiyalardan unumli foydalanish XXI asr ta’limining talabidir. 
SMART texnologiyalar insoniyat hayotidagi har qanday yo‘nalishda mavjud bo‘lgan murakkab 
vazifalarni osonlashtirish uchun xizmat qilmoqda. Shu sababli, ta’limda undan unumli 
foydalanish juda muhimdir. Pondicherri universiteti (Hindiston) tadqiqotchisi Palanivel 
Kuppusami “Smart Education Using Internet of Things Technology” (Internet texnologiya 
jihozlaridan foydalanadan SMART ta’limi) maqolasida AKT texnologiyalari ta’limda 
o‘quvchining o‘rganish qobiliyatiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi deb ta’kidlab o‘tgan. Kuzatuvlar 
davomida tadqiqotchi vazifa va mashqlarni kompyuterdan foydalangan holda bajarish 
o‘quvchilarda fanga bo‘lgan qiziqishini, tilni o‘rganishga bo‘lgan ishtiyoqini oshirganligini 
aniqlagan. Ta’lim muassasalarida SMART ta’lim texnologiyalaridan foydalangan 
o‘quvchilarning o‘z-o‘zini boshqarishi, baholay bilishi va o‘ziga ishonchi ortishi o‘z tasdig‘ini 
topmoqda. Shu sababli bir qator ta’lim muassasalari o‘z ta’lim tizimiga AKTni tobora ko‘proq 
kiritmoqda.Bugungi kunda butun dunyo o‘qituvchilari o‘z darslarida axborot kommunikatsiya 
texnologiyalaridan foydalanishga harakat qiladilar, chunki ular o‘quvchilar uchun qiziqarli, 
ulardan foydalanish oson va dars jarayoni uchun qulay. Xorijiy tillarni o‘qitishda SMART ta’lim 
texnologiyalaridan foydalanish zamonaviy til o‘qitishning talabidir. SMART ta’lim 
texnologiyalarini vazifalariga ko‘ra quyidagilarga bo‘lish mumkin: 
- Oddiy daraja SMART ta’lim texnologiyalari sinfi 
- O‘rta daraja SMART ta’lim texnologiyalari sinfi 
- Yuqori daraja SMART ta’lim texnologiyalari sinfi 



Yüklə 25,7 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə