Образование и инновационные исследования 2021 год



Yüklə 258,91 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/5
tarix19.12.2023
ölçüsü258,91 Kb.
#151781
  1   2   3   4   5
978-Текст статьи-2775-1-10-20220711 (1)



Образование и инновационные исследования (2021 год 
Сп.вып.)
ISSN 2181-1717 (E)
263
http://interscience.uz
TEXNOLOGIYA TA’LIMIDA TARBIYA JARAYONINI 
TEXNOLOGIYALASHTIRISH
DOI: https://doi.org/10.53885/edinres.2021.67.13.031
Shomirzaev Maxmatmurod Xuramovich,
Termiz davlat universiteti texnologik ta’lim kafedrasi dotsenti, pedagogika fanlari 
doktori (DSc)
Annotatsiya: Maqolada umumiy o’rta ta’lim maktablarida “Texnologiya” 
fani darslarini tashkil etish samaradorligini oshirishda tarbiya jarayonini 
texnologiyalashtirish orqali o’quvchilarni kasbkorlikka yo’llashning mazmun-mohiyati
yoritilgan.
Tayanch so’zlar: maktab, sinf, guruh, tarbiyachi, tarbiyalanuvchi, pedagogika, 
tarbiya, ta’lim, usul, jarayon, texnologiyalashtirish, rejalashtirish, kasb, samaradorlik, 
vatanparvarlik, milliy g‘urur.
ТЕХНОЛОГИЯ ОБРАЗОВАТЕЛЬНОГО ПРОЦЕССА В 
ТЕХНОЛОГИЧЕСКОМ ОБРАЗОВАНИИ
Шомирзаев Максматмурод Хурамович,
Доцент кафедры технологического образования Термезского 
государственного университета, доктор педагогических наук
Аннотация: В статье раскрывается важность направления учащихся 
на профессию через технологизацию учебного процесса с целью повышения 
эффективности организации «Технологических» уроков в общеобразовательных 
школах.
Ключевые слова: школа, класс, группа, воспитатель, ученик, педагогика
воспитание, образование, метод, процесс, технология, планирование, профессия, 
работоспособность, патриотизм, национальная гордость.
TECHNOLOGY OF EDUCATIONAL PROCESS IN TECHNOLOGICAL 
EDUCATION
Shomirzaev Maxmatmurod Xuramovich,
Associate Professor of Technological Education, Termez State University, Doctor 
of Pedagogical Sciences (DSc)
Abstract: The article describes the importance of sending students to the profession 
through the technologicalization of the educational process in order to increase the 
effectiveness of the organization of «Technology» lessons in secondary schools.
Keywords: school, class, group, educator, pupil, pedagogy, upbringing, education, 
method, process, technology, planning, profession, efficiency, patriotism, national pride.
“Texnologiya” fani darslarini tashkil etish samaradorligini oshirish, o’qituvchi 
kadrlar tayyorlash masalalari atroflicha o’rganilgan, foydali maslahatlar, uslubiy 
tavsiyalar berilgan. Biz mana shunday tavsiyalardan foydalangan holda umumiy o’rta 
ta’lim maktablarida o’qitiladigan “Texnologiya” fani mashg’ulotlarini rejalashtirish 
va o’tkazishda innovatsion pedagogik texnologiyalardan foydalanish masalalarini 
talqin qilib ko’rmoqchimiz. Chunki umumiy o’rta ta’lim maktablarida o’qitiladigan 
“Texnologiya” fani mashg’ulotlarining samarali bo’lishi eng avvalo shu fan 
o’qituvchilarning mashg’ulotlarga qay darajada tayyorgarlik ko’rishiga, mashg’ulotlarni 
o’tkazishni qanday rejalashtirishiga va, nihoyat, amalga oshirishiga bevosita bog’liqdir. 
Binobarin mashg’ulotlarni qanday rejalashtirish va o’tkazishga tayyorgarlik ko’rish 
mashg’ulot samaradorligini oshirishga qaratilgan dastlabki va eng muhim omildir. 
Bunda, albatta, mashg’ulotlarda innovatsion pedagogik texnologiyalardan foydalanish 


Таълим ва инновацион тадқиқотлар (2021 йил Махсус
 сон)
ISSN 2181-1709 (P)
264
Education and innovative research 2021 y. Sp.I.
o’quvchilarning faolligini va darslarning samardorligini oshirishda alohida ahamiyatga 
ega, deb hisoblaymiz[7].
Hozirgi zamon “Pedagogika” fani o‘qituvchi zimmasiga inson, uning jamiyatdagi 
o‘rni va roliga har tomonlama qarash vazifasini yuklaydi. Tarbiyaning maqsadi – 
yoshlarni komil inson qilish, ularni vatanparvarlik va milliy g‘urur ruhida tarbiyalash, 
ularga insonparvarlik g‘oyalarini singdirish, lekin, hammamizga ma’lumki, shaxs 
salohiyatini rivojlan-tirishning cheksizligi, etnogenezisi haqidagi g‘oyalar ijtimoiy 
g‘oyaga muddat bilan kirib kelmoqda va bolalar tabiatini tushunishini ancha kengaytirdi 
va boyitdi. Shuning uchun maktab ishida pedagogning tarbiyaviy faoliyatida yangicha 
yondashuvlarga sabab bo‘ladi va ularning ma’no-mazmuni yangi insonni tarbiyalashda 
namoyon bo‘lmoqda.
Prezidentimiz ta’kidlaganidek: “Agar farzandlarimizga to‘g‘ri tarbiya bermasak
har kuni, har daqiqada ularning yurish-turishi, kayfiyatidan ogoh bo‘lib turmasak, 
ularni ilm-u hunarga o‘rgatmasak, munosib ish topib bermasak, bu omonatni boy berib 
qo‘yishimiz hech gap emas” .
Hozirgi vaqtda tarbiya tajriba va baholovchi mulohazalarning katta avlodlarning 
kichik avlodga bir tomonlama o‘tishi tarzida emas, balki kattalar va bolalarning 
birgalikda hayot kechirish sohasidagi o‘zaro yordami va hamkorligi tarzida tushunilishi 
va qabul qilinishi lozim. 
Tarbiyachining faoliyati – komil inson tarbiyasi yo‘lidagi mashaqqatli va fidoyi 
mehnatdir, bu mehnat chuqur insonparvarlik mohiyatiga ega bo‘lib, uni faqat o‘z 
kasbining jonkuyariga ishonib topshirish mumkin2. Yosh avlodning ijtimoiy va 
ma’naviy qurshovi doimo o‘zgarib boradi. Ishlab chiqarish, biznes olamida, ijtimoiy 
hayotda, o‘zaro aloqa munosabatlarida o‘z o‘rnini topa bilish, o‘z-o‘zini anglash va 
takomillashtirishni talab etadi. Erkin, komil shaxsni shakllantirish muammosi ta’lim 
muassasalarida tarbiyaviy ishlarni pedagogik texnologiya relsiga o‘tkazishni taqozo 
etadi. Bu jarayon oson kechmaydi, chunki butun ixtiyoriy ko‘rilayotgan va joriy 
etilayotgan tarbiya tizimini qat’iyan ilmiy asoslangan pedagogik tizimga aylantirish 
kerak. Aslida ham, ijtimoiy tajriba elementlari (bilim, ko‘nikma, ijodiy faoliyat va b.) 
obyektiv borliqqa munosabatlar – pedagogik jarayon mahsulidir va ma’lum pedagogik 
tizim doirasida shakllantiriladi. Pedagogik texnologiya esa amaliyotga joriy etilayotgan 
pedagogik tizim loyihasidir.
Hozirgi kunda tarbiyadagi YAPTning mohiyati va mazmuni nima-dan iborat? 
Bu, eng avvalo, ta’lim-tarbiya mazmunini milliylashtirishda ko‘rianadi3. Bunda biz 
hozirgi yosh avlod ta’lim-tarbiyasi mazmunini o‘tmish avlodlarimiz yaratgan va jahon 
fani rivojiga asos bo‘lgan bilimlar, boy tariximiz, madaniyatimiz manbalari bilan 
tanishtirishni, hozirgi zamon fani yutuqlari bilan omuxta qila olishimizda ko‘rishimiz 
kerak. Ta’lim-tarbiyada xalq milliy ruhi, o‘tmish tarixini unutish – milliy g‘urur, 
mustaqillik mafkurasini shakllantirishga putur yetkazadi. Shu bilan birga, jahon 
sivilizatsiyasi, fani taraqqiyotidan bexabar bo‘lish, faqat milliylikka e’tibor qaratish 
ham mustaqil Respublikamiz taraqqiyotiga ziyon keltiradi. Shuning uchun birdan-bir 
to‘g‘ri yo‘l o‘tmish bilan hozirgi zamon fani, texnikasi, texnologiyasi yutuqlaridan yosh 
avlodni tarbiyalashda o‘rinli foydalanishdir[8].
Hozirgi paytda pedagogika fanida tarbiyaviy ishlar jarayonini tashkil etadigan ikki 
asos bor:
Shaxsning o‘z-o‘zini ro‘yobga chiqarishi, o‘z-o‘zini namoyon qilish jihati.
Uning ijtimoiylashuvi, me’yorda faoliyat kechirishini ta’minlash jihati.
Ular bir-birini boyitib o‘zaro ta’sirga kirib, shaxsning ijtimoiy salohiyatini eng ko‘p 
darajada ochib berishga ko‘maklashuvi lozim. Faqat bitta narsani pedagog hisobga 
olishi kerak: maktab o‘quvchilari o‘z-o‘zini ro‘yobga chiqarishga mustaqil darajada hali 
tayyor emas, chunki ularning yosh xususiyatlari bunga imkon bermaydi. Shuning uchun 
tarbiya ishlarida pedagog o‘z o‘quvchilarining oilasi va hamkasblari bilan hamkorlikda 
tarbiyaviy maqsadni amalda qo‘llashi shart. Bunda o‘qituvchi ta’lim bilan bir qatorda, 



Yüklə 258,91 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə