Образование и инновационные исследования 2021 год



Yüklə 258,91 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/5
tarix19.12.2023
ölçüsü258,91 Kb.
#151781
1   2   3   4   5
978-Текст статьи-2775-1-10-20220711 (1)

Образование и инновационные исследования (2021 год 
Сп.вып.)
ISSN 2181-1717 (E)
265
http://interscience.uz
tarbiyani ham uzviy bog‘lab olib borishi kerak. Pedagogning muhim vazifasi – faqat 
tarbiya jarayonining mazmunini yangi ijtimoiy shart-sharoitlarga moslashtirishigina
emas, balki tarbiyaning yangi shakllari, vositalari va usullarini, qisqa aytib, yangi 
tarbiyaviy pedagogik texnologiyalarni izlash, har bir muayyan holatda ularni birga 
qo‘shib olib borishdan iborat.
“Tarbiyachi tarbiyalanuvchi” pedagogik tizimi natijalar samaradorligini baholash 
mezonlari faqat tarbiyachi ish rejasini mavjudligi, hujjatlarning to‘g‘ri yuritilishi, bolalar 
faoliyatining tashkil etilishidan iborat emas, balki, sinf, jamoada har bitta bolaning o‘zini 
tutishi, kirishimligi, o‘ziga mos mashg‘ulot tanlab olishi, qobiliyati, hissiy sog‘lomligi, 
hayotsevarligi, do‘stlariga hayri xohligi, kamtarinligi, pedagoglarning bolalarga 
munosabatidan qoniqishi kabi masalalar ham kiradi. Oxirgi paytlarda bular qatoriga 
pedagogning ilg‘or texnologiyalar bilan ta’minlanishi qo‘shildi, chunki texnologiyaning 
kasbdagi ahamiyati, shubhasiz, kattadir.
Tarbiya ishlarida qo‘llaniladigan ayrim pedagogik texnologiyalar tavsifi. Pedagogika 
fani darslarida siz tarbiyaviy ishlarda qo‘llaniladigan usul va vosita, shakl haqida 
hamda ularning turlari to‘g‘risidagi ma’lumotlarga ega bo‘ldingiz. Endi,o’ tarbiyaviy 
ishlar tizimida pedagogik texnologiya elementlarining tutgan o‘rnini aniqlashga harakat 
qilamiz.
Tarbiyaviy ishlardagi pedagogik texnologiyaning asosiy element (komponent)lari 
quyidagicha bo‘ladi: tarbiya usullari va uslublari; tarbiya vositalari; tarbiyaviy ishlarni 
tashkil etish shakllari; o‘quvchilarning uyushmalari. Bularni maktab tarbiya jarayonida 
qo‘llaniladigan texnologiyalar sitfatida quyidagi guruhlarga bo‘lish mumkin4:
Bolalarda ijtimoiy ongni shakllantiruvchi texnologiyalar (pedagogik ta’sir etish, 
suhbat va hikoya o‘tkazish, namuna ko‘rsatish).
Bolalar faoliyati jarayonida ularda ijtimoiy xulq tajribalarini shakllantirish 
texnologiyalari (mashq orqali o‘rgatish, o‘yinlarni tashkil qilish, talab qilish, topshiriq 
berish, musobaqalardan foydalanish).
Bolalarni o‘z-o‘zini boshqarishga o‘rgatish texnologiyalari (o‘z-o‘zini tahlil qilish, 
o‘z-o‘zini baholash, o‘z-o‘zini nazorat qilish, o‘z-o‘ziga xizmat va b.).
Bolalarni tarbiyalashda rag‘batlantirish va jazolash usullaridan foydalanish 
texnologiyalari (rag‘batlantirish va jazolashning shakllari, shart-sharoitlari va ularning 
xususiyatlari).
O‘quvchilar jamoasini tuzish va shaxsni jamoa yordamida tarbiyalash texnologiyasi.
Bolalarni o‘rganish (pedagogik diagnostika) texnologiyalari.
Bolalar bilan individual ishlash texnologiyalari (o’zlashtirolmayotgan bolalar, 
tarbiyasi og‘ir bolalar, iqtidorli bolalar bilan ishlash, shaxsiy yordam berish va h).
Tarbiyaviy ishlarni rejalashtirish, tahlil qilish va baholash texnologiyalari 
(rejalashtirish, nazorat qilish, tahlil qilish, baholash, korreksiya qilish).
Yuqoridagilarning barchasi umumiy tarzda pedagogika fanidagi darslarida nazariy 
jihatdan o‘rganiladi. Galdagi vazifa ana shu nazariy ma’lumotlarni amlda qo‘llashni 
o‘rganishdan iboratdir
Tarbiya jarayonida hamkorlik pedagogikasi tamoyillarini qo‘llash texnologiyalari. 
Hamkorlik pedagogikasining mohiyati – tarbiya jarayonining samarali natijalariga 
erishish maqsadida oilaviy va ijtimoiy tarbiyani birlashtirish, pedagog va ota-onalarning 
tarbiyaviy ta’sirini kuchaytirish hamda o‘quvchilarni o‘qituvchining yordamchi-lariga 
aylantirishdan iborat. Shuni hisobga olgan holda tarbiya jarayonida qo‘llaniladigan 
texnologiyalar hamkorlik pedagogikasi mohiyatiga mos bo‘lishi kerak. Chunki 
ular yordamida pedagog o‘z o‘quvchilarini mustaqil fikrlashga, mustaqil hayotga 
tayyorlashga majbur. Quyida ayrim pedagogik texnologiyalarni, innovatsion metodlarni 
tarbiya ishlari jarayoniga moslashtirish va foydalanish bo‘yicha tavsiyalar beramiz.
Aqliy hujum – bu usul sinf hayoti va ijtimoiy faoliyatga bog‘liq muammolarni 
hal qilish bo‘yicha g‘oya va fikrlarni bildirish usulidir. Masalan, sinfdagi “Kamolot” 
uyushmasi bo‘limlari bo‘yicha reja tuzish, ba’zi tantanali ommaviy tadbirlarni 



Yüklə 258,91 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə